Tagaev Ilxom Ulashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda ichak invaginatsiyasini tashxislash va davolashni takomilashtirish”, 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib 4161.
Ilmiy raxbar: Shamsiev Jamshid Azamatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Sataev Valeriy Uralovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupov Shuxrat Abdurasulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon davlat tibbiyot universiteti (Ozarbayjon Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda noinvaziv tasvirlash usullarni qo‘llash orqali ichak invaginatsiyasi tashxislash va davolashini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichak invaginatsiyasi bo‘lgan bolalarda kasallik klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlari (qorindagi vaqti-vaqti bilan davom etadigan xurujsimon og‘riqlar (81,8%), qusish (85,6%), pal`patsiyada o‘smaga o‘xshash xosila (75%),"malinali jele" alomati (76,5%)) aniqlangan;
ichak invaginatsiyasi mavjud bolalarda zamonaviy nurlanish usullarini qo‘llash orqali tashxislash taktikasi takomillashtirilgan;
bolalarda ichak invaginatsiyasini konservativ davosi uchun gidroexokolonografiya usuli joriy etilib davolash usuli optimallashtirilgan;
bolalarda takomilashtirilgan davo usulini qo‘llash natijasida ichak invaginatsiyasi uchun jarrohlik davolash ko‘rsatmalari maksimal darajada cheklanganligi va dezinvaginatsiya jarrohlik aralashuvlari soni 10% ga kamayganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda ichak invaginatsiyasini tashxislash va davolashni takomilashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ichak invaginatsiyasi bo‘lgan bolalarda kasallik klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlari (qorindagi vaqti-vaqti bilan davom etadigan xurujsimon og‘riqlar (81,8%), qusish (85,6%), pal`patsiyada o‘smaga o‘xshash xosila (75%),"malinali jele" alomati (76,5%)) aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi muvofiqlashtirilgan ekspert kengashining 2023 yil 16 oktyabrdagi 72-soni bilan tasdiqlangan va “Ichak invaginatsiyasi bo‘lgan bemorlarni zamonaviy tekshirish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif SamDTU ixtisoslashtirilgan bolalar xirurgik klinikasi amaliyotiga 06.01.2024 yil 28-son buyrug‘i bilan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali shoshilinch jarrohlik bo‘limi 25.11.2023 yil 27-son buyrug‘i bilan hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxandaryo filiali shoshilinch jarrohlik bo‘limi 15.06.2024 yil 31-son buyrug‘i bilan bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: erishilgan natijalar ichak invaginatsiyasi bilan kasallangan bolalarning hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi, uzoq muddatli statsionar xamda jarroxli yo‘li bilan davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda ichak invaginatsiyasini erta tashxislash bemorni shifoxonada yotish kunlarini qisqarishiga olib keladi, bolalarning salomatligi tiklanishi tezlashadi xamda bemor va tibbiyot hodimlarni ortiqcha rentgen nurlanishdan xalos etadi, konservaniv davo operatsiyalar sonini 10% kamaytirdi. Jami iqtisodiy samaradorlik 96.5% tashkil etib va uning koeffisienti 3,2 barobar oshirildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ichak invaginatsiyasi mavjud bolalarda zamonaviy nurlanish usullarini qo‘llash orqali tashxislash taktikasi takomillashtirilgan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi muvofiqlashtirilgan ekspert kengashining 2023 yil 16 oktyabrdagi 72-soni bilan tasdiqlangan va “Ichak invaginatsiyasi bo‘lgan bemorlarni zamonaviy tekshirish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif SamDTU ixtisoslashtirilgan bolalar xirurgik klinikasi amaliyotiga 06.01.2024 yil 28-son buyrug‘i bilan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali shoshilinch jarrohlik bo‘limi 25.11.2023 yil 27-son buyrug‘i bilan hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxandaryo filiali shoshilinch jarrohlik bo‘limi 15.06.2024 yil 31-son buyrug‘i bilan bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: erishilgan natijalar ichak invaginatsiyasi bilan kasallangan bolalarning hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi, bemorlarni erta tashxislashda UTT usulini ko‘llash uzoq muddatli statsionar xamda jarroxli yo‘li bilan davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda ichak invaginatsiyasini erta tashxislash bemorni shifoxonada yotish kunlarini qisqarishiga olib keladi, bolalarning salomatligi tiklanishi tezlashadi xamda bemor va tibbiyot hodimlarni ortiqcha rentgen nurlanishdan xalos etadi, konservaniv davo operatsiyalar sonini 10% kamaytirdi. Jami iqtisodiy samaradorlik 96.5% tashkil etib va uning koeffisienti 3,2 barobar oshirildi.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda ichak invaginatsiyasini konservativ davosi uchun gidroexokolonografiya usuli joriy etilib davolash usuli optimallashtirilgan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi muvofiqlashtirilgan ekspert kengashining 2023 yil 16 oktyabrdagi 71-soni bilan tasdiqlangan va “Bolalarda ichak invaginatsiyasini jarroxlik yo‘li bilan davolash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif SamDTU ixtisoslashtirilgan bolalar xirurgik klinikasi amaliyotiga 06.01.2024 yil 28-son buyrug‘i bilan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali shoshilinch jarrohlik bo‘limi 25.11.2023 yil 27-son buyrug‘i bilan hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxandaryo filiali shoshilinch jarrohlik bo‘limi 15.06.2024 yil 31-son buyrug‘i bilan bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda ichak invaginatsiyasi uchun ishlab chiqilgan diagnostik -davolash algoritmini qo‘llash orqali diagnostika va davolash jarayonining samaradorligini oshirildi. Bolalarda ichak invaginatsiyani konservativ davolashning tavsiya etilgan usuli UTT nazorati ostida gidroexokolonografiyadan foydalanish tufayli residiv chastotasini kamaytirish va manipulyasiya vaqtini qisqartirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda ichak invaginatsiyasini konservativ usulda davolash shifoxonada yotish kunlarini qisqarishiga olib keldi, ya’ni 4 kundan 2 kungacha, natijada 175 ming so‘m mablag‘ iqtisod qilindi xamda iqtisodiy samaradorlik 96.5% tashkil etib, uning koeffisienti 3,2 barobar oshirildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda takomilashtirilgan davo usulini qo‘llash natijasida ichak invaginatsiyasi uchun jarrohlik davolash ko‘rsatmalari maksimal darajada cheklanganligi va dezinvaginatsiya jarrohlik aralashuvlari soni 10% ga kamayganligi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi muvofiqlashtirilgan ekspert kengashining 2023 yil 16 oktyabrdagi 71-soni bilan tasdiqlangan va “Bolalarda ichak invaginatsiyasini jarroxlik yo‘li bilan davolash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif SamDTU ixtisoslashtirilgan bolalar xirurgik klinikasi amaliyotiga 06.01.2024 yil 28-son buyrug‘i bilan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali shoshilinch jarrohlik bo‘limi 25.11.2023 yil 27-son buyrug‘i bilan hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxandaryo filiali shoshilinch jarrohlik bo‘limi 15.06.2024 yil 31-son buyrug‘i bilan bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini amalga oshirish operatsiyadan keyingi asoratlarni 24,8% dan 2,3% gacha va kasallikning qaytalanishini 15,1% dan 0,8% gacha kamaytirish orqali tibbiy yordam sifati yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda ichak invaginatsiyasini konservativ usulda davolash shifoxonada yotish kunlarini qisqarishiga olib keldi, ya’ni 4 kundan 2 kungacha, natijada 175 ming so‘m mablag‘ iqtisod qilindi xamda iqtisodiy samaradorlik 96.5% tashkil etib, uning koeffisienti 3,2 barobar oshirildi.