Safarov O‘tkir Istamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): O‘zgarmas tok elektr uzatmali magistral teplovozni TED magnit maydonini susaytirish tizimini takomillashtirish, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.4.PhD/T3376 Ilmiy rahbar: Djanikulov Axat Turdibekovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich, texnika fanlari doktori, professor; Radjibaev Davron Oktambaevich, texnika fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
II. Tadqiqotning maqsadi: TE10M turidagi magistral teplovozlarning tortuv elektr dvigatellari magnit maydonini uyg‘otishni susaytirish orqali samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
magistral teplovozlarning tortuv elektr dvigatellari magnit maydonini susaytirish tizimidagi o‘tish jarayonini o‘zgartirish natijasida foydali ish koeffisientini oshirish usullari ishlab chiqilgan;
TE10M turidagi magistral teplovozlarning TED magnit maydonini susaytirish tizimidagi o‘tish jarayonini takomillashtirish imkoniyatini beruvchi prinsipial sxema ishlab chiqilgan;
o‘zgarmas tok uzatmali teplovozlar tortish kuchini oshirish va yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini beruvchi TED magnit maydonini uyg‘otishni susaytirish hosil qiluvchi samarali diagrammasi ishlab chiqilgan;
magnit maydonini susaytirish zanjiri uchun ishlab chiqilgan tenglamalar tizimi va unda kechayotgan jarayonlar tahlili bo‘yicha magnit maydonini susaytirish kuch zanjirida ishtirok etuvchi parametrlar optimal qiymatlari hisoblab chiqilgan;
TE10M turidagi o‘zgarmas tok uzatmali teplovozlarda yonilg‘ini tejash imkonini beruvchi elektr zanjirni modernizatsiya qilish jarayonini amalga oshirish ketma-ketligini ifodalovchi algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zgarmas tok yuritmali magistral teplovozni tortuv elektr dvigatellarini magnit maydoni tizimini takomillashtirish asosida:
2TE10M turdagi magistral teplovozlarning tortuv elektr dvigatellari magnit maydon tizimini takomillashtirish metodikasi «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» UK da ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2024 yil 12 martdagi №4/1909 ma’lumotnomasi). Natijada, teplovoz tortuv elektr dvigatellari magnit maydoni susaytirish, to‘liq maydon TM-SM1, SM1-SM2 o‘tish jarayonlarida mashinist kontrollerini past pozisiyalarida ko‘proq ishlashi va yonilg‘i sarfini  kamaytirishga erishilgan.
TE10M turdagi magistral teplovozlarning tortuv elektr dvigatellari magnit maydonini uyg‘otishni susaytirish tizimini o‘tish jarayonini takomillashtirish prinsipial sxemasi «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» UK da ishlab chiqarishga joriy etilgan, (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2024 yil 12 martdagi №4/1909 ma’lumotnomasi). Natijada, TE10 magistral teplovozining tortuv uzatmalaridagi kuch zanjirlaridan oqib o‘tuvchi tok qiymatlarini hisoblash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish