Maxkamova Nazokat Obidjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xitozan asosidagi kompozision materiallar olish, tuzilishi va xossalari», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K733.
Ilmiy rahbar: Xaitbaev Alisher Xamidovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Shomurotov Shavkat Abduganievich, kimyo fanlari doktori, professor; Nishonov Mirkozim Fozilovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xitozan asosidagi kompozision materiallar olish, tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy xomashyo manbaasi Calliptamus italicus L. dan xitin va undan molekulyar og‘irligi (355 kDa) va deatsetillanish darajasi yuqori bo‘lgan xitozan olingan;
induktiv bog‘langan plazmali mass-spektrometriya (ICP-MS) usuli yordamida Calliptamus italicus L. tarkibida 30 ta element miqdori aniqlangan hamda deproteinlanish darajasi (98.07 %) ekanligi organik element analiz usuli yordamida isbotlangan;
xitozanning turli tarkibli biologik faol moddalar bilan modifikatsiyalangan (Xtz/Gls/ZnO/Benzil penisilin, Xtz/Gls/ZnO/ampisilin, Xtz/Gls/ZnO/ sulfanilamid) kompozit materiallari olingan;
xitozan asosidagi turli tarkibli kompozit materiallarning zaharlilik darajasi (LD50), inson organizmida uchraydigan ayrim mikroorganizmlarga qarshi biologik faolliklari aniqlangan;
ilk bor Xtz/Gls/ZnO tarkibli olingan kompozit plyonkasi tuproq ostida: kuchsiz ishqoriy muhitda ±20 kun, neytral muhitda ±50 kun, kuchsiz kislotali muhitda ±70 kun oralig‘ida to‘liq bioparchalanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xomashyo manbaasi Calliptamus italicus L. dan olingan xitozan asosida yangi tarkibli kompozit plyonka materiallarini olish hamda ularni qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Calliptamus italicus L. xitozanidan olinadigan plyonka uchun tashkilot standarti O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Ekspertlar guruhi tomonidan tasdiqlangan (2024 yil 26 yanvardagi 31-8/85-son ma’lumotnoma (S 200845944-113:2024)). Natijada, oziq-ovqat maxsulotlarini saqlash samaradorligini oshiruvchi xitozan plyonka materiallar olish imkonini bergan;
xitozan kompozit plyonka materiali “Farg‘ona yog‘-moy” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Farg‘ona yog‘-moy” AJ ning 2023 yil 22-sentyabrdagi 01/455 - son ma’lumotnomasi). Natijada, atrof-muhit ob’ektlari va texnologik eritmalardan Cu(II) ionini tozalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish