Karamatova Zarina Fatilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): « Elegiya va marsiya janrining tipologik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek she’riyati misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2561.
Ilmiy rahbar: Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Qarshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qurbonova Nodira Roziqovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek she’riyatidagi elegiya hamda marsiyaning tipologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elegiyaning jahon adabiyotidagi janr tabiati, uning motam va g‘am-qayg‘u, ruhiy tushkunlik, umidsizlik, ishonchsizlik kabi ichki hissiyotlarni badiiy aks ettirilishida muallif estetik strategiyasi, tafakkuri, voqelik diskursi, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari, adabiy ta’sir kabi poetik xususiyatlari aniqlangan;
elegiya janrining Rim shoirlari ijodida meditativ (ko‘ngil) va sevgi lirikasi namunasi sifatida, fransuz adabiyotida qayg‘uli ruhda, rus elegiyalari esa o‘tmish sog‘inchi, g‘am-g‘ussa, qayg‘u, umidsizlik, xotira va o‘kinch tuyg‘ulari, ingliz adabiyotida lirik qahramonning mahzun, qalblarni larzaga soladigan tuyg‘ularni aks etgan namunalarda namoyon bo‘lganligi asoslangan;
ingliz va o‘zbek adabiyotida elegiya va marsiya janr tabiatiga xos takomil belgilari, poetik ko‘rinishlari tasniflanib, individuallik hamda umumiylik, yaqinlik va mushtaraklik qirralari, g‘oyaviy-estetik hamda kompozision qurilishidagi badiiy vazifalari dalillangan;
marsiyalarda umumijroviylik xususiyatining o‘lim voqeligi bilan bog‘liqligi, ezgin hissiyotlarni qo‘shiq sifatida aza marosimlarida ijro etilishi, elegiya esa individuallik xususiyatiga ega, muallifi aniq, o‘limdan tashqari har qanday fojeiylikni ifodalashi, ichki kechinma tasviriga keng o‘rin berilishi, yozma adabiyot hodisasi sifatida Garbu Sharq falsafasi va madaniyati mutanosibligida ifodalanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada jahon va o‘zbek she’riyatida elegiya hamda marsiya janrining tipologik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
jahon adabiyotida elegiyaning janr tabiati, uning motam va g‘am-qayg‘u, ruhiy tushkunlik, umidsizlik, ishonchsizlik kabi ichki hissiyotlarni badiiy aks ettirilishida muallif estetik strategiyasi, tafakkuri, voqelik diskursi, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari, adabiy ta’sir kabi poetik xususiyatlariga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 24-iyundagi  17.01/72-son ma’lumotnomasi). Natijada elegiya va  marsiyaning kelib chiqishi, janr tabiati, ularning jahon va o‘zbek adabiyotida takomil topganligi aniqlangan;
elegiya dastlab Rim shoirlari ijodida meditativ (ko‘ngil) va sevgi lirikasi namunasi sifatida, fransuz adabiyotida qayg‘uli ruhda, rus elegiyalari esa o‘tmish sog‘inchi, g‘am-g‘ussa, qayg‘u, umidsizlik, xotira va o‘kinch tuyg‘ulari, ingliz adabiyotida lirik qahramonning mahzun, qalblarni larzaga soladigan tuyg‘ularni aks etgan namunalarda namoyon bo‘lganligiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy talim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 20-maydagi 1283/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada jahon va o‘zbek adabiyotida ko‘p asrlarda buyon yashab kelayotgan elegiya hamda marsiyaning taraqqiyot xususiyatlari, ularning yondosh hodisalarga munosabatini nazariy asoslashga erishilgan;
jahon va o‘zbek adabiyotida elegiya va marsiya janr tabiatiga xos takomil belgilari, poetik ko‘rinishlari tasniflanib, individuallik hamda umumiylik, yaqinlik va mushtaraklik qirralari, g‘oyaviy-estetik hamda kompozision qurilishidagi badiiy vazifalari bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Sakkizinchi mo‘jiza”, “Ijod zavqi”, “Najot bilimda” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 12-maydagi 02-09-124-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar va teletomoshabinlarning dunyo she’riyati namunalari, xususan, elegiya va marsiya janrlaridagi asarlar bilan yaqindan tanishishlariga imkon yaratgan, adabiy ko‘rsatuvlar ilmiyligi va ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish