Mirzamurodov Habibjon Halim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi    himoyasi haqida

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar va o‘smirlarda deformatsiyalar va kaltaliklarni bartaraf etish maqsadida Ilizarov usuli bo‘yicha pastki muchalar polisegmentar osteosintezi» 14.00.22-Travmatologiya va ortopediya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3616.
Ilmiy raxbar: Xodjanov Iskandar Yunusovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi,  DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Shevsov Vladimir Ivanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimov Murodilla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
 Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
 II. Tadqiqotning maqsadi: Ilizarov usuli bo‘yicha polisegmentar osteosintezdan foydalanishga asoslangan pastki muchalar polisegmentar shikastlanishi bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda davolash natijalarini yaxshilash, xatolar va asoratlarni kamaytirishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mushak to‘qimalarining holatiga va kasallik etiologiyasiga qarab antropometriya, ultratovush va elektromiografiya ma’lumotlari asosida aniqlangan cho‘zilgan mucha segmentining distraksion potensialini baxolash mezonlari distraksion regenerat uzunligini rejalashtirish imkonini berishi isbotlangan;  
son suyagi distal qismi qarama-qarshi kortikotomiyasi usuli osteoregenerativ potensial uchun javobgar bo‘lgan suyak iligi kanalining tuzilmalarini, shuningdek, jarroxlik amaliyoti o‘tkazilgan segmentning barcha atrof yumshoq to‘qimalari regenerativ qobilyatini saqlab qolishga imkon berishi isbotlangan;
noinvaziv diagnostika usullaridan foydalanish va tavsiya etilgan maloinvaziv jarroxlik usulidan foydalanish samaradorligi shish-og‘riq sindromining sezilarli darajada kamayishi, buning natijasida bemorni erta vertikallashtirish, osteoregenerativ jarayonning silliq kechishi oqibatida shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish orqali isbotlangan;
polisegmentar buzilishlari bo‘lgan bemorlarda Ilizarov usuli bo‘yicha distraksion osteosintez texnikasidan foydalanishning tavsiya etilgan taktikasi statsionar davolanish bosqichlari va vaqtlarini, shuningdek ularning keyingi ambulator parvarishini aniqlashtirish imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 04/03-son 22.07.2024 yildagi xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: mushak to‘qimalarining holatiga va kasallik etiologiyasiga qarab antropometriya, ultratovush va elektromiografiya ma’lumotlari asosida aniqlangan cho‘zilgan mucha segmentining distraksion potensialini baxolash mezonlari distraksion regenerat uzunligini rejalashtirish imkonini berishi isbotlangan, bu esa o‘z navbatida bemor parvarishining keyingi taktikasini belgilaydi. Usul Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (13.02.2024; №23) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarkand filialida amaliyotga joriy qilingan (14.02.2024; № 72). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: ultratovush va EMG tekshiruvlarini o‘tkazish davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash va davolanishdan keyingi asoratlarni oldini olishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: yuqoridagi tadqiqotlarni amalga oshirib, biz nafaqat bemorda jarrohlik segmentining distraksion potensialini baholadik, balki og‘riq qoldiruvchi vositalardan foydalanishni kamaytirish va operatsiyadan keyingi erta davrda yotoqda rejimini kamaytirish hisobiga 514 ming so‘mni tejadik. Xulosa: operatsiya qilingan segmentning yumshoq to‘qimalarini tekshirish orqali ularning cho‘zilishi o‘rganildi, bu esa, o‘z navbatida, operatsiyadan keyingi manipulyasiyalarni to‘g‘ri amalga oshirishga, og‘riq qoldiruvchi vositalarni kamroq iste’mol qilishga, kasalxonada davolanish kunlarini qisqartirishga va 1 bemorga 514000 so‘mni tejash imkoniyati berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: son suyagi distal qismi qarama-qarshi kortikotomiyasi usuli osteoregenerativ potensial uchun javobgar bo‘lgan suyak iligi kanalining tuzilmalarini, shuningdek, jarroxlik amaliyoti o‘tkazilgan segmentning barcha atrof yumshoq to‘qimalari regenerativ qobilyatini saqlab qolishga imkon berishi isbotlangan. Usul Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (13.02.2024; №23) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarkand filialida amaliyotga joriy qilingan (14.02.2024; № 72). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: tavsiya etilgan maloinvaziv qarama-qarshi kortikotomiya usulidan foydalanish operatsiya davomiyligini qisqartirish, jarrohlik jarohatini kamaytirish, atrof yumshoq to‘qimalar shikastlanishini kamaytiradi va bemorning operatsiyadan keyin tezda tiklanishiga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: qarama-qarshi kortikotomiya usuli operatsiya vaqtini qisqartirish, yumshoq to‘qimalarning kamroq shikastlangani tufayli shish va og‘riqni kamaytirish hamda anesteziyaga extiyojni kamaytirish hisobiga 452 ming so‘m mablag‘ tejaldi. Xulosa: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, jarrohlik aralashuvlarda sonning distal maloinvaziv  qarama-qarshi kortikotomiya usulini qo‘llash operatsiya vaqtini qisqartiradi, suyak iligi yaxlitligini buzmaydi, atrof yumshoq to‘qimalarga zarar etkazilishining oldini oladi, asoratlarni oldini oladi va terapevtik chora-tadbirlarni optimallashtiradi
uchinchi ilmiy yangilik: noinvaziv diagnostika usullaridan foydalanish va tavsiya etilgan maloinvaziv jarroxlik usulidan foydalanish samaradorligi shish-og‘riq sindromining sezilarli darajada kamayishi, buning natijasida bemorni erta vertikallashtirish, osteoregenerativ jarayonning silliq kechishi oqibatida shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish orqali isbotlangan. Usul Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (13.02.2024; №23) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarkand filialida amaliyotga joriy qilingan (14.02.2024; № 72). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: operatsiyadan oldin puxta tekshirish, operatsiyadan oldin rejalashtirish va davolash algoritmini ishlab chiqish natija sifatini yaxshiladi, bemorlarning operatsiyadan keyingi holatini engillashtirdi va zararlangan pastki mucha segmentlarining biomexanik ko‘rsatkichlarini tiklashni ta’minladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: turli etiologiyali bemorlarni davolash taktikasini tanlash, yumshoq to‘qimalar holatiga e’tibor berish, statsionar davolanish muddatini 2-3 kunga qisqartirish hisobiga 681 ming so‘m tejashga erishildi. Xulosa: ushbu usullardan foydalangan holda bemorlar muddatidan oldin faollashtirildi, osteoregenerativ jarayonning borishi bir tekis kechdi, buning natijasida statsionar davolanish muddati 2-3 kunga qisqardi va 681 ming so‘m mablag‘ tejaldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: polisegmentar buzilishlari bo‘lgan bemorlarda Ilizarov usuli bo‘yicha distraksion osteosintez texnikasidan foydalanishning tavsiya etilgan taktikasi statsionar davolanish bosqichlari va vaqtlarini, shuningdek ularning keyingi ambulator parvarishini aniqlashtirish imkonini berishi isbotlangan. Usul Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (13.02.2024; №23) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarkand filialida amaliyotga joriy qilingan (14.02.2024; № 72). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: Ilizarov usuli bo‘yicha distraksion osteosintez metodini qo‘llash algoritmi davolash bosqichlarini to‘g‘ri rejalashtirish va davolanishdan keyingi ambulator davrni boshqarish orqali bemorlarga ortiqcha jarrohlik aralashuvlardan qochishga va operatsiya qilingan pastki muchalarning bo‘g‘imlari funksiyasini saqlab qolishga yordam berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: polisegmentar osteosintez algoritmi nafaqat bemorlarning operatsiyalari sonini qisqartiradi, balki davolanishdan so‘ng kuzatilgan bo‘g‘imlar kontrakturalar foizini qisqartirib, qo‘shimcha muolajalar sonini kamaytirish hisobiga 453 ming so‘m mablag‘ni tejaydi. Xulosa: Ilizarov bo‘yicha pastki muchalar polisegmentar osteosintezi segmentning alohida va butun mucha segmentlarining deformatsiyasini bir bosqichda bartaraf etishga imkon berdi, segmentlararo bo‘ylama nisbatlar va bo‘g‘im funksiyalarini tikladi, natijada bemorning hassa va qo‘shimcha yordamga muhtojligini kamaytirish hisobiga 453000 so‘m tejaldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish