Zuxritdinov O‘tkirbek Yuldashxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nospesifik dorsalgiyalarning tavsifi va mexnatga layoqatsizlik mezonlari», 14.00.13 – Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1. PhD/Tib2469.
Ilmiy rahbar: Mirdjuraev El`bek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirsh markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Raximbaeva Gulnara Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadikova Gulchexra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon shaxrining uyushgan axolisi orasida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik mezonlarini aniqlash, davolash va ilmiy jihatdan asoslangan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun nospesifik bel og‘rig‘ining tuzilishi va shakllanishidagi xavf omillarini baxolash bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uyushgan axoli orasida dorsalgiyaning epidemiologik jixatdan ayollarda bo‘yin satxida hamda erkaklarda bel satxida yuqoriligi qayd etilib, bel og‘riq lokalizatsiyasi bo‘yicha vaqtinchalik mexnatga layoqatsizlik muddatlari aniqlangan;
ilk bor avtokorxona ishchi xodimlarida dorsalgiyaning klinik sindromlari, nevrologik shkalalar (VASh, DN4, MTS, VNSBBSKSh, HADS) va neyrovizualizatson kriteriylar asosida vaqtinchalik mexnatga layoqatsizlik mezonlari muddatlar bo‘yicha optimallashtirilgan;
ilk bor avtokorxona ishchi xodimlari orasida dorsalgiyaning nevrologik simptomlari bel sathida joylashgan bo‘lib, hamda radikulopatiya va reflektor belgilari ko‘rinishidagi simptomlar polimorfizmi bilan ifoda etilishi aniqlangan;
avtokorxona ishchi xodimlarining ishlab chiqarishda yuzaga keladigan bel og‘rig‘ida dorsalgiyalarning yuzaga kelishi va residivlanishlarini qisqartirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlari relaks terapiya qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Nospesifik dorsalgiyalarning tavsifi va mexnatga layoqatsizlik mezonlarini aniqlash va asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: uyushgan axoli orasida dorsalgiyaning epidemiologik jixatdan ayollarda bo‘yin satxida hamda erkaklarda bel satxida yuqoriligi qayd etilib, bel og‘riq lokalizatsiyasi bo‘yicha vaqtinchalik mexnatga layoqatsizlik muddatlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar TXKMRM Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 28.04.2023 yildagi 7n-r/19-son bilan tasdiqlangan “Lyumbalgiyani davolash va profilaktikasi” va TXKMRM Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 28.04.2023 yildagi 7n-r/20-son bilan tasdiqlangan «Bel og‘rig‘i sindromida shifokorlik mexnat ekspertizasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon shaxar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 2023 yil 15 avgustdagi 397 sonli buyrug‘i xamda Farg‘ona shaxar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 2023 yil 4 sentyabrdagi 481 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5/93-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: uyushgan axoli orasida dorsalgiya kasalligini diagnostika va davolashni yanada samaradorligini oshirish maqsadida tavsiya etilgan qo‘shimcha davo muolajalari orqali birlamchi tizim shifokorlari uchun tashxis qo‘yishda diagnostikani va davolashni soddalashtiradi natijada vaqtinchalik mexnatga layoqatsizlik muddatlarini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: nospesifik bel og‘rig‘i bilan og‘rigan bemorlarni poliklinikalarda ambulator sharoitda davolash mumkinligi aniqlandi. Shifoxonada dori-vositalari va ovqatlanish bilan 1 yotoq/kuniga narxi 215000 so‘mni tashkil etadi. Bu 10 (yo/kun) x 215000 so‘m = 2mln 150000 so‘mga teng. Agar mazkur bemorlar 1 kunlik davolanish narxi 80000 so‘mni tashkil etuvchi poliklinikalarning ambulator sharoitlarida huddi shu davolashni qabul qilsa, bemorning bir kurslik davolash uchun sarf-xarajatlari 10 (kun) ga 800000 so‘mni tashkil qiladi. Natijada xar bir bemor uchun byudjet mablag‘laridan 1mln 350000 so‘m iqtiso qilish imkonini bergan. Uyushgan axoli orasida nospesifik dorsalgiya bilan ambulator sharoitda davolash shifoxonalarda og‘ir bemorlar uchun o‘rin joy bandligini oldini olinadi va xar bir bemor uchun byudjet mablag‘laridan kunlik o‘rin joy narxidan 135000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor avtokorxona ishchi xodimlarida dorsalgiyaning klinik sindromlari, nevrologik shkalalar (VASh, DN4, MTS, VNSBBSKSh, HADS) va neyrovizualizatson kriteriylar asosida vaqtinchalik mexnatga layoqatsizlik mezonlari muddatlar bo‘yicha optimallashtirilganligi bo‘yicha takliflar TXKMRM Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 28.04.2023 yildagi 7n-r/19-son bilan tasdiqlangan “Lyumbalgiyani davolash va profilaktikasi” va TXKMRM Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 28.04.2023 yildagi 7n-r/20-son bilan tasdiqlangan «Bel og‘rig‘i sindromida shifokorlik mexnat ekspertizasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon shaxar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 2023 yil 15 avgustdagi 397 sonli buyrug‘i xamda Farg‘ona shaxar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 2023 yil 04 sentyabrdagi 481 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5/93-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik sindromlar, shkalalarning mezonlariga va neyrovizualizatsiya ma’lumotlariga asoslangan dorsalgiyalarning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikning maqbullashtirilgan mezonlari aniq tashxis qo‘yishga, tegishli davolashni tavsiya etishga, bemorlarning sog‘ayish ehtimoli ko‘proq bo‘lgan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikning maqbul vaqtini aniqlashga yordam beradi; Iqtisodiy samaradorligi: dorsalgiyaning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik mezonlarini maqbullashtirilgan taklifi aniq tashxis qo‘yishga, maqsadli davolashni tavsiya etishga,erta sog‘ayishga va dorsalgiyalar residivlanishining kamayishiga olib keladi, bu iqtisodiy jihatdan samaradorlikni anglatadi. Xar bir bemor uchun MRT va ENMG tekshiruvlari uchun 465000 so‘m mablag‘ talab qilingan bo‘lsa, taklif qilingan tekshiruv diagnostikadan so‘ng 145000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor avtokorxona ishchi xodimlari orasida dorsalgiyaning nevrologik simptomlari bel sathida joylashgan bo‘lib, hamda radikulopatiya va reflektor belgilari ko‘rinishidagi simptomlar polimorfizmi bilan ifoda etilishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar TXKMRM Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 28.04.2023 yildagi 7n-r/19-son bilan tasdiqlangan “Lyumbalgiyani davolash va profilaktikasi” va TXKMRM Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 28.04.2023 yildagi 7n-r/20-son bilan tasdiqlangan «Bel og‘rig‘i sindromida shifokorlik mexnat ekspertizasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon shaxar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 2023 yil 15 avgustdagi 397 sonli buyrug‘i xamda Farg‘ona shaxar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 2023 yil 4 sentyabrdagi 481 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5/93-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: neyrovizualizatsiya xulosalaridan so‘ng avtomobil ishlab chiqarish korxonasi ishchi xodimlari orasida dorsalgiyaning bevosita lokalizatsiyasi va shakli to‘g‘risidagi aniqlangan ma’lumotlar davolovchi shifokorga to‘g‘ri va aniq tashxis qo‘yish, tegishli maqbul davolashni tavsiya etish, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikning maqbul vaqtini bashorat qilish va davolanish muddatlarini qisqartirish imkonini beradi; Iqtisodiy samaradorligi: uyushgan axoli orasida nospesifik dorsalgiyalarda mexnat faoliyatidagi yuklamalar va xavf omillarini inobatga olgan xolda ishchilar uchun ishlab chiqilgan profilaktik chora tadbirlar residivlanishini oldini olishda muxim axamiyatga egaligi aniqlangan. Avtokorxona ishchilarida nospesifik dorsalgiya bilan ambulator sharoitda davolash xar bir bemor uchun korxona pullik mablag‘laridan iqtisod qilish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: avtokorxona ishchi xodimlarining ishlab chiqarishda yuzaga keladigan bel og‘rig‘ida dorsalgiyalarning yuzaga kelishi va residivlanishlarini qisqartirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlari relaks terapiya qo‘llash orqali takomillashtirilganligi bo‘yicha takliflar TXKMRM Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 28.04.2023 yildagi 7n-r/19-son bilan tasdiqlangan “Lyumbalgiyani davolash va profilaktikasi” va TXKMRM Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 28.04.2023 yildagi 7n-r/20-son bilan tasdiqlangan «Bel og‘rig‘i sindromida shifokorlik mexnat ekspertizasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon shaxar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 2023 yil 15 avgustdagi 397 sonli buyrug‘i xamda Farg‘ona shaxar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 2023 yil 4 sentyabrdagi 481 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5/93-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: uyushgan aholi orasida dorsalgiyaning rivojlanish xavf omillarini aniqlash va ular orasida profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazish bel og‘rig‘ining residivlanishining kamayishiga imkon beradi; Iqtisodiy samaradorligi: avtomobil ishlab chiqarish korxonasi ishchi xodimlari orasida profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazilgandan so‘ng, tibbiy qismga ishchi xodimlarning dorsalgiya buyicha murojaatlari soni 4,4 baravarga kamaygan, iqtisodiy samaradorlik xar bir xodim uchun 1mln 610000 so‘m tejash imkonini beradi. Profilaktik chora tadbirlar natijasida avtokorxona uchun jami yillik 938000000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi.