Hikmatov Mirkamol Nuralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Travmatik optik neyropatiyani profilaktikasi va davolashni takomillashtirish», 14.00.08 – Oftal`mologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3027.
Ilmiy rahbar: Agzamova Sayyora Saidaminovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Normatova Nargiza Mirshavkatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Yarmak Ol`ga Aleksandrovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent (Belorussiya).
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: magnitli va rangli stimulyasiyadan foydalangan holda bilvosita travmatik optik neyropatiyani profilaktikasi va davolash samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘ruv a’zosining gemodinamik ko‘rsatkichlari: to‘r parda tomirlarida maksimal sistolik qon oqimining va ishemiya koeffisientining pasayishi, qarshilik indeksining ortishi bor bemorlarda, kechiktirilgan muddatlarda bilvosita travmatik optik neyropatiya rivojlanish xavfi mavjudigi isbotlangan;
bilvosita travmatik optik neyropatiya yuzaga kelishini oldini olishda to‘r parda tomirlarida maksimal sistolik qon oqimi va ishemiya koeffisientini gemodinamik ko‘rsatkichlarining me’yorlashuviga erishishda magnitli va rangli stimulyasiyani komleks davolashga kiritilishining yuqori samaradorligi isbotlangan;
bilvosita travmatik optik neyropatiya aniqlangan bemorlarda taklif etilgan magnitli va rangli stimulyasiyani qo‘llanilishida erta muddatlarda ko‘ruv faoliyatini, elektrofiziologik va gemodinamik ko‘rsatkichlarni yaxshilanishi va barqarorlashuvi aniqlangan;
bilvosita travmatik optik neyropatiya yuzaga kelish xavf guruhi va aniqlangan bemorlarni olib borish tartibi, xavf guruhida bilvosita travmatik optik neyropatiyani rivojlanishini oldini olishga, bilvosita travmatik optik neyropatiya aniqlangan bemorlarda esa ko‘ruv faoliyatini yaxshilatishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 2/23-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha:
birinchi ilmiy yangilik: ko‘ruv a’zosining gemodinamik ko‘rsatkichlari: to‘r parda tomirlarida maksimal sistolik qon oqimining va ishemiya koeffisientining pasayishi, qarshilik indeksining ortishi aniqlangan bemorlarda, kechiktirilgan muddatlarda bilvosita travmatik optik neyropatiya rivojlanish xavfi mavjudigi isbotlangan va shu bilan bir qatorda bu ko‘rsatkichlarning chegaralovchi kriteriyalari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ko‘ruv a’zosi yopiq jarohatlari (KAYoJ)dan keyin ultratovushli oftal`modopplerografiya (UTODG) tekshiruvi orqali to‘r parda tomirlarida maksimal sistolik qon oqimining ko‘z arteriyasida (KA) 35,0 sm/s, orqa kalta kipriksimon arteriyada (OKKA) 10 sm/s, to‘r parda markaziy arteriyasida (TPMA) 8,5 sm/s dan va ishemiya ko‘rsatkichining 0,86 dan pasayishi kuzatilgan bemorlarda bilvosita travmatik optik neyropatiya (TON) yuzaga kelishini profilaktika qilish maqsadida o‘z vaqtida davolashni boshlash muhim hisoblanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasiga 14.11.2023 yildagi 118-son buyruq bilan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining “Oftalmologiya” bo‘limida 14.11.2023 yildagi 137-son buyruq bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 8.07.2024 yildagi 2-sonli №2/23 yig‘ilish bayonnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi KAYoJ bo‘lgan bemorlarda TON rivojlanish xavf guruhini erta aniqlashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni erta aniqlash va davolash samaradorligini baholash uchun to‘r parda mikrotsirkulyasiya holatini o‘rganish zarur. Taklif etilgan profilaktika terapiyasining iqtisodiy samaradorligi har bir bemor uchun xarajatlarni 2400000 so‘mgacha kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: KAYoJ bo‘lgan bemorlarda bilvosita TON rivojlanishini oldini olish uchun taklif etilgan davolash usulining samaradorligi asosida "Travmatik optik neyropatiya profilaktikasini takomillashtirish" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 8.07.2024 yildagi 2-sonli №2/23 yig‘ilish bayonnomasi). Ushbu tavsiyanoma jarohatdan keyin erta bosqichlarda bilvosita TON rivojlanishini oldini olishga qaratilgan davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bilvosita travmatik optik neyropatiya yuzaga kelishini oldini olishda to‘r parda tomirlarida maksimal sistolik qon oqimi va ishemiya koeffisientini gemodinamik ko‘rsatkichlarining me’yorlashuviga erishishda magnitli va rangli stimulyasiyani komleks davolashga kiritilishining yuqori samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bilvosita TON rivojlanish xavf guruhida an’anaviy (degidratatsion, bosh miyada qon aylanishini yaxshilovchi) konservativ davo muolajalariga magnitli va rangli stimulyasiyani kiritilishi to‘r parda tomirlari mikrotsirkulyasiyasini: maksimal sistolik qon oqimi va ishemiya koeffisentining ortishiga, qarshilik indeksining pasayishiga, barqarorlashuviga olib keldi. Buning natijasida bemorlarda ko‘ruv faoliyati oshdi, to‘r parda fotoreseptorlarida va ganglion hujayralarida elektrofiziologik faollik ko‘rsatkichlari (to‘lqinlar apmlitudasining ortishi, latent davrining qisqarishi) me’yorlashdi va samarali profilaktika qilish amalga oshirildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliy tizimiga, xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasiga 14.11.2023 yildagi 118-son buyruq bilan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining “Oftalmologiya” bo‘limida 14.11.2023 yildagi 137-son buyruq bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 8.07.2024 yildagi 2-sonli №2/23 yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan davolash usulini to‘r parda tomirlarida gemodinamik o‘zgarish kuzatilgan bemorlarda ko‘llash orqali bilvosita TON rivojlanishini oldini olish mumkin. Natijada ular xayot sifatini belgilovchi ko‘ruv faoliyatining tiklanishiga, elektrofiziologik ko‘rsatkichlarning me’yorlashuviga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi bilvosita TON rivojlanish xavf guruhida a’nanaviy davo usuliga magnitli va rangli stimulyasiyani kiritilishi har bir bemor uchun xarajatlarni 2400000 so‘mgacha kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: KAYoJdan keyin bilvosita TON rivojlanish xavf guruhida bemorlarning to‘r parda gemodinamik o‘zgarishlarining ortishi va me’yorlashuvi asosida "Travmatik optik neyropatiya profilaktikasini takomillashtirish" nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 8.07.2024 yildagi 2-sonli №2/23 yig‘ilish bayonnomasi). Ushbu tavsiyanoma jarohatdan keyin erta davrlarda TON rivojlanishini samarali kamaytirishga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: bilvosita travmatik optik neyropatiya aniqlangan bemorlarda taklif etilgan magnitli va rangli stimulyasiyani qo‘llanilishida erta muddatlarda ko‘ruv faoliyatini, elektrofiziologik va gemodinamik ko‘rsatkichlarni yaxshilanishi va barqarorlashuvi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bilvosita TON aniqlangan bemorlarning to‘r parda bioelektirik faolligining va uning tomirlarida qon oqimining ortishi davolashga magnitli va rangli stimulyasiyani kiritilishi bilan bog‘liq. Bu o‘z navbatida ko‘ruv faoliyatining oshishi bilan namoyon bo‘ldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliy tizimiga, xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasiga 14.11.2023 yildagi 118-son buyruq bilan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining “Oftalmologiya” bo‘limida 14.11.2023 yildagi 137-son buyruq bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 8.07.2024 yildagi 2-sonli №2/23 yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi bilvosita TON aniqlangan bemorlarda taklif etilgan davolash fonida ko‘ruv faoliyati keskin oshishiga va barqarorlashuviga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: to‘r parda mikrotsirkulyasiyasini, bioelektrik faolligini oshiruvchi davolashni amalga oshirish orqali yuqori natijaga erishildi. Taklif etilgan davolash usulini ko‘llash har bir bemor uchun sarflanadigan xarajatlarni 2 400 000 so‘mgacha kamaytirishga va takror davolanish zaruriyatini yo‘qotishga imkon beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: bilvosita TON aniqlangan bemorlarni davolashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida "Travmatik optik neyropatiya avj olishini oldini olish" nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 8.07.2024 yildagi 2-sonli №2/23 yig‘ilish bayonnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma bilvosita TON aniqlangan bemorlar samarali davolash va kech asoratlarni oldini olish samaradorligini oshirishga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bilvosita travmatik optik neyropatiya yuzaga kelish xavf guruhi va aniqlangan bemorlarni olib borish tartibi, xavf guruhida bilvosita travmatik optik neyropatiyani rivojlanishini oldini olishga, bilvosita travmatik optik neyropatiya aniqlangan bemorlarda esa ko‘ruv faoliyatini yaxshilatishga va barqarorlashuviga imkon berdi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘ini oftal`molog shifokorlari uchun bilvosita travmatik optik neyropatiya yuzaga kelish xavf guruhi va aniqlangan bemorlarni olib borish taktikasi ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan. Bu birlamchi tizim shifokorlari uchun bemorlarni qayta davolash va qayta ko‘rik vaqtini belgilash uchun asos bo‘ladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliy tizimiga, xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasiga 14.11.2023 yildagi 118-son buyruq bilan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining “Oftalmologiya” bo‘limida 14.11.2023 yildagi 137-son buyruq bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 8.07.2024 yildagi 2-sonli №2/23 yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: to‘r parda tomirlarida gemodinamik o‘zgarishi bo‘lgan, bilvosita TON aniqlangan bemorlarni olib borish taktikasini ko‘llashda ko‘ruv faoliyati keskin oshdi. Bu esa o‘z navbatida bilvosita TONning yuzaga kelishi va uning kech asorati xisoblangan ko‘ruv nervini atrofiyaga o‘tishini oldini oladi. Bu bemorlarni olib borish taktikasiga kompleks yondashuvning ishlab chiqilganligi, amaliyotga joriy qilinganligi bilan bog‘liq. Unga kiritilgan kompleks davolash usuli an’anaviy terapiyaga qaraganda samaraliroq bo‘lib, tibbiy reabilitatsiya muddatlari qisqaroq va davolash samaradorligi yuqori bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan kompleks davolashdan foydalanish bemorlarda bilvosita TON rivojlanishi va kech asoratlarni kelib chikishini oldini oladi. Bu har yilda ikki marotaba statsionar davolanish uchun sarflanadigan safj xarajatlarni yo‘qqa chiqaradi. Davo muolajasini ambulator sharoitda qabul qilish esa birinchi marotaba sarflanadigan harajatlarni 2 marotaba qisqarishiga olib keldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: bilvosita TON aniqlangan bemorlarni davolash usulini takomillashtirish va kech asoratlarni oldini olishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida "Travmatik optik neyropatiya avj olishini oldini olish" nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 8.07.2024 yildagi 2-sonli №2/23 yig‘ilish bayonnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanomalar bilvosita TON aniqlangan bemorlarda ko‘z asoratlarining oldini olish samaradorligini oshirish imkonini beradi.