Shamansurova Indira Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xomilada qorinchalararo to‘siq nuqsoni tashxisida multiparametrik prenatal exokardiografiyaning imkoniyatlari» 14.00.19- Klinik radiologiya, 14.00.09 – Pediatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib 4096.
Ilmiy rahbarlar: Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fazilov Akram Akmalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bobomuratov Turdikul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi homilada yuz beradigan qorinchalararo to‘siq nuqsonlarni prenatal davrda tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kichik qorinchalararo to‘siq nuqsonlarini aniq vizualizatsion hususiyatga ega STIC va Speckle tracking usullaridan foydalangan holda homiladagi yurakning biometrik kursatkichlarini aniqlashda yordam beradigan usul ekanligi asoslangan;
STIC rejimida hajmli ul`tratovush rekonstruksiyasi yordamida homiladagi qorinchalararo to‘siq maydonining ko‘rsatkichlari 18-haftada 0,47±0,1 sm² dan 33-haftada 2,42±1,13 sm² gacha qorinchalar aro nuqsonlarda yuqori ahamiyat borligi asoslangan;
integral shkala bo‘yicha homilada qorinchalararo to‘siq nuqsoni rivojlanish yuqori xavf darajasi - 13,9-5,8 ball, o‘rta xavf darajasi - 5,7-3,9 ball, va past xavf darajasi ≤ 3,8 ball ekanligi isbotlangan;
6 oygacha bo‘lgan bolalarda cheklovsiz turdagi qorinchalararo to‘siq nuqsoni va IIA darajadagi yurak etishmovchiligi hollarda, nuqsonning hajmi 4 mmdan katta, chap qorinchaning oxirgi sistolik va diastolik o‘lchamlarining o‘zgarishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homilador ayollarda STIC va Speckle tracking usullarini qo‘llash bilan kengaytirilgan ko‘p parametrli antenatal transabdominal fetal exokardiografiya asosli ekanligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor kichik qorinchalararo to‘siq nuqsonlarini aniq vizualizatsion hususiyatga ega STIC va Speckle tracking usullaridan foydalangan holda homiladagi yurakning biometrik kursatkichlarini aniqlashda yordam beradigan usul ekanligi asoslangan va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 7 fevralda №03/175-son bilan tasdiqlangan «Homiladorlik davrida homilaning yuragida qorinchalar orasidagi to‘siq nuqsonini aniqlashda mul`tiparametrik prenatal exokardiografiya texnologiyalari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar perinatal markazi amaliyotiga 10.02.2024 yildagi №73-sonli hamda Chilonzor tumani hududiy tibbiyot birlashmasining (Toshkent shaxar xokimiyati sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi) 20.06.2024 yildagi №120-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi №03/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tekshiruv asosida STIC va Speckle tracking usullaridan foydalangan holda ko‘p parametrli kengaytirilgan exokardiografiyani joriy etish homiladorlikning dastlabki muddatlarida yurakning murakkab nuqsonlarini aniqlash imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, ko‘plab homilador ayollar uchun sifatli diagnostika imkoniyatlarini oshiradi, tibbiy chora-tadbirlarni erta aniqlash imkoniyatlarini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: bir patsientka uchun 1585150 so‘m iqtisod qilinadi, bu erta diagnostika yuqori qiymat samaradorligini tasdiqlaydi. Buning natijasida yillik iqtisodiy samaradorlik koeffisienti 1,67 ni tashkil qiladi, bu erta diagnostikaga sarmoya kiritishning foydaliligini ko‘rsatadi. Xulosa: homilador ayollarni skrining dasturlariga ko‘p parametrli kengaytirilgan antenatal transabdominal exokardiografiyani kiritish nafaqat diagnostika va davolash sifati oshishini ta’minlaydi, balki byudjet mablag‘larini bir homilador ayol uchun 1585150 so‘mgacha tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: STIC rejimida hajmli ul`tratovush rekonstruksiyasi yordamida homiladagi qorinchalararo to‘siq maydonining ko‘rsatkichlari 18-haftada 0,47±0,1 sm² dan 33-haftada 2,42±1,13 sm² gacha qorinchalar aro nuqsonlarda yuqori ahamiyat borligi asoslanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 7 fevralda №03/175-son bilan tasdiqlangan «Homiladorlik davrida homilaning yuragida qorinchalar orasidagi to‘siq nuqsonini aniqlashda mul`tiparametrik prenatal exokardiografiya texnologiyalari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar perinatal markazi amaliyotiga 10.02.2024 yildagi №73-sonli hamda Chilonzor tumani hududiy tibbiyot birlashmasining (Toshkent shaxar xokimiyati sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi) 20.06.2024 yildagi №120-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi №03/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavf omillari va QATN exografik belgilari to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlar tibbiyot xodimlariga homilador ayollarga ularning bo‘lajak bolasining salomatlik holati haqida yaxshiroq ma’lumot berish, shuningdek, zaruriy aralashuvlar va monitoringni samaradorligini isbotlashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: homilador ayollarda TYuN xatar omillarini aniqlash orqali ularning kelajakdagi farzandining sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi ma’lumotli maslahatlar berib, zaruriy aralashuvlarni rejalashtirish orqali iqtisodiy xarajatlarni 2,8 barobarga qisqartirishga olib keladi. Bolaga TYuN bo‘yicha operatsiya qilingani uchun sarflanadigan xarajatlar 28 million so‘mni tashkil etsa, 1 bola uchun tejalgan mablag‘ miqdori 28000000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: homilador ayollarda xavf omillarini aniqlash tug‘ma yurak nuqsonlarini, jumladan QATNni ertaroq aniqlashga yordam beradi, bu o‘z vaqtida aralashuvni va homila rivojlanish prognozini yaxshilash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: integral shkala bo‘yicha homilada qorinchalararo to‘siq nuqsoni rivojlanish yuqori xavf darajasi - 13,9-5,8 ball, o‘rta xavf darajasi - 5,7-3,9 ball, va past xavf darajasi ≤ 3,8 ball ekanligi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 7 fevralda №03/175-son bilan tasdiqlangan «Homiladorlik davrida homilaning yuragida qorinchalar orasidagi to‘siq nuqsonini aniqlashda mul`tiparametrik prenatal exokardiografiya texnologiyalari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar perinatal markazi amaliyotiga 10.02.2024 yildagi №73-sonli hamda Chilonzor tumani hududiy tibbiyot birlashmasining (Toshkent shaxar xokimiyati sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi) 20.06.2024 yildagi №120-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi №03/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: hajmli ul`tratovush rekonstruksiyasi (3D/4D STIC rejimi) yordamida qorinchalararo to‘siq maydonini aniq o‘lchash, to‘siq nuqsonlarini erta va aniq aniqlash imkonini beradi, bu esa tuzatish choralarini o‘z vaqtida boshlashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: har bir bolaga 4180000 so‘m tejamkorlik, bu maqsadli korreksiyaning yuqori qiymat samaradorligini ko‘rsatadi. Xulosa: tug‘ma yurak nuqsonlarining erta va aniq diagnostikasi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda asoratlar xavfini kamaytiradi va bu bolalar o‘limi darajasini pasaytirish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: 6 oygacha bo‘lgan bolalarda cheklovsiz turdagi qorinchalararo to‘siq nuqsoni va IIA darajadagi yurak etishmovchiligi hollarda, nuqsonning hajmi 4 mmdan katta, chap qorinchaning oxirgi sistolik va diastolik o‘lchamlarining o‘zgarishi asoslanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 7 fevralda №03/175-son bilan tasdiqlangan «Homiladorlik davrida homilaning yuragida qorinchalar orasidagi to‘siq nuqsonini aniqlashda mul`tiparametrik prenatal exokardiografiya texnologiyalari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar perinatal markazi amaliyotiga 10.02.2024 yildagi №73-sonli hamda Chilonzor tumani hududiy tibbiyot birlashmasining (Toshkent shaxar xokimiyati sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi) 20.06.2024 yildagi №120-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi №03/08-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: erta diagnostika va sog‘liqni saqlash holatini to‘g‘ri boshqarish tufayli, QATN bo‘lgan bolalar hayotning birinchi kunlaridan boshlab zaruriy davolanishni olishlari mumkin, bu kelajakda jiddiy asoratlarsiz ijobiy rivojlanish ehtimolini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: hayotning ilk kunlarida bolalarda QATN erta diagnostika qilish va davolash murakkab operatsiyalik davolash xarajatlarini kamaytirish hamda asoratlarning oldini olish hisobiga har bir bola uchun 4000000 so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi. Xulosa: belgilangan parametrlarga asoslangan holda QATNni samarali boshqarish va davolash yangi tug‘ilgan bolalarda jiddiy asoratlar rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi, bu esa uzoq muddatli sog‘liqni saqlash xarajatlarini tejash imkonini bergan.