Hojiev Nosirjon Komilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish)ning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari”, 12.00.08 –Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi va 12.00.15 – Kriminologiya (yuridik fanlar)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Yu648.
Ilmiy rahbar: Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Zufarov Rustam Axmedovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ochilov Xasan Rashidovich, yuridik fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish)ning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlarini kompleks baholash asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, shuningdek, mazkur jinoyatning oldini olish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishga va bayonnomalar tuzishga, shuningdek mazkur ishlar, bayonnomalar saqlanishi, tegishli tartibda yuborilishiga mas’ul shaxs yoxud mazkur ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli mansabdor shaxs dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) jinoyati jinoyat subekti sifatida belgilanishi lozimligi asoslangan;
dalillarni qasddan yo‘q (nobud) qilish dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozimligi asoslangan;
dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) takroran sodir etilganida, shuningdek adolatsiz hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga olib kelganida javobgarlik differensiatsiya qilinishi lozimligi asoslangan;
dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) natijasida ko‘p miqdorda yoki juda ko‘p miqdorda zarar etkazilganida qilmish uchun javobgarlik differensiatsiya qilinishi lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) jinoyatining jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlariga oid tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishga va bayonnomalar tuzishga, shuningdek mazkur ishlar, bayonnomalar saqlanishi, tegishli tartibda yuborilishiga mas’ul shaxs yoxud mazkur ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli mansabdor shaxs dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) jinoyati jinoyat subekti sifatida belgilanishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi 334-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 10-maydagi 27/2-85-22-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi dalillarni soxtalashtirish qalbakilashtirish) jinoyati subektining aniqlashtirilishiga xizmat qilgan;
dalillarni qasddan yo‘q (nobud) qilish dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli qarorining 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2022-yil 23-fevraldagi PL-08-22-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish)da ifodalanadigan qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga xizmat qilgan;
dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) takroran sodir etilganida, shuningdek adolatsiz hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga olib kelganida javobgarlik differensiatsiya qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi 334-moddasi to‘rtinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 10-maydagi 27/2-85-22-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) jinoyati uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga xizmat qilgan;
dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) natijasida ko‘p miqdorda yoki juda ko‘p miqdorda zarar etkazilganida qilmish uchun javobgarlik differensiatsiya qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi 334-moddasi to‘rtinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 10-maydagi 27/2-85-22-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) jinoyati uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga xizmat qilgan.