Achilova Liliya Ilxomovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Raqamli makon sharoitida turistik xizmatlarni ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subektlari faoliyatini huquqiy tartibga solish”. 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Yu220.
Ilmiy maslahatchi: Rustambekov Islambek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Karaxodjaeva Dilorom Mamirovna, yuridik fanlar doktori, professor; Raimova Nargiza Doroevna, yuridik fanlar doktori, professor; Nasriev Ilxom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli makon sharoitida turizm xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
barcha sport va madaniy meros obektlari haqidagi ma’lumotlarning (shu jumladan pasporti, davlat kadastri) joylashtirilishini ta’minlaydigan maxsus elektron portal yaratish zarurligi asoslantirilgan;
maxsus vakolatli davlat organining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, elektron xizmatlarni rivojlantirish va raqamlashtirish, sohada huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga samarali qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni tashkil etish lozimligi asoslab berilgan;
BMA “Biznes, menejment va boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha talabalarga “Biznes huquqi” modulini o‘qitishda turli turdagi tadbirkorlik faoliyatini, jumladan, raqamli makon sharoitida turistik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini o‘rganish masalalari bo‘yicha o‘quv jarayoniga joriy qilish zarurligi asoslantirilgan;
texnik va texnologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotni (ishlarni va xizmatlarni) ishlab chiqishga hamda joriy etishga qaratilgan innovatsiyalar mahsulotga oid innovatsiyalar ekanligi asoslab berilgan;
identifikasiya tizimi jismoniy va yuridik shaxslarni identifikasiyalashning rasmiy ma’lumotlar manbayi va ushbu tizim orqali olingan ma’lumotlar banklar, moliya va boshqa xizmatlardan foydalanuvchilarni masofaviy identifikasiya qilish (autentifikasiya) uchun asos hisoblanishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
barcha sport va madaniy meros obektlari haqidagi ma’lumotlarning (shu jumladan pasporti, davlat kadastri) joylashtirilishini ta’minlaydigan maxsus elektron portal yaratishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6199-sonli “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 11-bandi 2-xatboshisini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021-yil 9-iyuldagi 03-17-02/3874-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi, elektron portal orqali turizm mahsulotlarini va xizmatlarini qidirish, tanlash, band qilish va xarid qilish imkoniyatini ta’minlash va optimallashtirishga yordam beradi.
maxsus vakolatli davlat organining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, elektron xizmatlarni rivojlantirish va raqamlashtirish, sohada huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga samarali qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni tashkil etish zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5150-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 9-bandi 5-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021-yil 9-iyuldagi 03-17-02/3874-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi turistlarning vaqt va xarajatlarini sezilarli darajada tejashga, shuningdek, ularga dolzarb axborotlarni olish va resurslaridan foydalanish imkoniyatini berishga xizmat qilgan;
texnik va texnologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotni (ishlarni va xizmatlarni) ishlab chiqishga hamda joriy etishga qaratilgan innovatsiyalar mahsulotga oid innovatsiyalar ekanligiga hamda BMA “Biznes, menejment va boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha talabalarga “Biznes huquqi” modulini o‘qitishda turli turdagi tadbirkorlik faoliyatiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 24-iyuldagi “Innovasion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2023-yil 5-yanvardagi 04-18/31-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi innovasion iqtisodiyotning rivojlanishiga, bu esa o‘z navbatida xalqaro turizmning rivojlanishini jiddiy rag‘batlantirishga imkon beradi. Mahsulot innovasiyalari texnik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlarni joriy etishni o‘z ichiga oladi;
identifikasiya tizimi jismoniy va yuridik shaxslarni identifikasiyalashning rasmiy ma’lumotlar manbayi va ushbu tizim orqali olingan ma’lumotlar banklar, moliya va boshqa xizmatlardan foydalanuvchilarni masofaviy identifikasiya qilish (autentifikasiya) uchun asos hisoblanishi to‘g‘risidagi taklif 2022-yil 10-oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Senatining byudjet va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha qo‘mitasining 2023-yil 6-sentyabrdagi 05-10/1919-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi elektron hujjat tushunchasini shakllantirishga yordam bergan.