Latipov Ashur Ali Rustam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zini o‘zi band qilish orqali kambag‘allikni qisqartirish imkoniyatlari», 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.           
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2136
Ilmiy rahbar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Toshnazarov Samiddin Nizomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nasimov Dilmurod Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zini o‘zi band qilish orqali kambag‘allikni qisqartirish imkoniyatlaridan foydalangan holda ular samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “o‘zini o‘zi band qilish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni shaxsning mustaqil ravishda mehnat faoliyatini tashkil etishi, o‘z biznesini yoki kasbiy xizmatlarini boshqarib, daromad topishi holatida erkin mehnat yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish orqali daromad manbalarini kengaytirish va iqtisodiy mustaqillikni oshirish imkonini beruvchi kambag‘allikni qisqartirish jihatidan takomillashtirilgan;
mahallalarda ishsiz aholini vaqtinchalik ish bilan ta’minlash imkonini beruvchi doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatadigan ko‘p funksiyali “Ko‘mak jamg‘armasi”ni tashkil qilish asosida xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘zini o‘zi bandlar ulushini oshirish taklifi asoslangan;
hududlardagi “Ishga marhamat” monomarkazlarida professional kadrlarni tayyorlashda aholining kam ta’minlangan toifasi uchun o‘zini o‘zi band qilish shaklida daromad olishga ixtisoslashgan xizmat ko‘rsatish sohasidagi faoliyat turlarini rag‘batlantiruvchi kvota belgilashni qo‘llash taklifi asoslangan;
Samarqand viloyatida aholining bandlik darajasi o‘zgarishiga o‘zini o‘zi band qilish yo‘li bilan bog‘liq omillar ta’sirini aniqlashda ekonometrikaning multiplikativ modelini qo‘llagan holda 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zini o‘zi band qilish orqali kambag‘allikni qisqartirish imkoniyatlaridan foydalangan holda ular samaradorligini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “o‘zini o‘zi band qilish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini shaxsning mustaqil ravishda mehnat faoliyatini tashkil etishi, o‘z biznesini yoki kasbiy xizmatlarini boshqarib, daromad topishi holatida erkin mehnat yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish orqali daromad manbalarini kengaytirish va iqtisodiy mustaqillikni oshirish imkonini beruvchi kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tavsiyalar. (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 21 iyundagi 05/53-6-13013-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida daromad manbalarini kengaytirish va iqtisodiy mustaqillikni oshirish imkonini beruvchi kambag‘allikni qisqartirish jihatidan takomillashtirilgan “o‘zini o‘zi band qilish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
mahallalarda ishsiz aholini vaqtinchalik ish bilan ta’minlash imkonini beruvchi doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatadigan ko‘p funksiyali “Ko‘mak jamg‘armasi”ni tashkil qilish asosida xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘zini o‘zi bandlar ulushini oshirish taklifi Samarqand viloyati kambag‘allikni qisqartirish  va bandlik bosh boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 21 iyundagi 05/53-6-13013-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Samarqand viloyatidagi 2 ta shahar va 12 ta tumanda joylashgan mahallalarning aksariyat qismida “Ko‘mak jamg‘armasi” tashkil qilinib, undan maqsadga muvofiq foydalanish mexanizmi ishlab chiqilgan;
hududlardagi “Ishga marhamat” monomarkazlarida professional kadrlarni tayyorlashda aholining kam ta’minlangan toifasi uchun o‘zini o‘zi band qilish shaklida daromad olishga ixtisoslashgan xizmat ko‘rsatish sohasidagi faoliyat turlarini rag‘batlantiruvchi kvota belgilashni qo‘llash taklifi Samarqand viloyati kambag‘allikni qisqartirish  va bandlik bosh boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 21 iyundagi 05/53-6-13013-sonli, Samarqand viloyati kambag‘allikni qisqartirish  va bandlik bosh boshqarmasining 2023 yil 1 dekabrdagi 20/00 – 03/19 – 3033-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatdagi 1126 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi holat axborot-kommunikatsiyalarda jamlanib, har bir hududning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ushbu holat yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
Samarqand viloyatida aholining bandlik darajasi o‘zgarishiga o‘zini o‘zi band qilish yo‘li bilan bog‘liq omillar ta’sirini aniqlashda ekonometrikaning multiplikativ modelini qo‘llagan holda 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Samarqand viloyati kambag‘allikni qisqartirish  va bandlik bosh boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 21 iyundagi 05/53-6-13013-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aholining shu hududda yashayotgan bola tarbiyasi bilan band ayollarni, bularning shu hududdagi barcha ayollardagi hissasi, shu hududda yashayotgan ayollarning barcha erkaklarga nisbati, ushbu hududda yashovchi barcha erkaklarning mehnatga qobiliyatli aholiga nisbatining ta’siri aniqlanib, bandlikni oshirish bo‘yicha ichki va tashqi imkoniyatlardan foydalangan holda boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish