Shirinov Mustafo Mo‘minovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperemental o‘pka fibrozida oshqozon morfometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifi», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2379.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor; Kalashnikova Svetlana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi)
Yetakchi tashkilot: X.A. Yassaviy nomidagi xalkaro kozok-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘pka fibrozi shakllangan organizmlarda oshqozon qavatlarida bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlash va oshqozondagi morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
postnatal davrdagi 3 oylik oq zotsiz kalamushlar oshqozonining kardial, pilorik, tana va fundal qismlaridagi oshqozon qavatlarining morfometrik ko‘rsatkichlari kalamushlar yoshi o‘tgan sari kattalashib borishi va eng katta o‘sish ko‘rsatkichi 9 oylik kalamushlarda kuzatilganligi aniqlangan;
eksperimental o‘pka fibrozi chaqirilgan oq zotsiz kalamushlar oshqozoni qavatlar kesimida gistopatologik belgilar va mikro-morfometrik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi kuzatilib, shilliq qavat yuza qismidagi bikarbonatli-qatlam yupqalashganligi, shilliq osti qavatdagi kollagen miqdorining oshganligi, shish hisobiga muskul qavat qalinligining ortganligi aniqlangan;
ilk bor anor danagini qo‘llash natijasida fibroz sababli yuzaga kelgan morfologik o‘zgarishlar oshqozon shilliq qavat yuza qismini qoplaydigan bikarbonatli qatlam eksperimental o‘pka fibrozi chakirilgan oq zotsiz kalamushlarnikiga nisbatan qalinlashganligi, shilliq osti qavatdagi kollagen miqdori sog‘lom kalamushlarnikidan farq qilmasligi aniqlangan.
ilk bor anor danagini ekstraktini qo‘llagandan keyin eksperimental o‘pka fibrozi chakirilgan oq zotsiz kalamushlar oshqozonida rivojlangan morfometrik ko‘rsatkichlar nazorat guruhidagi sog‘lom kalamushlar oshqozonining mikro-morfometrik o‘lchamlariga yaqinlashganligi bo‘yicha ijobiy natijalar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Eksperemental o‘pka fibrozida oshqozon morfometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: postnatal davrdagi 3 oylik oq zotsiz kalamushlar oshqozonining kardial, pilorik, tana va fundal qismlaridagi oshqozon qavatlarining morfometrik ko‘rsatkichlari kalamushlar yoshi o‘tgan sari kattalashib borishi va eng katta o‘sish ko‘rsatkichi 9 oylik kalamushlarda kuzatilganligi aniqlanganligi takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashida 14.09.2023 yil 23-m/100-son bilan tasdiqlangan «Eksperimental upka fibrozida paydo bulgan patologik uzgarishlarni davolashda anor danagi yogini kullash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 09.10.2023 y., №46-son buyruq, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi 25.07.2024 y., №1369-2-42-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr`dagi 06/94-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadkikot natijalari o‘pka fibrozida yuzaga keladigan o‘zgarishlar va oshqozonning qavatlaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlari natijasidagi patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashdi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘pka fibrozida yuzaga keladigan o‘zgarishlar va oshqozonning qavatlaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlari natijasidagi patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 134700 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 34000 so‘mga iqtisod qilinadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: eksperimental o‘pka fibrozi chaqirilgan oq zotsiz kalamushlar oshqozoni qavatlar kesimida gistopatologik belgilar va mikro-morfometrik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi kuzatilib, shilliq qavat yuza qismidagi bikarbonatli-qatlam yupqalashganligi, shilliq osti qavatdagi kollagen miqdorining oshganligi, shish hisobiga muskul qavat qalinligining ortganligi aniqlanganligi takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashida 14.09.2023 yil 23-m/100-son bilan tasdiqlangan «Eksperimental upka fibrozida paydo bulgan patologik uzgarishlarni davolashda anor danagi yogini kullash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 09.10.2023 y., №46-son buyruq, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi 25.07.2024 y., №1369-2-42-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr`dagi 06/94-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: eksperimental tadqiqot natijalari oq zotsiz kalamushlarda yoshga qarab fibroz bilan o‘zgarishining oshqozonning morfometrik parametrlariga ta’siri aniqlandi. O‘pka fibrozi paytida oshqozonning muskul qavatlaridagi parametrlarining o‘zgarishi isbotlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlanganligini hisobga olinishi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: eksperimental tadqiqot natijalari oq zotsiz kalamushlarda yoshga qarab fibroz bilan ta’sirlanishning oshqozonning morfometrik parametrlariga ta’siri aniqlandi. O‘pka fibrozi paytida oshqozonning muskul qavati parametrlarining o‘zgarishi isbotlanganligini hisobga olinishi inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 134700 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 34000 so‘mga iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor anor danagini qo‘llash natijasida fibroz sababli yuzaga kelgan morfologik o‘zgarishlar oshqozon shilliq qavat yuza qismini qoplaydigan bikarbonatli qatlam eksperimental o‘pka fibrozi chakirilgan oq zotsiz kalamushlarnikiga nisbatan qalinlashganligi, shilliq osti qavatdagi kollagen miqdori sog‘lom kalamushlarnikidan farq qilmasligi aniqlanganligi takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashida 14.09.2023 yil 23-m/100-son bilan tasdiqlangan «Eksperimental upka fibrozida paydo bulgan patologik uzgarishlarni davolashda anor danagi yogini kullash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 09.10.2023 y., №46-son buyruq, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi 25.07.2024 y., №1369-2-42-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr`dagi 06/94-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: oshqozonning muskul qavat va epiteliy hujayralarining yadro-sitoplazmatik nisbatlarining o‘zgarishi oddiy va eksperimental sharoitlarda o‘rganilganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning oldini olish chora tadbirlarini belgilashga imkon berishi isbotlangan, bu o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirish hisobiga ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: oshqozonning muskul qavat va epiteliy hujayralarining yadro-sitoplazmatik nisbatlarining o‘zgarishi oddiy va eksperimental sharoitlarda o‘rganilganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning oldini olish chora tadbirlarini belgilashga imkon berishi isbotlanganligi, bemorning shifoxonada qolishini inobatga olish davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 134700 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 34000 so‘mga iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor anor danagini ekstraktini qo‘llagandan keyin eksperimental o‘pka fibrozi chakirilgan oq zotsiz kalamushlar oshqozonida rivojlangan morfometrik ko‘rsatkichlar nazorat guruhidagi sog‘lom kalamushlar oshqozonining mikro-morfometrik o‘lchamlariga yaqinlashganligi bo‘yicha ijobiy natijalar olinganligi isbotlangan bulib takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashida 14.09.2023 yil 23-m/100-son bilan tasdiqlangan «Eksperimental upka fibrozida paydo bulgan patologik uzgarishlarni davolashda anor danagi yogini kullash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 09.10.2023 y., №46-son buyruq, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi 25.07.2024 y., №1369-2-42-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr`dagi 06/94-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: anor danagi moyi siropining davolovchi ta’siri aniqlandi, bu uni fibrozlanishda qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qilgan bo‘lib, ular o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: anor danagi moyi siropining davolovchi ta’siri aniqlandi, bu uni fibrozlanishda qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qilgan, hamda rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3,0 kunga qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 134700 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 34000 so‘mga iqtisod qilinadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Eksperemental o‘pka fibrozida oshqozon morfometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengash raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2024 yil 4 sentyabrdagi 04/7321-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish