Dilfuza Egamqulovna Begalievaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Xiva xonligida davlat boshqaruvi bilan bog‘liq an’analar va marosimlar” (1511 – 1920 yy.) ”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.3.PhD Tar722
Ilmiy rahbar: Nigora Ashirovna Allaeva, tarix fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Damir Quttiboevich Jumaniyozov, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Dilnoza Muydinovna Jamolova, tarix fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1511 – 1920 yillarda Xiva xonligining davlat boshqaruvi bilan bog‘liq an’analar va marosimlarni ko‘rsatib berishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Arabshohiy va Qo‘ng‘irotlar sulolasi davlat boshqaruvida valiahdni tanlash nasliy-shajaraviy, shaxsni “ilohiylashtirish”, “adolatli podsho timsolini yaratish”, ahdlashish (bay’atlashish), “xon ko‘tarish” marosimlari orqali rasman mustahkamlab qo‘yilganligi ochib berilgan;
Xiva hukmdorlari saroy arzxonasi va hududlardagi safarlari chog‘ida aholi shikoyatlarini tinglaganliklari, shikoyatlar yozma yoki og‘zaki tarzda qabul qilinganligi, bu esa muammolarni qisqa fursatda hal etish imkoniyatini berganligi bilan dalillangan;
Inoq, otaliq, biy, mehtar, qo‘shbegi, naqib, amir ul-umaro, devonbegi, yasovulboshi, oqsoqollar Xiva xonligi boshqaruv tizimida muhim o‘rin tutganligi va ularning nasl-nasabi, shaxsiy iqtidori, ish tajribasi kabi omillarga ko‘ra mansab-lavozimlarga tayinlanganligi dalillangan;
Mansabdor shaxslar tabiiy (vafoti, kasalligi, tajribasizligi) hamda majburiy (hokimiyatga qarshi chiqish, aholiga zulm qilish, lavozimini suiiste’mol qilish) ravishda xon tomonidan lavozimidan ozod etilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Arabshohiy va Qo‘ng‘irotlar sulolasi davlat boshqaruvida valiahdni tanlash nasliy-shajaraviy, shaxsni “ilohiylashtirish”, “adolatli podsho timsolini yaratish”, ahdlashish (bay’atlashish), “xon ko‘tarish” marosimlari orqali rasman mustahkamlab qo‘yilganligini ochib berilishiga oid nazariy va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekіston tarіxі” kanalida efirga uzatilgan “Ochiq dars” korsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston MTRK, “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021-yil 21-dekabrdagi 40-40-192v-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston tarixiga oid ma’rifiy ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy-ma’rifiy saviyasi oshishiga, kam o‘rganilgan ma’lumotlarni to‘ldirishga xizmat qiladi.
Xiva hukmdorlari saroy arzxonasi va hududlardagi safarlari chog‘ida aholi shikoyatlarini tinglaganliklari, shikoyatlar yozma yoki og‘zaki tarzda qabul qilinganligi, bu esa muammolarni qisqa fursatda hal etish imkoniyatini berganligiga oid yangi ma’lumotlardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi “Xiva xonligi davlat boshqaruvi bilan bog‘liq an’ana va marosimlar”ga doir ko‘rgazmalar bo‘limini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 25-iyundagi 3/1255-1417-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari o‘zbek davlatchilik tarixini keng o‘rganish, xonlik boshqaruv tizimi instituti faoliyatini ochib berish imkoniyatini yaratgan.
Inoq, otaliq, biy, mehtar, qo‘shbegi, naqib, amir ul-umaro, devonbegi, yasovulboshi, oqsoqollar Xiva xonligi boshqaruv tizimida muhim o‘rin tutganligi va ularning nasl-nasabi, shaxsiy iqtidori, ish tajribasi kabi omillarga ko‘ra mansab-lavozimlarga tayinlanganligiga doir ma’lumotlardan PZ-20170928402 “O‘zbekistonning o‘rta asrlar tarixi rasmiy hujjatlarda: muammoli jihatlar, talqin va tahlil (VII – XIX asr birinchi yarmi)” deb nomlangan amaliy loyihasi doirasida tayyorlangan to‘plamni tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 25-iyundagi 3/1255-1417-son ma’lumotnomasi). Natijada bu borada aniqlangan arxiv hujjatlari davlatchilik tarixi bo‘yicha kam o‘rganilgan ma’lumotlarni ilmiy muomalaga olib kirish imkonini bergan;
Mansabdor shaxslar tabiiy (vafoti, kasalligi, tajribasizligi) hamda majburiy (hokimiyatga qarshi chiqish, aholiga zulm qilish, lavozimini suiiste’mol qilish) ravishda xon tomonidan lavozimidan ozod etilganligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Tarixiy savol” korsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston MTRK, “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022-yil 20-anvardagi 06-28-131 son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy etilishi xonlik boshqaruv tizimi instituti faoliyatiga doir bilimlarni kengaytirishga xizmat qiladi.