Babadjanov Elmurod Satimbaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elektron hukumat muhitida xizmatlarni tanlashning algoritmik va dasturiy ta’minoti», 05.01.04–Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T443.

Ilmiy rahbar: Nishanov Axram Xasanovich, texnika fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.

Rasmiy opponentlar: Muhammadieva Dilnoza Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor; Mo‘minov Baxodir Baltabaevich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: elektron hukumat muhitida xizmatlarni tanlash va intellektuallashtirilgan xizmatlar ko‘rsatishning algoritmik va dasturiy ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

elektron hukumat muhiti xizmatlar bazasidan sinflashtirilgan parametrlar kesimida iste’molchilar (G2C, G2E) ehtiyojiga mos xizmatlarni tanlash usuli ishlab chiqilgan;

elektron hukumat muhitida davlat organlari xodimlariga elektron xizmat ko‘rsatish (G2E) jarayonida vaqtga bog‘liq xizmatlarning vaznini oshirish asosida tanlash usuli ishlab chiqilgan;

intellektual xizmatlar ko‘rsatishda o‘zbek tilidagi so‘rovnomalarni formallashtirish, qatlamlashtirish, ma’lumotlarni kombinatsiyali qidirish, ob’ektlararo yashirin bog‘liqliklarni aniqlash va matnni SQL tiliga translyasiya qilish algoritmlari ishlab chiqilgan;

elektron hukumat muhitida elektron xizmatlarni tanlash, intellektuallashgan xizmatlarni ko‘rsatish usul va algoritmlariga asoslangan axborot tizimining arxitekturasi, ma’lumotlar bazasi infologik modeli, modullararo funksional bog‘liqlik tuzilmasi va ma’lumotlar integratsiyasi modullari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Elektron hukumat muhitida xizmatlarni tanlash va intellektuallashtirilgan xizmatlarni ko‘rsatish masalasi uchun ishlab chiqilgan algoritmlar va usullar bo‘yicha olingan natijalar asosida:

elektron hukumat doirasidagi xizmatlarni yagona nuqtadan ko‘rsatish va OTM faoliyatini avtomatlashtirishga qaratilgan axborot tizimlari bo‘yicha «IGOV–elektron xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha maslahat-muhokama tizimi», «Inter-VUZ tizimida oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etishning dasturiy ta’minoti», «Oliy o‘quv yurti axborot-resurs markazining ma’lumotlar bazasi» ma’lumotlar bazalariga «UNICON.UZ» DUK tomonidan foydalanish mumkinligi to‘g‘risida xulosa berilgan («UNICON.UZ» DUKning 2018 yil 27 sentyabrdagi xulosasi). Natijada elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi orishi va bu fuqarolarga xizmatlardan qulay foydalanish imkonini bergan;

o‘zbek tilidagi so‘rov matnining tuzilish qoidalari, qatlamlashtirish, ma’lumotlarni kombinatsiyali qidirish, ob’ektlararo yashirin bog‘liqlikni aniqlash va so‘rovnoma matnlarini SQLga translyasiya qilish algoritmlari «Perfect Programming Services» MChJga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 26 apreldagi 33-8/2992-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida axborot tizimlarni ishlab chiqishda elektron xizmatlar va ehtiyojlar bazalarini shakllantirish, xizmatlarni yagona nuqtadan ko‘rsatish, tizimni boshqarish va loyihalash samaradorligini 1,2 martaga hamda tizimda faoliyat olib boruvchi xodimlarning so‘rovnomalarni formallashtirish ish unumdorligini 20-40%ga oshirish imkonini bergan;

elektron xizmatlarni sinflashtirish, muhimligini aniqlash va tanlash usullari, so‘rovnomalarni formallashtirish algoritmlari “Elektron hukumat rivojlantirish markazi”da joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 26 apreldagi 33-8/2992-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida yaratilgan usul va algoritmlarni qo‘llash orqali mutaxassislarga ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarni ishlab chiqish jarayonida samarali qaror qabul qilish imkonini bergan;

xodimlarga (G2E) elektron xizmatlarni muhimligi bo‘yicha tanlash usuli, ma’lumotlar bazasi ob’ektlariaro yashirin bog‘liqliklarni aniqlash va tabiiy tildagi matnni SQL tiliga translyasiya qilish algoritmi “Elektron hukumat markazi” boshqaruv tizimiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 26 apreldagi 33-8/2992-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida, markaz hodimlari uchun tinglovchilarni ularning parametrlari asosida maqbul guruhlarga ajratish, turli kesimlarda avtomatlashgan yig‘ma hisobotlarni shakllantirish unumdorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish