Artikbaeva Nozima Mumindjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kiyim detallari shaklbarqarorligini oshirish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T938.
Ilmiy rahbar: Rasulova Mastura Kabilovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Abdukarimova Mashxura Abduraimovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Temirova Gulnoz Ibodovna, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Moda tendensiyasiga javob beruvchi  kiyim detallari shaklbarqarorligini oshirish texnologiyasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kiyim detallarini to‘g‘ridan to‘g‘ri barqarorlashtirishga PVA kompozisiyasini qo‘llash natijasida namlab-isitib ishlov berishning xarorat, vaqt, bosim texnologik rejimlarini tavsiya qilish asosida erishilgan  va kiyimga ishlov berish texnologik operatsiyalarida detallar shaklbarqarorligini oshirish texnologiyasi qimmatbaho oraliq materiallarini qo‘llanilishini qisqartirish, buyum sermahnatliligini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirish xisobiga takomillashtirilgan;
ayollar kiimi detallarining shaklbarqarorligini oshirish uchun matolarning tolaviy tarkibi, qalinligi va yuza zichligi kabi ko‘rsatgichlariga bog‘liq holda polimer kompozisiya eritmasi konsentratsiya qiymatlari aniqlangan;
fazoviy shaklni hosil qilish va shaklbarqarorlikni ta’minlash uchun kiyim detallari uchastkalarida polimer kompozisiyani qo‘llash topografiyasi taklif etilgan va bu asosida ayollar kiyimi yangi assortimentini yaratish uchun texnologik shartlar ishlab chiqilgan;
kiyim detallari shaklbarqarorligini ta’minlashda polimer kompozisiya konsentratsiyasiga bog‘liqlik qonuniyati ishlab chiqilgan va taxlama hosil qilish orqali detallarning shakl saqlovchanligi Eylerning umumlashtirilgan formulasi orqali nazariy baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Moda industriyasi talablaridan kelib chiqib, ayollar kostyumida zamonaviy gazlamalarga polimer kompozisiya aralashmasini qo‘llagan holda kiyim detallarining shaklbarqaror konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
 taklif qilinayotgan moda tendensiyasiga mos kostyumlar uchun konstruktorlik-loyihalashtirish va texnologik hujjatlari “Farxod Abdulla-1979” MChJ va “Ideal Textil Orzu” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 15 iyuldagi №03/25-1711-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada  ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish evaziga tavsiya etilayotgan tikuv buyumiga texnolik ishlov berishda dublerin o‘rniga PVA kompozisiyasidan foydalanish xisobiga kiyimni tayyorlash texnologik jarayoni 3.0 martaga qisqarishiga erishilgan;
namlab-isitib ishlov berish usullarini takomillashtirish texnologiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeli (“Hajmli kiyim detallariga shakl berish qurilmasi” foydali modeliga № FAP 01017) hamda Rossiya Federatsiyasining ixtiro uchun patenti olingan (“Hajmli kiyim detallariga shakl berish qurilmasi”ga  patent uchun guvohnoma №  2720837 olingan). Natijada korxonaning yillik mehnat unumdorligi 33.3 % ga oshishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish