Nishonov Sarvar Jasur o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “O‘rta asr Sharq mutafakkirlarining falsafiy ta’limotida ijtimoiy-axloqiy paradigma (Husayn Voiz Koshifiy va Jaloliddin Davoniy asarlari misolida)” mavzusidagi 09.00.03 – Falsafa tarixi ixtisosligi (Falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal669
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oʻzbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor;
Rasmiy opponentlar: Ruzmatova Gulnoz Miraxrarovna, falsafa fanlari doktori, professor; Maxmudov Ravshanbek Jalilovich falsafa fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Husayn Voiz Koshifiy va Jaloliddin Davoniy merosida ijtimoiy-axloqiy paradigm qonuniyatlari va tamoyillarini o‘rganish, asl qo‘lyozmalarni germenevtik usulda tadqiq va tahlil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jaloliddin Davoniy va Husayn Voiz Koshifiylarning asl qo’lyozma manbalari asosida, axloqiy, ijtimoiy va davlat boshqaruvida regulyativ, fluktasion va ijtimoiy-pragmatik diskurslar haqidagi ta’limotlari fanlararo yondashuvga (diniy, falsafiy, adabiy, axloqiy, estetik) asoslanganligi isbotlangan;
Jaloliddin Davoniy va Husayn Voiz Koshifiyning ijtimoiy-axloqiy qarashlarining falsafiy komparativistikasi, zamonaviy instrumentalizm metodologiyasiga xizmat qiluvchi omil ekanligi asoslangan;
Husayn Voiz Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asaridagi axloqiy muammolar Yangi O‘zbekiston strategiyasi tamoyillarini mamlakatimizda ijtimoiy davlat qadriyatlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi va dolzarbligi dalillangan;
Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” va Jaloliddin Davoniyning ااخلاقي جلالي -“Axloqi Jaloliy” asarlarining germenevtik tadqiqotlari, falsafiy-axloqiy kategoriyalarning negizi bo‘lgan aql, bilim va faoliyat aloqadorligi, aqlning vazifasi inson faoliyatini boshqarish va tafakkurning borliqqa adekvatligi emas, ilg‘or g‘oyaning ishonchliligida ekanligi bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta asr Sharq mutafakkirlarining falsafiy ta’limotida ijtimoiy-axloqiy paradigma. (Husayn Voiz Koshifiy, Jaloliddin Davoniy asarlari misolida) olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Jaloliddin Davoniy va Husayn Voiz Koshifiylarning asl qo‘lyozma manbalari asosida axloqiy, ijtimoiy, davlat boshqaruvi haqidagi ta’limotlari fanlararo yondashuvga (diniy, falsafiy, adabiy, axloqiy, estetik) asoslanganligi isbotlangan; Davoniy va Koshifiy ijtimoiy-falsafiy qarashlari asosida fanlararo uslubiyatga asoslangan (diniy, falsafiy, adabiy, axloqiy, estetik) ta’limotlarga oid izlanishlardan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU, A-OT-2021-11 “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” nomli innovatsion loyiha ilmiy-metodologik bazasini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 30-avgustdagi 4/17-04/11-6585-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning maqsadidan kelib chiqib, milliy va qadriyatlar zamirida nazariy falsafiy ta’limotlar va amaliy axloq, davlatchilik va davlat boshqaruvi muammolari Markaziy Osiyo xalqlarining an’anaviy qonuniyati ekanligi asoslangan.
Dissertatsiyada tadqiq etilgan, inson qadri va qimmati, uning aql-zakovati ma’rifatli va odil jamiyat qurishda O‘rta asr davlatchiligi, ijtimoiy tuzum, huquqiy barqarorlik kabi g‘oyalarning naqadar muhim ekanligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston tarixi kanalining «Taqdimot» ko‘rsatuvlarini ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Teleradiokanali davlat muassasasining) 2023 yil 12-iyuldagi, 03-06-936 sonli ma’lumotnomasi). Natijada: Jaloliddin Davoniy va Husayn Voiz Koshifiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlarining falsafiy komparativistikasi orqali
zamonaviy instrumentalizm metodologiyasiga xizmat qiluvchi omil ekanligining konstruktiv jihatlari atroflicha, Respublika miqyosida ommalashtirilgan;
Husayn Voiz Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» va Jaloliddin Davoniyning «اخلاقي جلالي» Axloqi Jaloliy asarlarining germenevtik, tizimli tahlili natijasida, diniy-axloqiy kategoriyalarning, ularning ta’limotlarining dialektik aloqadorligini belgilovchi - aql, bilim va harakat konsepsiyasi kesimida ularning g‘oyalarining negizidagi, aqlning vazifasi inson faoliyatini boshqarish va haqiqat tafakkurning borliqqa adekvatligi emas, ilg‘or g‘oyaning ishonchliligida ekanligini asoslashga doir tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy izlanish ishlari, ma’rifiy va ma’naviy faoliyatida keng foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023 yil 13-iyundagi, 02/281-sonli ma’lumotnomasi). Natijada amalga oshirilgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy-ma’rifiy faoliyatiga tadbiq etilishi natijasida markaz o‘quv-ilmiy faoliyatidagi talabalarga ajdodlarimiz ma’naviy merosini yanada kengroq tushuntirishga va ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
Jaloliddin Davoniyning «Axloqi Jaloliy» asaridagi falsafiy muammolar (olam, borliq, harakat, ziddiyat) tasnifi: naturfalsafa, sababiyat va amaliy axloq muammolari negizida asoslandi. Diniy va falsafiy g‘oyalarining uyg‘unligi va hozirgi zamon uchun ahamiyatli jihatlarini tushuntirishga oid tadqiqot natijalaridan markaz tomonidan o‘tqazilgan tadbirlarda foydalanildi. (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 13-iyundagi, 222-sonli ma’lumotnomasi). Natijada «Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy, dunyoviy davlat taraqqiyoti sari» mavzusida grafik organayzerlardan foydalanilgan holda ma’ruza qilindi va o‘rta asr Sharq allomalarining diniy-falsafiy, xususan ijtimoiy qarashlari 2023 yilda yangi taxrirda qabul qilingan O‘zbekiston Konstitutsiyasining ijtimoiy-davlat tamoyilini mazmun va maqsadini tushuntirishga asos bo‘lgan.