Ruzmatv Eldor Ikrom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Osmonsoy bazalti asosida rangli shisha va shishakristall fasad koshinlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.15 - Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4806.
Ilmiy rahbar: Aripova Mastura Xikmatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor; Jumaniyozov Hurmatbek Palvannazirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Osmonsoy koni bazalti asosida rangli shisha va shishakristall koshinlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
miqdoriy chegaralari 10-80 % basalt, 10-70 % kvars qumi va 10-60 % soda bo‘lgan bazalt-kvars-soda tizimida 1450 °C haroratda shisha hosil bo‘lish maydoni aniqlangan;
Osmonsoy koni bazalti asosida rang beruvchi qo‘shimchalarsiz olingan shishalarning «tarkib-xususiyat-rang» bog‘liqligi asoslangan;
bazalt-kvars-soda tizimida kristallanish nukleatorini qo‘shmasdan olingan shishalarning kristallanish sharoitlari aniqlanib, shishakristall materiallarning xususiyatlari va tuzilishini nazorat qilish mumkinligi isbotlangan;
shishakristall namunaning tuzilishida diopsid va anortit kristallarining teng taqsimlanishi aniqlanib, o‘lchamlari 1,2-1,5 mikron zarrachalarning butun hajm bo‘ylab birlashishi isbotlangan;
Osmonsoy koni bazalti asosida zichligi 2940-3100 kg/m3, chiziqli termik kengayish koeffisienti 53-64 K-1, mexanik egilishga mustahkamlik darajasi 108-120 MPa, mexanik siqilishga mustahkamlik darajasi 700-810 MPa, suv yutuvchanligi 0,001-0,009 %, sovuqqa bardoshliligi 112-145 sikl bo‘lgan shishakristall koshinlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rangli shisha va shishakristall materiallarning tarkibi, tuzilishi va xossalarini o‘zlashtirish, olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Osmonsoy bazalti, Samarqand kvars qumi va Qo‘ng‘irot texnik sodasi asosida shishakristall materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi «GOLDFIBER PRO» qo‘shma korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 12 avgustidagi 04/13-2254-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli xil rangli, yuqori fizik-mexanik xususiyatlarga ega, tashqi ta’sirlarga chidamli rangli shisha va shishakristall materiallar ishlab chiqish imkonini bergan;
bazalt–kvars–soda tizimida shishakristall materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi «GOLDFIBER PRO» qo‘shma korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 12 avgustidagi 04/13-2254-son ma’lumotnomasi). Natijada, zichligi 2512-2537 kg/m3, chiziqli termik kengayish koeffisienti 87-140 K-r, sirt tarangligi 3,04-3,61 n/sm bo'lgan qora, yashil va havorang (mentol) rangli shishalar hamda egilishga mustahkamlik kuchi 120 MPa bo'lgan shishakristall koshinlar ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish