Musaev Azizbek Baxridionovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ashtarxoniylar davrida Farg‘ona vodiysida yuz bergan siyosiy jarayonlar tahlili, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tar1234.
Ilmiy rahbar: Usmonov Baxriddin Axmedovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti,PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Erqo‘ziev Anvarjon Ashurovich, tarix fanlari nomzodi, Aminov Bobur Bomurodovich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ashtarxoniylar hukmronligi davrida Farg‘ona vodiysidagi siyosiy jarayonlarning rivojlanish tendensiyalari va unga ta’sir etgan omillarni tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi hokimlari bo‘lgan Keldi Muhammadxon va Abul Muhammad sultonlarning shaxsiga yozma manbalar va qabrtosh bitiklaridagi ma’lumotlarni qiyosiy tahlil etish orqali aniqlik kiritilib, ular qozoq sultonlari emas, balki shayboniy Suyunchxojaxon xonadonining so‘nggi vakillari ekanlikligi asoslangan;
Farg‘ona vodiysining ashtarxoniylar davlati tarkibiga kiritilishi Suyunchxojaxon xonadonining so‘nggi vakillarini o‘z hokimiyatlarini saqlab qolish uchun kurashi va Buxoro xonlarining qozoq sultonlari bilan Movarounnahrning shimoli-sharqiy hududlari uchun olib borgan raqobati natijasiga bog‘liq holda kechganligi sababli to‘rt bosqichda (birinchi bosqich – Farg‘ona hokimi Keldi Muhammadxonning oliy hokimiyatda shayboniylar sulolasini tiklash uchun kurash davri (1599–1604-yillar), ikkinchi bosqich – Farg‘onada shayboniylar sulolasi hokimligi saqlangani holda ashtarxoniylar oliy hokimiyatining rasman o‘rnatilishi (1604-1614), uchinchi bosqich – vodiyda shayboniylar sulolasi hokimligining tugatilishi (1614-1619), to‘rtinchi bosqich – Farg‘onada Abulay sulton hokimligining tugatilishi va vodiyning Buxoro xonligi tarkibiga kiritilishi (1619-1631) ilmiy dalillangan;
Farg‘ona vodiysida hokimlik qilgan Keldi Muhammadxon, Abul Muhammad sulton, Abulay sulton, Pir Muhammad sulton, Muhammadyor sulton, Fozilxo‘ja, Boqibiy yuz (Axsi), Bahrom sulton (Axsi), Abdurahmon otaliq (Andijon) shaxsi va ularning siyosiy faoliyatiga aniqliklar kiritilgan;
Yorkend xoni Abdullaxon Farg‘ona vodiysiga to‘rt marotaba yurish amalga oshirgani, mazkur yurishlarning ikkinchi hamda uchinchisi bevosita Andijon atroflarida bo‘lib o‘tganligi, vodiyga dastlabki yurish mintaqaning sharqiy hududlarini talon-taroj qilish bilan cheklangani, so‘nggi yurish esa Abdullaxonning o‘g‘li Nuriddinni to‘satdan vafot etishi tufayli oxiriga etmaganligi tarixiy manbalar asosida izohlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ashtarxoniylar davrida Farg‘ona vodiysida yuz bergan siyosiy jarayonlar tahlilini tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar, ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Farg‘ona vodiysining hokimlari bo‘lgan Keldi Muhammadxon va Abul Muhammad sultonlarning shaxsiga yozma manbalar va qabrtosh bitiklaridagi ma’lumotlarni qiyosiy tahlil etish orqali aniqlik kiritilib, ular qozoq sultonlari emas, balki shayboniy Suyunchxojaxon xonadonining so‘nggi vakillari ekanlikligi asoslanganligi kabi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 2-maydagi 02-06-596-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning XVII asr boshlarida Farg‘ona vodiysida kechgan tarixiy jarayonlarga oid ma’lumotlar va ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan;
Farg‘ona vodiysining ashtarxoniylar davlati tarkibiga kiritilishi Suyunchxojaxon xonadonining so‘nggi vakillarini o‘z hokimiyatlarini saqlab qolish uchun kurashi va Buxoro xonlarining qozoq sultonlari bilan Movarounnahrning shimoli-sharqiy hududlari uchun olib borgan raqobati natijasiga bog‘liq holda kechganligi sababli to‘rt bosqichda (birinchi bosqich – Farg‘ona hokimi Keldi Muhammadxonning oliy hokimiyatda shayboniylar sulolasini tiklash uchun kurash davri (1599–1604-yillar), ikkinchi bosqich – Farg‘onada shayboniylar sulolasi hokimligi saqlangani holda ashtarxoniylar oliy hokimiyatining rasman o‘rnatilishi (1604-1614), uchinchi bosqich – vodiyda shayboniylar sulolasi hokimligining tugatilishi (1614-1619), to‘rtinchi bosqich – Farg‘onada Abulay sulton hokimligining tugatilishi va vodiyning Buxoro xonligi tarkibiga kiritilishi (1619-1631) singari ma’lumotlardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiyasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 8-maydagi 04-05/1762-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu materiallar muzeyning “Tarix bo‘limi” fondini boyitishga, muzeyning o‘lka tarixiga oid manbalarini ilmiylik va ishonchlilik jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan;
Farg‘ona vodiysida hokimlik qilgan Keldi Muhammadxon, Abul Muhammad sulton, Abulay sulton, Pir Muhammad sulton, Muhammadyor sulton, Fozilxo‘ja, Boqibiy yuz (Axsi), Bahrom sulton (Axsi), Abdurahmon otaliq (Andijon) shaxsi va ularning siyosiy faoliyatiga aniqlik kiritilishida muhim ahamiyatga ega birlamchi tarixiy manba va ilmiy adabiyotlarning nusxalari Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi “Tarix” bo‘limiga taqdim etilishi orqali muzey fondi yanada boyitildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 8-maydagi 04-05/1762-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyga taqdim etilgan ma’lumotlar, bu erga tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy sayyohlarning Farg‘ona vodiysining so‘nggi o‘rta asrlari tarixiga oid bilim va tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilgan;
Yorkend xoni Abdullaxon Farg‘ona vodiysiga to‘rt marotaba yurish amalga oshirgani, mazkur yurishlarning ikkinchi hamda uchinchisi bevosita Andijon atroflarida bo‘lib o‘tganligi, vodiyga dastlabki yurish mintaqaning sharqiy hududlarini talon-taroj qilish bilan cheklangani, so‘nggi yurish esa Abdullaxonning o‘g‘li Nuriddinni to‘satdan vafot etishi tufayli oxiriga etmaganligi xususidagi ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 2-maydagi 02-06-596-son ma’lumotnomasi). Foydalanilgan materiallar ko‘rsatuvning ilmiy-ommabop hamda qiziqarli bo‘lishini ta’minlagan holda teletomoshabinlarga yangi tarixiy ma’lumotlarni etkazib berilishiga xizmat qilgan.