Baratova Dilnoza Odiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish: jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlar”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi va 12.00.15 – Kriminologiya (yuridik fanlar)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1071.
Ilmiy rahbar: Otajonov Abrorjon Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03
Rasmiy opponentlar: Toshpo‘latov Akrom Ikromovish, yuridik fanlar doktori, dotsent; Haydarov Shuhrat Djumaevich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi noqonuniy migratsiya bilan bog‘liq qilmishlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlarini kompleks baholash asosida aniqlangan muammolarning echimiga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun xorijga chiqish biometrik pasporti (diplomatik pasport, identifikatsiya elektron kartasi ID-karta), vaqtincha xorijda turgan va konsullik ro‘yxatiga olinmagan xorijga chiqish biometrik pasporti yo‘qolgan, yaroqsiz holga kelgan, uning amal qilish muddati tugagan, ma’lumotlar yoki vizalar uchun mo‘ljallangan sahifalaridan foydalanib bo‘lingan holatlarda, shuningdek, sud ajrimi bilan uning amal qilishi to‘xtatib turilganda yangi xorijga chiqish biometrik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnomasi bilan O‘zbekistonga kirishi qonuniy hisoblanishi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining amaldagi xorijga chiqish biometrik pasporti (diplomatik pasport), chet el davlatiga kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ularga kirish uchun kirish vizalari rasmiylashtirilishi talab etilmaydigan xorijiy davlatlar bundan mustasno) bilan O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini mamlakatdan qonuniy chiqish deb hisoblash lozimligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilmagan holda yoki amal qilish muddati o‘tgan xorijga chiqish biometrik pasporti bilan O‘zbekiston Respublikasidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ularga kirish uchun kirish vizalari talab etilmaydigan har qanday xorijiy davlatdan boshqa, kirish vizasi rasmiylashtirilishi talab etiladigan xorijiy davlatga kirganlik xolatlari qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun javobgarlikka tortilishi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tegishli ravishda milliy pasport yoki harakatlanish hujjati bilan vaqtincha ro‘yxat asosida yashashlari va vaqtincha ro‘yxatga olish chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganlaridan keyin uch ish kuni davomida ularni taklif qilgan (qabul qilayotgan) va ularga turar joy bergan jismoniy shaxslar, xususiy uy-joy egalari, tashkilotlarning yotoqxonalari maʼmuriyati, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalari tomonidan “E-mehmon” dasturi orqali yoki hududiy MvaFRBga murojaat qilgan holda amalga oshirilishi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzgan, shuningdek, boshqa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining maʼmuriyati, xususiy uy-joy egalari hududiy ichki ishlar organlariga “E-mehmon” dasturi orqali xabar bergan holda joylashtirish lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish: jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlariga oid tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun xorijga chiqish biometrik pasporti (diplomatik pasport, identifikatsiya elektron kartasi ID-karta), vaqtincha xorijda turgan va konsullik ro‘yxatiga olinmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun xorijga chiqish biometrik pasporti yo‘qolgan, yaroqsiz holga kelgan, uning amal qilish muddati tugagan, ma’lumotlar yoki vizalar uchun mo‘ljallangan sahifalaridan foydalanib bo‘lingan holatlarda, shuningdek, sud ajrimi bilan uning amal qilishi to‘xtatib turilganda yangi xorijga chiqish biometrik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun asos bo‘lishiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘gʻrisida”gi 9-son qarorining 27-bandi o‘ninchi xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 28-iyuldagi 01/30-43-son dalolatnomasi). Ushbu taklif fuqarolarimizning mamlakatga qonuniy yo‘l bilan qaytish va kirishlarini kafolatlashga xizmat qilgan;
xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun – amaldagi milliy pasport (diplomatik pasport), shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat, O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun (kirish, tranzit) viza va xorijiy fuqarolar kirish-chiqish Tartibi II bo‘limida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun asos bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun – amaldagi xorijga chiqish biometrik pasporti (diplomatik pasport), chet el davlatiga kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ularga kirish uchun kirish vizalari rasmiylashtirilishi talab etilmaydigan xorijiy davlatlar bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasidan chiqish uchun asos bo‘lishi hamda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun – amaldagi milliy pasport (diplomatik pasport), shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat, O‘zbekiston Respublikasiga kirish-chiqish uchun viza va xorijiy fuqarolar kirish-chiqish Tartibi I, III bo‘limlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar O‘zbekiston Respublikasidan chiqish uchun asos bo‘lishiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘gʻrisida”gi 9-son qarorining 27-bandi o‘n birinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n to‘qqizinchi xatboshislari shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 28-iyuldagi 01/30-43-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar chet el fuqarolari va fuqarolari bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonunga xilof ravishda kirishini, bo‘lishini hamda tranzit tarzda o‘tishini hamda mamlakat fuqarolarning chet davlatlarga qonunga xilof ravishda chiqishlarini oldini olishga hamda chet el mamlakatida qonuniy tarzda bo‘lishini kafolatlash, shuningdek chet el fuqarolari va fuqarolari bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini huquqiyligini baholashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirilmagan holda yoki amal qilish muddati o‘tgan xorijga chiqish biometrik pasporti bilan O‘zbekiston Respublikasidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ularga kirish uchun kirish vizalari talab etilmaydigan har qanday xorijiy davlatdan boshqa, kirish vizasi rasmiylashtirilishi talab etiladigan xorijiy davlatga kirgan hollarda jinoiy javobgarlik kelib chiqishi mumkinligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘gʻrisida”gi 9-son qarorining 27-bandi o‘n to‘qqizinchi xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 28-iyuldagi 01/30-43-son dalolatnomasi). Ushbu taklif chet el davlatida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ushbu davlat orqali tranzit tarzda boshqa davlatlarga qonunga xilof ravishda o‘tishlarini oldini olishga va ushbu tartib buzilganda ularni javobgarlikka tortishni kafolatlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tegishli ravishda milliy pasport yoki harakatlanish hujjati bilan vaqtincha ro‘yxat asosida yashaydilar. Vaqtincha ro‘yxatga olish chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganlaridan keyin uch ish kuni davomida ularni taklif qilgan (qabul qilayotgan) va ularga turar joy bergan jismoniy shaxslar, xususiy uy-joy egalari, tashkilotlarning yotoqxonalari maʼmuriyati, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalari tomonidan “E-mehmon” dasturi orqali yoki hududiy MvaFRBga murojaat qilgan holda amalga oshiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzgan, shuningdek, boshqa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining maʼmuriyati, xususiy uy-joy egalari hududiy ichki ishlar organlariga “E-mehmon” dasturi orqali xabar bergan holda joylashtirishiga oid takliflaridan Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentyabrdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘gʻrisidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 35-son qaroriga ilovaning birinchi va to‘rtinchi bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 24-avgustdagi 33/1143-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakatda qonuniy asoslarda bo‘lishlarini ta’minlashga hamda ular tomonidan qonun buzulish holatlari aniqlanganda va boshqa qoidabuzarliklar sodir etilganda javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish