Usvaliev Oybek Turg‘unovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Urug‘ mevali bog‘larda uchraydigan kuyalar bioekologiyasi va ular sonini boshqarish usullari”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1282.
Ilmiy rahbar: Saidov Istam Rustamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Shamil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Raxmonova Madina Kimsanboevna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Akademik Maxmud Mirzaev nomli bog‘dorchilik uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Urug‘ mevali bog‘lar agrobiotsenozida kuyalar turlarini o‘rganish, ularning tarqalishi, “xo‘jayin-entomofag” munosabatlarining shakllanishi, zarari va ularga qarshi uyg‘unlashgan kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
urug‘ mevali bog‘larda kuyalarning Toshkent viloyati sharoitida 7-turi shundan 4-turi uchrash darajasiga ko‘ra umumiy populyasiyani 74,4%ni va Namangan viloyati sharoitida esa 6-turi dominant ekanligi hamda 4-turi umumiy populyasiyaning 79,1%ni tashkil etishi, biologik xususiyatlari, turli sharoitlardan kelib chiqqan holda fenologik rivojlanish muddatlari, hududlar bo‘yicha populyasiyalarining tarqalishi, zichligi va zarari aniqlangan;
bog‘larda olma, nok va behi daraxtlarini rivojlanishiga agrobio-senozdagi ta’sir etuvchi omillar, entomofag turlarining sistematik tahlili, biologik hususiyatlari va Ageniaspis fuscicollis Dalm, Liotryphon punctulatus W, Bassus pumila Ratz parazitlarining zararkunandalarga nisbatan ixtisoslashganligi aniqlangan;
zararkunandalarga qarshi kurash tadbirlarini o‘tkazishda ekstensiv yoki intensiv ravishda o‘stirilayotgan olma, nok va behi navlari farq qilmagan ravishda, kuyalar bilan zararlanishi o‘rtacha 20% dan oshganda iqtisodiy zararli miqdor mezoni vujudga kelishi va himoya ishlovini o‘tkazish iqtisodiy o‘zini oqlashi ilmiy jihatdan asosli ekanligi aniqlangan;
tabiatda kuyalarning 4-turkum, 8-oila va 37-turga mansub samarali entomofag turlari aniqlanib, tadqiqotlar olib borilgan tajriba bo‘laklariga qo‘shimcha ravishda oltinko‘z , brakon va trixogramma tarqatish natijasida olingan umumiy o‘rtacha samaradorlik 45,9% ni, tabiatdagi entomofauna zichligi ortib borishi esa entomofag-xo‘jayin muvozanatlarining shakllanishi natijasida zararkunandalarni iqtisodiy zarar miqdor mezonidan oshmagan holda boshqara olishi ilmiy jihatdan asoslangan;
urug‘ mevali bog‘larni zararkunanda organizmlardan himoya qilishning agrotexnik usullari va vositalari Palintest hamda Akvadonis mobil laboratoriyalaridan foydalanilgan holda takomillashtirilgan;
bog‘larni himoya qilishda uyg‘unlashgan tizimda ishlatish uchun insektisidlar tanlab olinib, amaliyotga joriy qilingan;
urug‘ mevali bog‘larda kuya zararkunandalariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimining biologik, xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent va Namangan viloyatlarida urug‘ mevali bog‘larda uchraydigan kuyalar bioekologiyasi va ular sonini boshqarish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
“Urug‘ mevali bog‘larda uchraydigan kuyalar bioekologiyasi va ular sonini boshqarish usullari” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 27 maydagi 05/05-02-354-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bog‘dorchilikka ixtisoslashgan agroklaster va fermer xo‘jaliklarida kuyalarga qarshi kurash olib borishda qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda.
Bog‘ agrobiotsenozida kuyalarga qarshi kurashda Matrin Bio 1,0-1,5 l/ga, Crompton KS 48% em.k. – 0,25 l/ga, Maks 55% s.e.g. – 0,15 kg/ga, Radiant 12% k.s. – 0,5 l/ga va Lyufoks –1,2 l/ga preparatlarini qo‘llash Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida “Nurken Batir” f/x 52 ga, Bo‘stonliq tumanida “Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi” Chotqol bo‘limidagi 5 ga, “O‘ktamboy Nortoy bog‘i” f/x 10,7 ga, “Seydali Manazarov” f/x 10 ga, Yuqori chirchiq tumanida “Jappar Jenisbek agro” f/x 5,5 ga, jami 83,2 ga, Namangan viloyatining Pop tumanida “Pop Sulton Murod” f/x 17 ga, Chust tumanida “G‘ovasoy navnixol” f/x 6 ga, “Yo‘ldoshboy Adolat” f/x 10 ga, “Marxamat” f/x 15 ga, “Achaposhsha” f/x 3 ga, “Chust Valijon Xalima” f/x 13,5 ga, “Marulov Saidakbar” f/x 5 ga jami 69,5 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 27 maydagi 05/05-02-354-sonli ma’lumotnomasi). Natijada olma bog‘larida kuyalarga qarshi kurashda biologik samaradorlik 91,2-95,3% ni tashkil etib, Toshkent viloyatida 5,7-6,2 t/ga, Namangan viloyatida 4,2-5,5 t/ga qo‘shimcha olma hosil olishga erishilgan.
Bog‘ agrobiotsenozida kuyalarga qarshi tabiiy kushandalar oltinko‘z 1:10, brakon 1:10 nisbatlarda va trixogrammani 1-1,5 g/ga ishlatish Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani “Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi” Chotqol bo‘limidagi 5 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 27 maydagi 05/05-02-354-sonli ma’lumotnomasi). Bunda entomofaglar samaradorligi 20-kun 45,9% ni tashkil etib, tabiiy kushandalar bilan birgalikda kuyalar sonini 70-75% boshqarishi sarflangan bir so‘mni oqlanishi 4,2-4,9 martani tashkil etgan.
Bosh ilmiy kotib
A.Shermuxamedov Bosh inspektor
U.Abduraxmanov bosh mutaxassis
Yu.Inoyatova Markaz
boshlig‘i
Z.Tadjixodjaev Veb-sayt administratori
O.Mahmonov