Xudaynazarov Dilshod Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimalarning ezilishi bilan kechadigan qo‘llarning ochiq qo‘shma jarohatlarida shoshilinch rekonstruktiv operatsiyalar», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiët.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1806.
Ilmiy rahbar: Tulyaganov Davron Baxtiyarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy ërdam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Valiev Erkin Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Akmal Akramovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining A.M.Nikiforov nomidagi Butunrossiya shoshilinch va radiatsion tibbiyot markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II.    Tadqiqotning maqsadi: to‘qimalarning ezilishi bilan kechadigan qo‘llarning og‘ir ochiq qo‘shma jarohatlarida bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pay va nerv defektlarida, shu jumladan, to‘qimalarning ezilishi va kontaminatsiyalashida ham shoshilinch autotendoplastika va autoneyroplastikani amalga oshirilishi samaradorligi jarrohlikdan keyingi davrning silliq kechishi kuzatilishi va bir bosqichning o‘zida to‘qimalarni tiklanishi hisobiga bemorlarning sog‘lig‘ini tiklash muddati qisqarishi isbotlangan;
jarohatlangan qo‘lning qon aylanishi kompensatsiyasi bo‘lgan bemorlarda ham birlamchi shoshilinch to‘liq tiklash uchun ko‘rsatmalarni kengaytirish samaradorligi qon oqimini kompensator ta’minlash hisobiga jarroxlik amaliyotidan keyingi asoratlar xavfini kamaytirishi asoslangan;
rekonstruktiv aralashuvlarni amalga oshirish uchun mutloq qarshi ko‘rsatma sifatida qo‘llarning ko‘plab va kombinatsiyalashgan shikastlanishlar kabi mezonlarning prognostik ahamiyati isbotlangan;
qo‘llarning kontaminatsiyalashgan jarohatlari bilan birgalikda ochiq qo‘shma jarohatlari mavjud bo‘lgan bemorlarni davolash uchun taklif etilgan tashxislash va davolash algoritmlarining qo‘llanishi samaradorligi qo‘llarning hayotiyligini saqlab qolish darajasini 80,6% ga, rekonstruktiv jarrohlik aralashuvlarining esa yaxshi natijalarini 97,6% ga oshirishga imkon berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi ekspertlar kengashining 2024 yil 19 yanvardagi №1-sonli xulosasiga asosan:
birinchi ilmiy yangilik: pay va nerv defektlarida, shu jumladan, to‘qimalarning ezilishi va kontaminatsiyalashida ham shoshilinch autotendoplastika va autoneyroplastikani amalga oshirilishi RShTYoIM klinik bo‘limlari amaliyotiga, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filiallari Qashqdaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (02.04.2023 y.; №41-T raqamli) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (02.04.2023 y.; №8-T raqamli) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi RShTYoIM Ekspertlar kengashining 2024-yil 15-iyuldagi №3-sonli bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: bir bosqichli shikastlangan pay va nerv shoshilinch autotendoplastika va autoneyroplastikani amalga oshirilishi bemorlarning shikastlangan qo‘lini saqlab, o‘lim darajasini kamaytirish va chuqur nogironlikni oldini olish orqali hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bir bosqichli shikastlangan pay va nerv shoshilinch rekonstruktiv autotendoplastika va autoneyroplastikani amalga oshirilishi jarrohlikdan keyingi davrning silliq va qisqa kechishi, umumiy gospitalizatsiya davri o‘rtacha 4 kunga qisqartirilishi va ikkinchi bosqichdagi amaliyotdan voz kechilishi hisobiga bir bemor uchun o‘rtacha 11000000 so‘m hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=21) 231700000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: barcha jarohatlangan arteriyalarni, shu jumladan, jarohatlangan qo‘lning qon aylanishi kompensatsiyasi bo‘lgan bemorlarda ham birlamchi shoshilinch to‘liq tiklash uchun ko‘rsatmalarni kengaytirish tavsiyalari RShTYoIM klinik bo‘limlari amaliyotiga, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filiallari Qashqdaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (02.04.2023 y.; №41-T raqamli) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (02.04.2023 y.; №8-T raqamli) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi RShTYoIM Ekspertlar kengashining 2024-yil 15-iyuldagi №3-sonli bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda qo‘llarning barcha shikastlangan arteriyalarni birlamchi tiklanishi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ikkilamchi amputatsiyalarni oldini olish hisobiga xayot sifatini yaxshilash va davlat uchun nogironlik nafaqasi yukini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ikkilamchi amputatsiyalarni oldini olish hisobiga saqlab qolingan qo‘l bemorlarni tez orada ishga qaytishi va nogironlikdan holi bo‘lishi bir bemorning o‘zida 2-guruh nogironlik nafaqasi to‘lanmasligi yiliga 9000000 so‘m, so‘m hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (qo‘li saqlanib olingan bemorlar n=162) 1 458000000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: rekonstruktiv aralashuvlarni amalga oshirish uchun mutloq qarshi ko‘rsatma sifatida qo‘llarning ko‘plab va kombinatsiyalashgan shikastlanishlar mezonlarga asosan birlamchi amputatsiya tavsiyalari RShTYoIM klinik bo‘limlari amaliyotiga, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filiallari Qashqdaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (02.04.2023 y.; №41-T raqamli) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (02.04.2023 y.; №8-T raqamli) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi RShTYoIM Ekspertlar kengashining 2024-yil 15-iyuldagi №3-sonli bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda birlamchi shikast hajmi noto‘g‘ri baholanish hisobiga muvofaqqiyatsiz o‘tkazilgan ezilgan qo‘llarning rekonstruktiv amaliyotlardan so‘ng yiringli asoratlar va qator qayta amaliyotlar o‘tkazilishini oldini oluvchi birlamchi amputsiyalar bajarilishi bemorlarga tez orada ijtimoiy va psixologik adaptatsiya, cho‘ltog‘ini tez bitishi va protezlanishi hisobiga xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘lni saqlab bo‘lmaydigan holatlarda bir bosqichli erta amputatsiya jarrohlikdan keyingi davrning silliq va qisqa kechishi, umumiy gospitalizatsiya davri o‘rtacha 4 kunga qisqartirilishi va qayta amaliyotlardan voz kechilishi hisobiga bir bemor uchun o‘rtacha 2700000 so‘m hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (birlamchi amputatsiya o‘tkazilgan bemorlar soni n=35) 94500000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: taklif etilgan tashxislash va davolash algoritmlar RShTYoIM klinik bo‘limlari amaliyotiga, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filiallari Qashqdaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (02.04.2023 y.; №41-T raqamli) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (02.04.2023 y.; №8-T raqamli) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi RShTYoIM Ekspertlar kengashining 2024-yil 15-iyuldagi №3-sonli bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: bir bosqichli shikastlangan pay va nerv shoshilinch rekonstruktiv autotendoplastika va autoneyroplastikani yoki, baholarga asosan birlamchi amputatsiya amalga oshirilishi bemorlarda amaliyotlardan so‘ng yiringli asoratlar va qator qayta amaliyotlar o‘tkazilishini oldini olishi, tez orada ijtimoiy va psixologik moslashish va amputatsiya hollarda cho‘ltog‘ini tez bitishi va protezlanishi hisobiga xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bir bosqichli shikastlangan pay va nerv shoshilinch rekonstruktiv autotendoplastika va autoneyroplastikani amalga oshirilishi jarrohlikdan keyingi davrning silliq va qisqa kechishi, umumiy gospitalizatsiya davri o‘rtacha 4 kunga qisqartirilishi va ikkinchi bosqichdagi amaliyotdan voz kechilishi hisobiga bir bemor uchun o‘rtacha 11000000 so‘m hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=21) 231700000 so‘mni, ijtimoiy (nogironlik) to‘lovlarni oldini olish esa qo‘shimcha 504000000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «To‘qimalarning ezilishi bilan kechadigan qo‘llarning ochiq qo‘shma jarohatlarida shoshilinch rekonstruktiv operatsiyalar» mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2024 yil 15 iyuldagi 03/33-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish