Asatulloev Abrorxon Asatulloevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdurahmon Sayyoh Toshkandiy va Abdulla Avloniy axloqiy qarashlarining qiyosiy-falsafiy tahlili 09.00.07 – “Ma’naviyat tarixi va nazariyasi”(falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Fal193
Ilmiy rahbar: Bekdavlat Aliev, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/08.05.2024.F.135/01
Rasmiy opponentlar: Quronov Muhammadjon – pedagogika fanlari doktori, professor; Amridinova Dilrabo – falsafa fanlari doktori, dotsent; Rahmonov Sunnatillo – falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Abdurahmon Sayyoh Toshkandiy va Abdulla Avloniyning axloqiy qarashlariga oid manbalarni qiyosiy tahlil qilish hamda ma’naviyat tarixidagi ahamiyatini oshib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turkiston ma’rifatparvarligining genezisi, Sharq ijtimoiy-axloqiy merosi bilan vertikal va gorizontal aloqadorligi, asrlar osha faol muloqot va o‘zaro ta’sir asosida shakllanganligi, jadidchilik harakatining Turkiston ijtimoiy-madaniy muhitiga pozitiv, modernistik ta’sir ko‘rsatganligi, milliy-axloqiy o‘zak qadriyatlar asosida yangi yo‘nalishning ta’mal toshi qo‘yilganligi asoslangan;
Abdurahmon Toshkandiyning “Me’yor ul-axloq” asarining toshbosma nusxasi fors tilidan tarjima qilinib, ilmiy jamoatchilik e’tiboriga havola etish orqali unda ilgari surilgan ijtimoiy-axloqiy masalalar xususan axloqning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq qilingan, shuningdek, an’anaviy islom axloqi nuqtai nazaridan ayrim axloqiy kategoriyalar tahlil qilinganligi ularning axloqshunoslik fanining kategorial manbaviy asosda rivojlanishiga ta’siri ochib berilgan;
Abdurahmon Toshkandiyning “Me’yor ul-axloq” asarida insonning axloqiy kamolotini belgilovchi, axloqiy fazilatlar hikmat, shijoat, iffatning inson xulqini shakllantirishdagi ahamiyati hamda tubanlikka sabab bo‘luvchi illatlar boshida turuvchi “nafsi mut’mainna” (ishonshli nafs), “nafsi lavvoma” (nafsni malomat qiluvshi aniqrog‘i gunohlardan qaytishga undovshi), “nafsi ammora” (gunohga shorlovshi) ni engish zarurati asoslangan;
Abdulla Avloniyning axloqiy qarashlari Turkiston jadidchiligining axloqiy konsepsiyasini takomilga erishuviga ko‘rsatgan ta’siri, jamiyatni ilmu-ma’rifatga, ilg‘or g‘oyalarga, taraqqiy etgan xalqlar tajribasi asosida siyosiy, ijtimoiy va axloqiy konstruksiyalarga e’tibor qaratish haqidagi qarashlari manbaviy jihatdan isbotlangan;
Abdurahmon Toshkandiy va Abdulla Avloniyning axloqiy konsepsiyalarida ilgari surilgan kibr, manmanlik, xudbinlik kabi shaytoniy illatlarga qarshi kurashish nafsni tarbiyalash, ilm-ma’rifatli bo‘lish, tahdid va xavflardan ogoh bo‘lish, g‘aflatda qolmaslik, uyg‘oq ruhiyatni shakllantirish kabi komporativ qarashlarining yosh avlodni yuksak fazilatli, etuk insonlar qilib tarbiyalashda “milliy axloqiy” tizimni, zamonaviy ilg‘or metodologiyaga asoslangan ta’limni joriy etish hamda Yangi O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishdagi ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Abdurahmon Sayyoh Toshkandiy va Abdulla Avloniy axloqiy qarashlarining qiyosiy-falsafiy tahlili bo‘yisha ishlab shiqilgan ijtimoiy-falsafiy taklif va tavsiyalar asosida:
Turkiston ma’rifatparvarligining genezisi, Sharq ijtimoiy-axloqiy merosi bilan vertikal va gorizontal aloqadorligi, asrlar osha faol muloqot va o‘zaro ta’sir asosida shakllanganligi, jadidchilik harakatining Turkiston ijtimoiy-madaniy muhitiga pozitiv, modernistik ta’sir ko‘rsatganligi, milliy-axloqiy o‘zak qadriyatlar asosida yangi yo‘nalishning ta’mal toshi qo‘yilganligi asoslanganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Resrublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari rejalarini ishlab shiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2024 yil 7 maydagi 04-13/449-son dalolatnomasi), (O‘zbekiston Resrublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024 yil 13 apreldagi 2-13-21-1525-son dalolatnomasi). Natijada, zamonaviy yoshlar tarbiyasida muhim sanalgan inson ma’naviy olamini boyitish, komil insonni tarbiyalash shuningdek, axloq va nafs tarbiyasi masalalarini yoritishga xizmat qilgan;
Abdurahmon Toshkandiyning “Me’yor ul-axloq” asarining toshbosma nusxasi fors tilidan tarjima qilinib, ilmiy jamoatchilik e’tiboriga havola etish orqali unda ilgari surilgan ijtimoiy-axloqiy masalalar xususan axloqning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq qilingan, shuningdek, an’anaviy islom axloqi nuqtai nazaridan ayrim axloqiy kategoriyalar tahlil qilinganligi ularning axloqshunoslik fanining kategorial manbaviy asosda rivojlanishiga ta’siri ochib berilganligiga oid taklif-tavsiyalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022-2023 yillarida o‘tkazilgan targ‘ibot va tashviqot faoliyatlarida dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024 yil 8 apreldagi 02/145-son ma’lumotnomasi). Natijada, Abdurahmon Sayyoh Toshkandiy va Abdulla Avloniyning inson ma’naviy-ruhiy tarbiyasi, xulq-atvor go‘zalligi hamda qalb sofligi xususidagi axloqiy qarashlari zamonaviy shaxs tarbiyasida muhim omil sifatida xizmat qilgan;
Abdurahmon Toshkandiyning “Me’yor ul-axloq” asarida insonning axloqiy kamolotini belgilovchi, axloqiy fazilatlar hikmat, shijoat, iffatning inson xulqini shakllantirishdagi ahamiyati hamda tubanlikka sabab bo‘luvchi illatlar boshida turuvchi “nafsi mut’mainna” (ishonshli nafs), “nafsi lavvoma” (nafsni malomat qiluvshi aniqrog‘i gunohlardan qaytishga undovshi), “nafsi ammora” (gunohga shorlovshi) ni engish zarurati asoslanganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston liberal demokratik rartiyasi Siyosiy Kengashi tomonidan jamoatshilik muhokamalari va jamoatshilik muloqoti tadbirlarini o‘tkazish hamda yakunlari bo‘yisha taklif va tavsiyalarni ishlab shiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston liberal demokratik rartiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2024 yil 8 apreldagi 01-27/195-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar tarbiyasida muhim sanalgan mustaqil fikrlash, tafakkurni yuksaltirishga xizmat qilgan;
Abdulla Avloniyning axloqiy qarashlari Turkiston jadidchiligining axloqiy konsepsiyasini takomilga erishuviga ko‘rsatgan ta’siri, jamiyatni ilmu-ma’rifatga, ilg‘or g‘oyalarga, taraqqiy etgan xalqlar tajribasi asosida siyosiy, ijtimoiy va axloqiy konstruksiyalarga e’tibor qaratish haqidagi qarashlari manbaviy jihatdan isbotlanganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Resrublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari rejalarini ishlab shiqishda foydalanilgan (Resrublikasi Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Resrublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 25 dekabrdagi 02-22/1459-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlar orasida turli madaniy va ilmiy mavzularda tanlovlar o‘tkazishga xizmat qilgan;
Abdurahmon Toshkandiy va Abdulla Avloniyning axloqiy konsepsiyalarida ilgari surilgan kibr, manmanlik, xudbinlik kabi shaytoniy illatlarga qarshi kurashish nafsni tarbiyalash, ilm-ma’rifatli bo‘lish, tahdid va xavflardan ogoh bo‘lish, g‘aflatda qolmaslik, uyg‘oq ruhiyatni shakllantirish kabi komporativ qarashlarining yosh avlodni yuksak fazilatli, etuk insonlar qilib tarbiyalashda “milliy axloqiy” tizimni, zamonaviy ilg‘or metodologiyaga asoslangan ta’limni joriy etish hamda Yangi O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishdagi ahamiyati ochib berilganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Resrublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida oshiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi faoliyati davomida foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida oshiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2024 yil 24 yanvardagi 11-son ma’lumotnomasi). Natijada, Abdurahmon Sayyoh Toshkandiy va Abdulla Avloniy qarashlaridagi axloqiy tarbiya masalalarini keng jamoatshilikga yetkazishga xizmat qilgan.