Nadjmitdinov Otabek Baxritdin o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda surunkali miya ishemiyasi tashhisotini optimallashtirish» 14.00.25 – Klinik-laborator va funksional diagnostika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib872.
Ilmiy maslahatchi: Usmanova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori, lotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xodjimetov Abdugafur Axadovich, biologiya fanlari doktori, professor; Axmedova Nilyufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Yakubova Marxamat Mirakramovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan va og‘rimagan bemorlarda surunkali miya ishemiyasining erta tashhislash, klinik kechishi xususiyatlari va laborator-ko‘rsatkichlarini, hamda neyrovizualizatsion usullarni prognostik axamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabet arterial gipertenziyaga qaraganda miya aterosklerozi rivojlanishining muhim bashoratchisi ekanligi gomotsistein va koagulogramma ko‘rsatkichlari ortishi bilan aniqlangan;
bosh miya magnit-rezonans traktografiyasining ahamiyati 2-tur qandli diabet negizida surunkali miya ishemiyasida neyrodegeneratsiya va qon tomirlarining shikastlanishi darajasini aniqlashda bosh miya magistral o‘tkazuv traktini buzilishi kuzatilishi bilan isbotlangan;
ilk bor 2-tur qandli diabet negizida surunkali miya ishemiyasi rivojlanishi, patogenezi, diagnostikasi va bashorat qilishda miya neyrotrofik omili - BDNF oqsilining o‘rni o‘rganilgan va 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda diabet bilan og‘rimagan bemorlarga nisbatan sezilarli darajada ortishi bilan isbotlangan;
surunkali miya ishemiyasi va 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv buzilishlar rivojlanishining erta skrining tashxic qilish imkonini beruvchi diagnostik va prognostik mezonlar ketma-ketligi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024-yil 15 iyuldagi 3-sonli yig‘ilishi bayonnomasi xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: qandli diabet arterial gipertenziyaga qaraganda miya aterosklerozi rivojlanishining muhim bashoratchisi ekanligi gomotsistein va koagulogramma ko‘rsatkichlari ortishi bilan aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona 1-shahar shifoxonasi angionevrologiya bo‘limi 2023-yil 14-iyuldagi 30-sonli buyrug‘i, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filiali nevrologiya bo‘limi 2023-yil 19-iyuldagi 157/2-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: 2-tur qandli diabet negizida surunkali miya ishemiyasi tashhisotini optimallashtirishni o‘rganish ushbu turdagi bemorlarni diagnostika sifatini yaxshilaydi, bu esa davolash muolajalarini o‘z vaqtida maqsadli ravishda amalga oshirishga shuningdek, ushbu toifadagi bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali miya ishemiyasini erta va to‘g‘ri tashxislash kasallikni erta va kech bosqichdagi asoratlarini oldini olishga xizmat qiladi va ularni davolash uchun qo‘shimcha laborator-instrumental tekshiruvlar xamda, davolash chora-tadbirlariga safrlanadigan xarajatlarni kamaytirish orqali tejash imkonini beradi va bu xar bemor uchun bir murojatdan 32538sumni tashkil etgan; Xulosa: 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda surunkali miya ishemiyasini erta aniqlash, asoratlarini oldini olish, o‘tkir qon aylanish buzilishi va og‘ir neyropatiya keltirib chiqishini oldini olish imkonini b`eradi. Unga asoslangan holda kasallikning kechishini sekinlashtirib, asosiy kasallikni avjlanishini va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshiradi, kasalxonaga qayta yotishlari sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kaytirish orqali iqtisodiy samara beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bosh miya magnit-rezonans traktografiyasining ahamiyati 2-tur qandli diabet negizida surunkali miya ishemiyasida neyrodegeneratsiya va qon tomirlarining shikastlanishi darajasini aniqlashda bosh miya magistral o‘tkazuv traktini buzilishi kuzatilishi bilan isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona 1-shahar shifoxonasi angionevrologiya bo‘limi 2023-yil 14-iyuldagi 30-sonli, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filiali nevrologiya bo‘limi 2023-yil 19-iyuldagi 157/2-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: 2-tur qandli diabet negizida surunkali miya ishmemiyasi rivojlanish omillarini erta aniqlash, zarur profilaktika choralarini ko‘rish va davolanishni individual tarzda tuzish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali miya ishemiyasida kasalligida gomotsistein, koaguloramma, lipidli spektr ko‘rsatkichlarini bosh miya magnit–rezonans traktorafiyasi bilan o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganish kasallikni to‘g‘ri tashxislash va klinik kechishini bashorat qilish uchun yanada malakali, ishonchli yondashuvni ta’minlaydi va davolash hamda profilaktika choralari samaradorligini oshirish imkonini bergan; Xulosa: 2-tur qandli diabet negizida surunkali miya ishemiyasini magnit-rezonans traktorgafiya instrumental diagnostika usulidan foydalanish ushbu kasallikning asoratlari namoyon bo‘lishidan oldin aniqlash imkonini beradi. Bu esa bemorlarda asoratlar jumladan, polineyropatiya rivojlanishini, kasalxonaga qayta yotishlari sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kaytirish orqali iqtisodiy samara beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor 2-tur qandli diabet negizida surunkali miya ishemiyasi rivojlanishi, patogenezi, diagnostikasi va bashorat qilishda miya neyrotrofik omili - BDNF oqsilining o‘rni o‘rganilgan va 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda diabet bilan og‘rimagan bemorlarga nisbatan sezilarli darajada ortishi bilan isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona 1-shahar shifoxonasi angionevrologiya bo‘limi 2023-yil 14-iyuldagi 29-sonli, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filiali nevologiya bo‘limi 2023-yil 19-iyuldagi 157/1-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan usulning joriy etilishi 2-tur qandli diabet negizida surunkali miya ishemiyasi va uning salbiy oqibatlarini erta bashorat qilish, nogironlikni kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali miya ishemiyasi hastaligi bo‘lgan bemorlarda BDNF miqdorini tahlil qilish va kasallika ishonchli tashhis qo‘yish va klinik kechishini erta bashorat qilish orqali bemorlarning ushbu kasallikni tashxislash uchun sarflanadigan 750000 so‘mni tejab qolishga imkon bergan. Xulosa: olingan natijalar surunkali miya ishemiyasini 2-tur qandli diabet negizida magnit-rezonans traktografiya usulidan foydalanish ushbu kasallikni erta aniqlash imkonini bergan. O‘z navbatida erta aniqlash orqadi bemorlarni xayot sifatini yaxshilash va albatta moddiy xarajatlarni tejab qolish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali miya ishemiyasi va 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv buzilishlar rivojlanishining erta skrining tashxic qilish imkonini beruvchi diagnostik va prognostik mezonlar ketma-ketligi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona 1-shahar shifoxonasi angioevrologiya bo‘limi 2023-yil 14-iyuldagi 30-sonli, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filiali nevrologiya bo‘limi 2023-yil 19-iyuldagi 157/2-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv buzilishlar rivojlanishining erta skrining tashxic qilish ushbu patologiyalarni, shuningdek ularning asoratlarini davolash uchun katta moddiy xarajatlardan qochish, maqsadli terapevtik va profilaktika choralarini o‘tkazish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Taklif qilingan mezonlar ketma-ketligidan foydalangan holda har bir bemor uchun umumiy 750000 so‘mgacha gacha diagnostik tejash imkonini bergan. Ushbu diagnostik va prognostik mezonlar algoritmidan foydalanish orqali surunkali miya ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv buzilishlarni rivojlanish xavfini va klinik kechishini erta bashorat qilish, ihtisoslashtirilgan muassasalarda ushbu kasallikning diagnostikasi, monitoringi va davolashga sarflanadigan mablag‘larni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.