Komilova Mohitabon Ramish qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilidagi xitoycha o‘zlashmalarning leksik-semantik va pragmatik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2386.
Ilmiy rahbar: Shukurov Rahmatillo Mirzatillaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Xurinisa Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor; Nasirova Saodat Abdullaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tiliga xitoy tilidan kirib kelgan o‘zlashmalarni aniqlash, ushbu qatlam so‘zlarini leksik-semantik, lingvokulturologik va kognitiv jihatdan ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tiliga o‘zlashgan xitoycha leksemalar, ularning o‘zlashish tarixi jarayonlari hamda mazkur o‘zlashmalarning asliyatga mutanosibligi manbalar asosida dalillangan;
xitoy tilidan o‘zlashgan so‘zlar, asosan, ismlar, qisman fe’llar ekanligiga diqqat qaratilib, ismlarning oziq-ovqat nomlari, narsa-buyum nomlari, o‘simlik nomlari, hodisa nomi, hayvon nomi kabi beshta leksik-semantik guruhga bo‘linishi, fe’llarning esa yasovchi qo‘shimchalarni bevosita qabul qilishi hodisalari isbotlangan;
xitoycha o‘zlashmalar semantik jihatdan bir ma’noli va ko‘p ma’noli leksemalar tarzida o‘rganilgan, ular orasida ba’zi leksemalarning har ikki tilda ham ko‘p ma’noli so‘zlar ekanligi asoslangan;
xitoycha o‘zlashmalarning lingvomadaniy tadqiqi asosida choy, lag‘mon, manti, chimildiq kabi o‘zlashmalar va ular asosida yasalgan leksik birliklarning o‘zbek madaniyati uchun lingvokulturemalar ekanligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi xitoycha o‘zlashmalarning leksik-semantik va pragmatik tadqiqiga bag‘ishlangan ushbu dissertatsiyada erishilgan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
o‘zbek tiliga o‘zlashgan xitoycha leksemalar, ularning o‘zlashish tarixi jarayonlari hamda mazkur o‘zlashmalarning asliyatga mutanosibligi tahlili bo‘yicha ilmiy qarashlaridan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutida “Xitoy tili” fanidan davom ettiruvchi guruhlarda o‘quv jarayonida foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutining 2024-yil 9-fevraldagi 16/24-son ma’lumotnomasi). Natijada ikki tilni solishtirib qiyosiy o‘rganishda, o‘quv jarayonida foydalanish uchun multimedia mahsulotlarini yaratishda qo‘llanilgan;
xitoy tilidan o‘zlashgan so‘zlar, asosan, ismlar, qisman fe’llar ekanligiga diqqat qaratilib, ismlarning oziq-ovqat nomlari, narsa-buyum nomlari, o‘simlik nomlari, hodisa nomi, hayvon nomi kabi beshta leksik-semantik guruhga bo‘linishi, fe’llarning esa yasovchi qo‘shimchalarni bevosita qabul qilishi hodisalari xususidagi xulosarar Farg‘ona davlat universitetida 2019-2021-yillarda bajarilgan “EMI (English as a Medium of Instruction)” nomli xalqaro loyihasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 23-apreldagi 04/2239-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasidagi darslarning ilmiyligi va tushunarliligi oshgan;
xitoycha o‘zlashmalarning lingvomadaniy tadqiqi asosida ayrim o‘zlashmalar va ular asosida yasalgan leksik birliklarning o‘zbek madaniyati uchun lingvokulturemalar ekanligi haqidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasida efirga uzatilgan “Biz bilgan va bilmagan olam”, “Zamondosh”, “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvlarining senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 12-fevraldagi 02-12/28-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv materiallari mazmunini mukammallashtgan, ilmiy dallillar bilan boyitilgan.