Turaev Alijon Akmal o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soliq to‘lovchilar faoliyatini soliq mexanizmi vositasida tartibga solishni takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2590.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Boburshoh Boxodir o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gadoev Erkin Fayzievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor;
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soliq to‘lovchilar faoliyatini soliq mexanizmi vositasida tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq xavfi darajasi tahlilida harajatlar va daromadlar miqdori, soliq majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishi, sof foydaning tovarlar va xizmatlar realizatsiya qilishda olingan (daromad aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘isiz) hisoblangan miqdori hamda harajatlarga nisbati kabi rentabellik ko‘rsatkichlarini xavf mezonlari tarkibiga kiritish orqali soliq xavfini aniqlash imkoniyatini oshirish taklifi asoslangan;
soliq maslahati xizmatlari tarkibiga soliqqa oid tavakkalchiliklarni tahlil qilish hamda baholash, mijozga soliq imtiyozlarini qo‘llashga doir tavsiyalar berish xizmatlarini kiritish orqali soliq xizmatlari ko‘rsatish hajmini oshirish taklifi asoslangan;
soliq auditi va kameral soliq tekshiruvlari natijalarida byudjetga qo‘shimcha hisoblangan soliqlarni olti oy muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish orqali soliq to‘lovchilar majburiyatlari ijrosini moliyaviy faoliyatga salbiy ta’sirini kamaytirish asoslangan;
soliq nazorati tadbirlari davomida soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti bilan soliq organidagi yangilangan ma’lumotlar o‘rtasida tafovut, xatolar aniqlangan holatlarda soliq to‘lovchilarga soliq organlariga aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar bo‘yicha izoh taqdim etish majburiyatini yuklash orqali soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro hamkorligi va ishonchini oshirish hamda soliq huquqbuzarliklar darajasini kamaytirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Soliq to‘lovchilar faoliyatini soliq mexanizmi vositasida tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
soliq xavfi darajasi tahlilida harajatlar va daromadlar miqdori, soliq majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishi, sof foydaning tovarlar va xizmatlar realizatsiya qilishda olingan (daromad aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘isiz) hisoblangan miqdori hamda harajatlarga nisbati kabi rentabellik ko‘rsatkichlarini xavf mezonlari tarkibiga kiritish orqali soliq xavfini aniqlash imkoniyatini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va ularni soliq xavfi darajasi bo‘yicha toifalash tartibi to‘g‘risida Nizom”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 18 yanvardagi 06-05478-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq xavfini aniqlash imkonini o‘rtacha 2 foizga ortishiga erishilgan;
soliq maslahati xizmatlari tarkibiga soliqqa oid tavakkalchiliklarni tahlil qilish hamda baholash, mijozga soliq imtiyozlarini qo‘llashga doir tavsiyalar berish xizmatlarini kiritish orqali soliq xizmatlari ko‘rsatish hajmini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 4 avgustda qabul qilingan “Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-787-son qonunning 9-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 18 yanvardagi 06-05478-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi soliq xizmatlari ko‘rsatish hajmini 7 foizga o‘sishiga xizmat qilgan;
soliq auditi va kameral soliq tekshiruvlari natijalarida byudjetga qo‘shimcha hisoblangan soliqlarni olti oy muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish orqali soliq to‘lovchilar majburiyatlari ijrosini moliyaviy faoliyatga salbiy ta’sirini kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 28 dekabrdagi O‘RQ-891-sonli Qonuni bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 18 yanvardagi 06-05478-son dalolatnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida o‘rtacha 1 foiz soliq to‘lovchilar soliq qarzlarini bo‘lib to‘lash evaziga aylanma mablag‘laridan samarali foydalanish imkoniga ega bo‘lgan;
soliq nazorati tadbirlari davomida soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti bilan soliq organidagi yangilangan ma’lumotlar o‘rtasida tafovut, xatolar aniqlangan holatlarda soliq to‘lovchilarga soliq organlariga aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar bo‘yicha izoh taqdim etish majburiyatini yuklash orqali soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro hamkorligi va ishonchini oshirish hamda soliq huquqbuzarliklar darajasini kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 18 oktyabrdagi 548-son qarori bilan tasdiqlangan “Soliq to‘lovchining tanloviga ko‘ra soliq organlari tomonidan soliq hisobotini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 14-bandida inobatga olingan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 18 yanvardagi 06-05478-son dalolatnomasi). Taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq organlari va soliq to‘lovchilar o‘zaro hamkorligi darajasi, taraflarga bo‘lgan ishonchlilikni oshirish hamda soliq huquqbuzarliklari sonini kamaytirish imkoni yaratilgan;