Abbosxonova Nilufarxon Abbosxon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Globallashuv davrida yoshlar migratsiyasi jarayonlari va uning ijtimoiy-siyosiy jihatlari 23.00.02 – siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2. PhD/Sc 135
Ilmiy rahbar: Kuranbaev Kahramon Kuchqarovich Siyosiy fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Begmatov Abdulla Sirojiddinovich Falsafa fanlari doktori, professor, Muyiddinov Dilshod Najmiddinovich Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv davrida yoshlar migratsiyasi jarayonlari va uning ijtimoiy-siyosiy jihatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: yoshlar migratsiyasining dinamikasi va yo‘nalishi xalqaro migratsiyaning umumiy tendensiyalari va turli mamlakatlardagi yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlariga bevosita bogʻliqligiga ko‘ra mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy o‘zgarishlarga yoshlarning o‘zaro moslashish modellarining mavjudligi, bilim va texnologiyalarning global transferida ishtirok etish imkoniyatlarining yaratilganligi hamda yoshlarda faol fuqarolik pozisiyasining qadriyatiy tizimini strategik shakllanganlik darajasiga bogʻliqligi ochib berilgan;
davlatlararo muntazam, barqaror ijtimoiy aloqa va strategik hamkorlikni saqlab turish transmilliy faoliyat belgisi bo‘lib, ushbu jarayonlarda migratsiya omili intensiv, institutsional, ishtirokchilik, konsensus va ijtimoiy-siyosiy institutlarning faol munosabat mezonlari sifatida inson omiliga samarali xizmat qilishi asoslab berilgan;
yoshlarni munosib ish o‘rinlari bilan band qilish hamda mehnat bozorida raqobatli kadrga aylantirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida davlat siyosatida mehnat resurslarini qayta taqsimlash, jahon iqtisodiyotiga mos ravishda oqilona kapital to‘plash va investisiya siyosatini ishlab chiqish, tadbirkorlik va moliyaviy faoliyatning transchegaraviy shakllarini rivojlantirish yoshlarga oid davlat siyosatining barqaror mexanizmlari ekanligi ilmiy dalillangan;
yoshlar migratsiyasining ijtimoiylashuv mexanizmlariga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi omillari sifatida amoralizm, vesternizatsiya, nigilizm, starizm, egoizm, gedonizm, milliy o‘zlikdan voz kechish kabi illatlarning kirib kelishi – yoshlar o‘rtasidagi aloqaning gibrid madaniy shakllarining paydo bo‘lishiga hamda jamiyatda yoshlar ijtimoiy tabaqalanishning faol tizimlashuviga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Globallashuv davrida yoshlar migratsiyasi jarayonlarining  ijtimoiy-siyosiy jihatlarini tadqiq etish orqali ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar asosida:
yoshlar migratsiyasining dinamikasi va yo‘nalishi xalqaro migratsiyaning umumiy tendensiyalari va turli mamlakatlardagi yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlariga bevosita bogʻliqligiga ko‘ra mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy o‘zgarishlarga yoshlarning o‘zaro moslashish modellarining mavjudligi, bilim va texnologiyalarning global transferida ishtirok etish imkoniyatlarining yaratilganligi hamda yoshlarda faol fuqarolik pozisiyasining qadriyatiy tizimini joriy etilishi bilan bog‘liq innovatsion ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etishga oid ilmiy asoslangan takliflardan O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsatsiyasining 2020 yilga mo‘ljallangan ish rejasidagi yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “Xorijga hayot” mavzusida treninglarni tashkil etishga doir bandlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsatsiyasining 2021-yil 17-fevraldagi №-03-03/325/a sonli dalolatnomasi). Natijada migratsiya jarayonlarida yoshlarning ishtirokiga doir chora-tadbirlar rejasining 14-17 bandlari ishlab chiqilgan;
davlatlararo muntazam, barqaror ijtimoiy aloqa va strategik hamkorlikni saqlab turish transmilliy faoliyat belgisi bo‘lib, ushbu jarayonlarda migratsiya omili intensiv, institutsional, ishtirokchilik, konsensus va ijtimoiy-siyosiy institutlarning faol munosabat mezonlari sifatida inson omiliga samarali xizmat qilishi asoslab berilgan nazariy xulosalardan “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni Qonun loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022- yil 24- fevraldagi №-02/5-238-sonli dalolatnomasi). Natijada  tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, uyushgan holda ishga joylashtiriladigan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolarni reintegratsiya qilish tartibini tizimlashtirishga doir “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni Qonun loyihasinining 22 va 24 bandlariga normalar kiritildi;
yoshlar migratsiyasining ijtimoiylashuv mexanizmlariga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi omillari sifatida amoralizm, vesternizatsiya, nigilizm, starizm, egoizm, gedonizm, milliy o‘zlikdan voz kechish kabi illatlarning kirib kelishi – yoshlar o‘rtasidagi aloqaning gibrid madaniy shakllarining paydo bo‘lishiga hamda jamiyatda yoshlar ijtimoiy tabaqalanishning faol tizimlashuviga olib kelishiga doir tadqiqotlardan “O‘zbekiston 24” teleradiokanali “Studiya 24” dasturining tashqi migratsiya jarayonlarini legallashtirish va tizimlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yoshlar migratsiyasi jarayonlarini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 30-martdagi №-02-09-175 sonli dalolatnomasi). Natijada xorijda yurgan yoshlarning turli oqim va guruhlarga qo‘shiliishini oldini olish, odam savdosi va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan yoshlarni reabilitatsiya qilish, ularni sog‘lom hayotga qaytarish, migrantlarni qabul qiluvchi davlatlarning qonun va qonun osti ho‘jjatlari, ijtimoiy yashash sharoiti bilan tanishtirish maqsadida onlayn  qo‘llanmalar, ko‘rsatuv va ijtimoiy roliklar tayyorlash, yoshlarga oid davlat siyosatini targ‘ib etishga doir chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan;
yoshlarni munosib ish o‘rinlari bilan band qilish hamda mehnat bozorida raqobatli kadrga aylantirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida davlat siyosatida mehnat resurslarini qayta taqsimlash, jahon iqtisodiyotiga mos ravishda oqilona kapital to‘plash va investisiya siyosatini ishlab chiqish, tadbirkorlik va moliyaviy faoliyatning transchegaraviy shakllarini rivojlantirish yoshlarga oid davlat siyosatining barqaror mexanizmlari ochib berilgan takliflardan “Yoshlar migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, yosh migrantlarning jamiyatimizga integratsiya va reintegratsiyasini muvofiqlashtirish” bo‘yicha amalga oshrilayotgan loyihalarda  foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 6-yanvardagi №4-01-23-18-sonli dalolatnomasi). Natijada agentlikning xorijda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik yoshlar (ayni vaqtda migratsiya jarayonlarida bo‘lganlar)bilan tizimli ishlash bo‘yicha 22 banddan iborat loyihalar rejasi tayyorlandi hamda yoshlar migratsiyasi  bilan bog‘liq amalga oshirilgan amaliy ishlarni ilmiy nuqtai nazardan  tahlil etish metadalogiyasi ishlab chiqildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish