Akabirov Mirjalol Ximmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Sulton Jaloliddin Manguberdi qo‘shini va harbiy san’ati, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1209
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Masharipov Qudrat Yuldashevich, tarix fanlari doktori(DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Urganch davlat universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni Koshanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor; Ochildiev Fayzulla Babakulovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Dissertatsiyaning asosiy maqsadi Jaloliddin Manguberdining harbiy mahorati, harbiy taktika va strategiyasi tarixini yozma manbalar, arxiv hujjatlari, chet el tarixchilari asarlari, ilmiy adabiyotlar ma’lumotlari asosida tahlil qilish hamda umumlashtirish, O‘zbekiston Respublikasida professional armiyani shakllantirish jarayonida Jaloliddin Manguberdining harbiy mahoratining ahamiyatini ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
Mo‘g‘ullarga qarshi kurash jarayonida aynan Jaloliddin Manguberdining dushmanga qarshi qo‘llagan harbiy-strategik va diplomatik xatolari uning mo‘g‘ullarni uzil-kesil mag‘lubiyatga uchrata olmaganligining, xorazmshohlar-anushteginlar davlatini saqlab qola bilmaganligining asosiy sabablari bo‘lganligi xususidagi qarashlarning asossiz ekanligi, bunga Yaqin va O‘rta Sharq hududlari davlat rahbarlari, o‘zining atrofidagi hukmron sulolaga (anushteginiylar) mansub amaldorlar ichidagi qarama-qarshiliklarning nihoyatda kuchayishi asosiy sabab bo‘lgani dalillangan;
Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullarga qarshi kurash jarayonida dushmanga qarshi mutlaqo yangi uslubdagi jang qilish taktikasini ishlab chiqqani va o‘z davrining eng ilg‘or jang olib borish usuliga ega bo‘lgani mo‘g‘ul qo‘shinlarini va boshqa dushmanlarini mag‘lub eta olganining eng asosiy sabablaridan bo‘lgani va shu asosda uning jahon harbiy san’ati taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shganligi isbotlangan;
Jaloliddin Manguberdi harbiy san’ati haqidagi ma’lumotlarning  umumlashma tahlili asosida, sobiq sovet davri va xorij tarixshunosligidagi Jaloliddin Manguberdining harbiy san’ati haqidagi ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qilish lozimligi hamda tarix fanida an’anaviy bo‘lib kelgan ayrim ilmiy qarashlarni  qayta ko‘rib chiqish va yangicha baholash zarurati asoslangan;
Jaloliddin Manguberdining oxir-oqibat o‘zining asosiy raqiblaridan engilishiga uning qo‘llagan harbiy taktikasi, harbiy strategiyasi yoki uning qo‘shinining qurollanishi darajasi kabi omillar emas, balki o‘z paytida Jaloliddin Manguberdi qo‘shinining etnik va ijtimoiy tarkibi juda murakkab bo‘lganligi hamda uning yollanma qo‘shin xususiyatiga ega bo‘lganligi kabi omillar mag‘lubiyatning eng asosiy sabablari bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jaloliddin Manguberdi harbiy san’ati tarixi mavzusiga oid ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Mo‘g‘ullarga qarshi kurash jarayonida aynan Jaloliddin Manguberdining dushmanga qarshi qo‘llagan harbiy-strategik va diplomatik xatolari uning mo‘g‘ullarni uzil-kesil mag‘lubiyatga uchrata olmaganligining, xorazmshohlar-anushteginlar davlatini saqlab qola bilmaganligining asosiy sabablari bo‘lganligi xususidagi qarashlarning asossiz ekanligi, bunga Yaqin va O‘rta Sharq hududlari davlat rahbarlari, o‘zining atrofidagi hukmron sulolaga (anushteginiylar) mansub amaldorlar ichidagi qarama-qarshiliklarning nihoyatda kuchayishi asosiy sabab bo‘lgani ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarida, Ma’naviyat va harbiy vatanparvarlik festivallarini o‘tkazish jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2023-yil 24-iyundagi 14/1749-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda Jaloliddin Manguberdining o‘rnini to‘laqonli va haqqoniy tushunish imkonini bergan;
Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullarga qarshi kurash jarayonida dushmanga qarshi mutlaqo yangi uslubdagi jang qilish taktikasini ishlab chiqqani va o‘z davrining eng ilg‘or jang olib borish usuliga ega bo‘lgani mo‘g‘ul qo‘shinlarini va boshqa dushmanlarini mag‘lub eta olganining eng asosiy sabablaridan bo‘lgani va shu asosda uning jahon harbiy san’ati taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shganligi borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi tizimidagi harbiy okruglar askar va zobitlari orasida olib borilgan tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarda va harbiy-o‘quv markazlarida o‘tkazilgan turli tadbirlarda foydalanilgan (Markaziy Harbiy okrug huzuridagi “Ilmiy tadqiqot” ilmiy-amaliy va uslubiy markazning 2023-yil 18-apreldagi 1/238-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu xulosalar tarixshunoslik tadqiqotlarida bugungi kunda Jaloliddin Manguberdi harbiy san’ati borasida shakllangan ba’zi qarashlarning noto‘g‘ri ekanligi zobitlar, askarlar va harbiy tinglovchilar hamda keng ilm ahliga tushuntirilishiga xizmat qilgan;
Jaloliddin Manguberdining oxir-oqibat o‘zining asosiy raqiblaridan engilishiga uning qo‘llagan harbiy taktikasi, harbiy strategiyasi yoki uning qo‘shinining qurollanishi darajasi kabi omillar emas, balki o‘z paytida Jaloliddin Manguberdi qo‘shinining etnik va ijtimoiy tarkibi juda murakkab bo‘lganligi hamda uning yollanma qo‘shin xususiyatiga ega bo‘lganligi kabi omillar mag‘lubiyatning eng asosiy sabablari bo‘lganligi masalasiga oid fikrlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 19-iyundagi 02-31-992-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bu ma’lumotlar harbiylar ichida Jaloliddin Manguberdi yaratgan harbiy san’atining, uning so‘nggi nafasigacha mo‘g‘ullarga  qarshi kurash olib borib, shubhasiz, bosqinchilarning eng matonatli va serg‘ayrat raqibi degan shon-shuhratga sazovor bo‘lishiga asosiy sabab bo‘lganligi to‘g‘risidagi qarashlarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
Jaloliddin Manguberdi harbiy san’ati haqidagi ma’lumotlarning  umumlashma tahlili asosida, sobiq sovet davri va xorij tarixshunosligidagi Jaloliddin Manguberdining harbiy san’ati haqidagi ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qilish lozimligi hamda tarix fanida an’anaviy bo‘lib kelgan ayrim ilmiy qarashlarni  qayta ko‘rib chiqish va yangicha baholash kabi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 19-iyundagi 02-31-992-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Jaloliddin Manguberdining harbiy san’ati tarixi balki, uning hayoti va siyosiy faoliyati tarixini o‘rganish jarayonida, O‘rta Osiyo  xalqlarining ko‘p jihatdan umumiy bo‘lgan tarixiga oid bu ilmiy  muammoni  bugungi  kunda   hal qilish  Markaziy  Osiyo  davlatlari  tarixchi  olimlarining  integratsiyasini talab  etadi.  Shuni  hisobga  olgan  holda, mintaqa  mamlakatlari tarixchi,  arxeolog  va  etnologlarining  hamkorligini  tiklash  va  yangidan yo‘lga  qo‘yish  vazifasi  dolzarb  bo‘lib,  o‘zaro  ilmiy  aloqalar  turli muhim masalalarni  yanada  chuqurroq  tadqiq qilish  imkonini  beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish