Kurbanova Xurshida Yaminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratning fuqarolik-huquqiy rejimi”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu473.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nasriev Ilhom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi, PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Xudaybergenov Bexzod Baxtiyorovich, yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarning fuqarolik-huquqiy rejimi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash, ularni kompleks tahlil qilish, xorijiy davlatlarning tajribasini qiyosiy-huquqiy o‘rganish orqali mazkur muammolarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan er uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanishi asoslab berilgan;
kadastr organlariga er uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda ushbu er uchastkalariga bo‘lgan huquqni bekor qilish, o‘zboshimchalik bilan egallangan er maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga murojaat qilish huquqini berish lozimligi asoslab berilgan;
er uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi uchun davlat orderi huquqni belgilovchi hujjat hisoblanishi, er uchastkasi unda joylashgan davlat ko‘chmas mulk obekti bilan bir vaqtda xususiylashtirilgan taqdirda, er uchastkasiga va ko‘chmas mulk obektiga bo‘lgan mulk huquqi uchun yagona davlat orderi rasmiylashtirilishi zarurligi asoslangan;
o‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs bunday qurilmaga nisbatan egalik huquqini ololmasligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan er uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni bilan Fuqarolik kodeksining 212-moddasi birinchi qismiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2022-yil 20-oktyabrdagi 8-697-22-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi o‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilgan;
o‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs bunday qurilmaga nisbatan egalik huquqini ololmasligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentyabrdagi “Yakka tartibda qurilgan uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 14-son qarorining 23-bandiga Oliy sud Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori asosida kiritilgan o‘zgartirishni ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston espublikasi Oliy sudining 2022-yil 20-oktyabrdagi 8-697-22-son dalolatnomasi) Ushbu taklifning joriy qilinishi o‘zboshimchalik bilan imoratlar qurilishini oldini olishga xizmat qilgan;
kadastr organlariga er uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda ushbu er uchastkalariga bo‘lgan huquqni bekor qilish, o‘zboshimchalik bilan egallangan er maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga murojaat qilish huquqini berish lozimligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6243-son Farmonining 10-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 24-dekabrdagi 12/21-103-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalda joriy qilinishi umumilliy boyligimiz bo‘lgan erni muhofaza qilish, er maydonlaridan xo‘jasizlarcha foydalanishni oldini olish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar yuzasidan monitoring yuritishga va o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni o‘z vaqtida bartaraf qilishga xizmat qilgan;
er uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi uchun davlat orderi huquqni belgilovchi hujjat hisoblanishi, er uchastkasi unda joylashgan davlat ko‘chmas mulk obekti bilan bir vaqtda xususiylashtirilgan taqdirda, er uchastkasiga va ko‘chmas mulk obektiga bo‘lgan mulk huquqi uchun yagona davlat orderi rasmiylashtirilishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 15-noyabrdagi “Qishloq ho‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 15-oktyabrdagi 30-son dalolatnomasi). Ushbu taklif o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni rasmiylashtirishning qonuniy asoslari mustahkamlanishiga xizmat qilgan.