Xaydarov Jaxongir Aktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Transport xizmatlari infratuzilmasi samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt1782
Ilmiy rahbar: Ibadullaev Nurali Eshniyazovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Kulmamat Djanzakovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rejapov Xayrillo Xikmatullaevich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: transport xizmatlari infratuzilmasi samaradorligini oshirish bilan bog‘liq ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“transport infratuzilmasi” tushunchasining ta’rifi “transport vositalari harakati”, “kutish”, “muvofiqlashtirish” va “resurslar ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish” elementlari asosida takomillashtirilgan;
baholashning “Engel” va “Gols” usullarini qo‘llagan holda “transport yo‘llarining umumiy uzunligi”, “hududning maydoni”, “aholi soni” kabi transport xizmat ko‘rsatish infratuzilmasining iqtisodiy samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari asosida transport xizmatlarining samaradorligini aniqlash uslubiyati takomillashtirilgan;
“Digital-Trans” raqamli platformasini joriy qilish orqali sohani tartibga solish, nazorat qilish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda “sun’iy intellekt” va “cloud” raqamli komponentlaridan foydalanishga asoslangan transport xizmatlari infratuzilmasini rivojlantirishning takomillashtirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi taklif etilgan;
Respublikamizda transport xizmatlari infratuzilmasini rivojlantirishning “O‘zbekiston-2030” strategiyasida qo‘yilgan maqsadlardan kelib chiqib, sohaning barqaror ta’minot zanjiri taraqqiyotini ta’minlash imkoniyatini yaratuvchi 2026 yilgacha mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transport xizmatlari infratuzilmasi samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
“transport vositalari harakati”, “kutish”, “muvofiqlashtirish” va “resurslar ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish” elementlari asosida takomillashtirilgan “transport infratuzilmasi” tushunchasining ta’rifi “Mintaqaviy iqtisodiyot” nomli darslikka kiritilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 5 fevraldagi 4/17-4/4-1466-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natija talabalarga transport xizmatlari sohasida “transport infratuzilmasi” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini tizimli va kengroq tushunishini ta’minlash orqali o‘qitish sifatini oshirishga erishilgan;
baholashning “Engel” va “Gols” usullarini qo‘llagan holda “transport yo‘llarining umumiy uzunligi”, “hududning maydoni”, “aholi soni” kabi transport xizmat ko‘rsatish infratuzilmasining iqtisodiy samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari asosida transport xizmatlarini samaradorligini aniqlashning takomillashtirilgan uslubiyati bo‘yicha taklifi Samarqand shahar jamoat transporti tarmog‘ini 2023 yilda rivojlantirish Bosh rejasi va uni amalga oshirish bo‘yicha manzilli dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi 2024 yil 15 apreldagi 4/3057-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish viloyat hududlarida transport xizmat ko‘rsatish infratuzilmalarining samaradorligini baholash imkonini bergan va baholash natijalari asosida transport xizmat ko‘rsatish infratuzilmasining iqtisodiy samaradorligini oshirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash chora-tadbirlari ishlab chiqilgan;
“Digital-Trans” raqamli platformasini joriy qilish orqali sohani tartibga solish, nazorat qilish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda “sun’iy intellekt” va “cloud” raqamli komponentlaridan foydalanishga asoslangan transport xizmatlari infratuzilmasini rivojlantirishning takomillashtirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi Samarqand shahar jamoat transporti tarmog‘ini 2023 yilda rivojlantirish Bosh rejasi va uni amalga oshirish bo‘yicha manzilli dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2024 yil 15 apreldagi 4/3057-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish raqamli platformalar orqali mavjud transport xizmatlarini tartibga solish, nazorat qilish hamda moliyaviy qo‘llab - quvvatlash imkonini bergan;
Respublikamizda transport xizmatlari infratuzilmasini rivojlantirishning “O‘zbekiston-2030” strategiyasida qo‘yilgan maqsadlardan kelib chiqib, sohaning barqaror ta’minot zanjiri taraqqiyotini ta’minlash imkoniyatini yaratuvchi 2026 yilgacha mo‘ljallangan prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2024 yil 15 apreldagi 4/3057-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalariga ko‘ra 2024-2026 yillar davomida mamlakatimizda transport xizmatlari hajmining 1,63 marotaba oshishi kutilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish