Sodiqova Dilfuza Ropijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini rivojlantirshning pedagogik asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped4399.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mattiev Ilxom Begmatdulobovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Kuvondiq Ayitbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini rivojlantirishning pedagogik asoslariga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini rivojlantirish jarayoni produktiv va reproduktiv tafakkurni shakllantirishning ijodiy, amaliy, ko‘rgazmali va mantiqiy turlarining o‘zaro adaptivligini oshirish hamda ilmiy bilishning eng muhim kerakli bilimlarni egallash, tezkor echim topish va yangi bilimlarni kashf etish kabi xususiyatlar korrelyativligini kuchaytirish  orqali aniqlashtirilgan;
talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini rivojlantirishning bosqichlari va sifatlari ilmiy va badiiy ijodning integrativligini zamonaviy talablarga moslashtirish hamda allomalar pedagogik qarashlarining retrospektiv tahlilini ilmiy manbalarning mazmunini ochib beruvchi motivatsion, funksional, psixologik munosabatlarni o‘zaro interpretatsialash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini rivojlantirishning shakl, metod va vositalari tafakkur turlari o‘rtasidagi munosabatlarni germenevtik o‘rganish, motivatsiyani rag‘batlantiruvchi innovatsion metodlarning internallik darajasini oshirish, shaxs individual xususiyatlarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlash va shaxs faoliyati komponentlarini scaffolding rivojlantirish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini rivojlantirish modeli ta’lim oluvchining intellektual imkoniyatlarini hisobga oluvchi reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchi va kreativlik darajalarini aniqlovchi ijodkorlik xarakteridagi nostandart muammoli topshiriqlar yaratish hamda raqamli texnologiyalarning imkoniyatlarini o‘zaro integratsiyalash va rubrik baholash vositalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini rivojlantirishning pedagogik asoslariga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini rivojlantirish jarayoni produktiv va reproduktiv tafakkurni shakllantirishning ijodiy, amaliy, ko‘rgazmali va mantiqiy turlarining o‘zaro adaptivligini oshirish hamda ilmiy bilishning eng muhim kerakli bilimlarni egallash, tezkor echim topish va yangi bilimlarni kashf etish kabi xususiyatlarga korrelyativligini kuchaytirish  orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Pedagogik kompetentlik” nomli darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrugʻi, 218-567 raqamli guvohnoma). Natijada ta’lim oluvchilarning axborotlarning shiddatli oqimida o‘z o‘rnini topish, intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘quv jarayonida kerakli bilimlarni egallash va ularni amaliy faoliyatda qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga hamda talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini rivojlantirishda ta’lim jarayoni ishtirokchilarining samarali o‘zaro ta’siri ahamiyatini oshirishga erishilgan;
talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini rivojlantirishning bosqichlari va sifatlari ilmiy va badiiy ijodning integrativligini zamonaviy talablarga moslashtirish hamda allomalar pedagogik qarashlarining retrospektiv tahlilini ilmiy manbalarning mazmunini ochib beruvchi motivatsion, funksional, psixologik munosabatlarni o‘zaro interpretatsialash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 15-fevraldagi 02-07-471/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarda o‘z faoliyatlaridan zavqlanish hissi, ularda yaratish, ijod qilish hamda kashfiyot qilishga bo‘lgan intilishlarini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini rivojlantirishning shakl, metod, vositalari va modeli tafakkur turlari o‘rtasidagi munosabatlarni germenevtik o‘rganish, motivatsiyani rag‘batlantiruvchi innovatsion metodlarning internallik darajasini oshirish, shaxs individual xususiyatlarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlash va shaxs faoliyati komponentlarini scaffolding rivojlantirish orqali takomillashtirish, talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini rivojlantirish modeli ta’lim oluvchining intellektual imkoniyatlarini hisobga oluvchi reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchi va kreativlik darajalarini aniqlovchi ijodkorlik xarakteridagi nostandart muammoli topshiriqlar yaratish hamda raqamli texnologiyalarning imkoniyatlarini o‘zaro integratsiyalash va rubrik baholash vositalarini qo‘llash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan YoA-1-22-raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihasini  bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 15-fevraldagi 02-07-471/04-son dalolatnomasi). Natijada “Umumiy pedagogika”, “Psixologiya” va “Bolalar pedagogikasi” fanlaridan seminar va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish