Maxmudov Lazizbek Umarjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Supramolekulyar komplekslar asosida olingan yangi past dozali preparatlarning biologik va farmakologik xossalari», 02.00.10–Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/B590.
Ilmiy rahbar: Tagayalieva Nigora Abdunabievna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/B.37.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nasirdjan Muxamedjanovich biologiya fanlari doktori, professor; Abdulladjanova Nodira Gulyamjonovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy o‘simlik xom ashyosidan (qizilmiya, Glycyrrhiza glabra, yapon soforasi, Sophora japonica) supramolekulyar komplekslar asosida olingan gepatoprotektor xususiyatga ega bo‘lgan past dozali kompozisiyaning biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arginin, metionin, triptofan, sistein, DL-karnitin HCl, kversetin, rutin, dolchin, metoksidolchin va ferul kislotalarning MG bilan komplekslariga o‘tganda antiradikal faolligi in vitro sharoitida 1,6 dan 6,5 marta ortishi aniqlangan;
birinchi marta glisirrizin kislotasi monoammoniyli tuzining metoksidolchin kislotasi, metionin, kversetin bilan komplekslari yuqori gepatoprotektor faolligi; karnitin, sistein bilan komplekslari yallig‘lanishga qarshi yaqqol faolligi; karnitin, kversetin bilan komplekslarigepatit muhitida qondagi biokimyoviy ko‘rsatkichlarni me’yorlashtirishi metionin, metoksidolchin kislotasi bilan komplekslari gepatotsitlarning detoksikatsiya faolligini tiklanishi aniqlangan;
birinchi marta 4:0,5:0,5:0,5  molyar nisbatdagi 5 ta: MG:MethA:Cys:Que (C-1), MG:MethA:Met:Que (C-2), MG:Rut:Trp:Car (C-3), MG:Car:Cys:Que (C-4), MG:FerA:Car:Cys (C-5) kompozisiyalarning spesifik faolligi tadqiq etilganda eng yuqori gepatoprotektor, antioksidant, immunotrop ta’sir C-4 kompozisiyada ekanligi asoslangan;
komplekslar va kompozisiyalar oshqozon va qorin bo‘shlig‘i orqali kiritilganda, ularning kam zaharli birikmalar sinfiga oid ekanligi isbotlangan;
C-4 kompozisiyasining tarkibiy komponentlari (MG, karnitin, kversetin, sistein) ekvivalent dozada alohida qo‘llanilganda, gepatoprotektor faollikning yo‘qolishi in vivo tajribalarda isbotlangan;
C-4 kompozisiyasining tarkibiy qismida kversetin o‘rniga ekvivalent molyar nisbatda rutin kiritilganda, yangi kompozisiya tarkibidagi rutin hayvonlar ichagida biotransfarmatsiyaga uchramasdan, o‘zgarmagan holda qon plazmasiga o‘tishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gepatoprotektor, antioksidant, immunotrop xususiyatlarga ega mahalliy o‘simlik xomashyosidan ishlab chiqilgan C-4 kompozisiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
C-4 kompozisiyasining biologik faolliklaridan “O‘simliklar tarkibidan biologik faol birikmalarni ajratib olish, individual birikmalarga ajratish va ular asosida yangi hosilalarini sintez qilish, fizik-kimyoviy va spektral xususiyatlarini hamda biologik faolliklarini tadqiq etish” loyihada gossipolning diazoimin hosilalari gepatoprotektor xususiyatlarini aniglashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2023 yil 03 oktyabrdagi 4/1255-2097-son ma’lumotnomasi). Natijada, gossipol diazoimin hosilalari immunitet tizimi va jigar hujayralariga nisbatan regulyatorlik xususiyatlariga ega ekanligi isbotlash imkonini bergan;
C-4 kompozisiyasidan (20 mg/kg) “Biologik faol birikmalarning struktur funksional tadqiqotlari, ta’sir mexanizmini o‘rganish, yuqori samarali dori vositalari va diagnostikumlarni konstruirlash” mavzusidagi fundamental loyihada Fosfogliv  farmakopeya preparati (Rossiya) bilan bir qatorda, Brassica rapa va Nigella sativa, Sambucus nigra  dorivor o‘simliklardan ajratilgan birikmalar bilan sichqonlarda o‘tkir toksik gepatit va uning asoratlarini davolashda qiyosiy preparat sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ma’lumotnomasi, 2023 yil 03 oktyabr № 4/1255-2097). Natijada, Brassica rapa, Nigella sativa, Sambúcus nígra dorivor o‘simliklaridan olingan birikmalarning jigar hujayralarini qayta tiklash va immunitet tizimini rag‘batlantirish xususiyatlariga ega ekanligi isbotlsh imkonini bergan;
glisirrizin kislotasi monoammoniyli tuzi kompozisiyasidan Barselona universiteti, Biokimyo va molekulyar biologiya Departmenti, Tibbiyot fakulteti, Biofizika bo'limi loyihasida organizmdagi oksidlovchi stressning gepatoproteksiya bilan bog‘liqligini baholashda yangi dori etkazib berish tizimlarini o‘rganishda foydalanilgan (Barselona universitetining 2024 yil 27 maydagi ma’lumotnomasi). Natijada, hosil bo‘lgan komplekslarni biologik o‘zlashtirishni oshirilishini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish