O‘rinov Alisher Musirmon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar sirrozi bo‘lgan bemorlar uchun probiotiklarga boy bo‘lgan ovqat qo‘shimchalari kiritilgan parhez samaradorligini aniqlash», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2711.
Ilmiy rahbar: Otajonov Ilxom Otaboevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Manzuraxon Djalolidinovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlar uchun probiotik va an’anaviy taomlar kiritilgan parhez samaradorligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tetraxlormetan yordamida ikki xil model kombinatsiyasida jigar sirrozi chaqirilgan tajriba hayvonlarida yangi probiotikni qo‘llash bilan an’anaviy davolash usulining afzalligi isbotlangan;
jigar sirrozi chaqirilgan tajriba hayvonlarning qonida ALT, AST, umumiy bilirubin va ishqoriy fosfataza darajasini pasaytirishda qo‘llanilgan probiotikning samaradorligi asoslangan;
jigar sirrozi bilan xastalangan bemorlarning biokimyoviy qon markerlari asosida yangi probiotik va milliy taomlardan tuzilgan parhezning samaradorligi isbotlangan;
jigar sirrozi chaqirilgan tajriba hayvonlarda gepatoprotektorni probiotik bilan birgalikda qo‘llanilganda zaharli moddalarning jigar hujayralariga ta’siri kamayishi, jigar to‘qimalarida distrofik va nekrobiotik o‘zgarishlar tinishi, yadro giperxromaziyasi va gepatotsitlar regeneratsiyasining kuchayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigar sirrozi bo‘lgan bemorlar uchun probiotiklarga boy bo‘lgan ovqat qo‘shimchalari kiritilgan parhez samaradorligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tetraxlormetan yordamida ikki xil model kombinatsiyasida jigar sirrozi chaqirilgan tajriba hayvonlarida yangi probiotikni qo‘llash bilan an’anaviy davolash usulining afzalligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 22 dekarbda 12-23/233-t-son bilan tasdiqlangan «Jigar shikastlanishida gepatoprotektor va probiotiklarni birgalikda qo‘llash samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bo‘yicha 15.03.2024 yildagi 123-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi o‘simlik moddalar kimyosi instituti bo‘yicha 26.06.2024 yildagi 18-87-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/94-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tetraxlormetan yordamida ikki xil modeli kombinatsiyasida jigar sirrozi chaqirilgan tajriba hayvonlarida yangi probiotik yordamida an’anaviy usul bilan davolash qondagi umumiy oqsilning past darajasi organizmda kuzatilayotgan yallig‘lanish jarayonining sekinlashtirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 1104000 so‘m byudjet mablag‘lari jigar sirrozi chaqirilgan tajriba hayvonlarda gepatoprotektorni probiotik bilan birgalikda qo‘llanilganda jigar to‘qimasidagi ijobiy o‘zgarishlar tufayli bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 8 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: jigar sirrozi chaqirilgan tajriba hayvonlarning qonida ALT, AST, umumiy bilirubin va ishqoriy fosfataza darajasini pasaytirishda qo‘llanilgan probiotikning samaradorligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 22 dekarbda 12-23/233-t-son bilan tasdiqlangan «Jigar shikastlanishida gepatoprotektor va probiotiklarni birgalikda qo‘llash samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bo‘yicha 15.03.2024 yildagi 123-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi o‘simlik moddalar kimyosi instituti bo‘yicha 26.06.2024 yildagi 18-87-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/94-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jigar sirrozi chaqirilgan laboratoriya hayvonlari ratsioniga probiotik kiritilishi xavfsiz bo‘lib, hayvonlarda jigar kasalliklari markerlarini (ALT, AST, umumiy biluribin, ishqoriy fosfataza va al`bumin) sezilarli darajada yaxshilash bilan birgalikda, o‘lim ko‘rsatkichini oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 1104000 so‘m byudjet mablag‘lari jigar sirrozi chaqirilgan tajriba hayvonlarda gepatoprotektorni probiotik bilan birgalikda qo‘llanilganda jigar to‘qimasidagi ijobiy o‘zgarishlar tufayli bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 8 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: jigar sirrozi bilan xastlangan bemorlarning biokimyoviy qon markerlari asosida yangi probiotik va milliy taomlardan tuzilgan parhezning samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 22 dekarbda 12-23/233-t-son bilan tasdiqlangan «Jigar shikastlanishida gepatoprotektor va probiotiklarni birgalikda qo‘llash samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bo‘yicha 15.03.2024 yildagi 123-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi o‘simlik moddalar kimyosi instituti bo‘yicha 26.06.2024 yildagi 18-87-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/94-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yangi probiotik va mahalliy mahsulotlardan tuzilgan haftalik parhez jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda uzoq vaqt davomida qo‘llash qondagi biokimyoviy markerlar umumiy bilirubin 2,5 barobar rastligi, al`bumin me’yordan 2,3 marta oshganligi, siydikchil 2 barobar kamayganligi, glyukoza darajasi esa 1,3 barobar oshganligi, shu bilan birgalikda bemorlarda hayot sifati ko‘rsatkichlari yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 1104000 so‘m byudjet mablag‘lari jigar sirrozi chaqirilgan tajriba hayvonlarda gepatoprotektorni probiotik bilan birgalikda qo‘llanilganda jigar to‘qimasidagi ijobiy o‘zgarishlar tufayli bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 8 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jigar sirrozi chaqirilgan tajriba hayvonlarda gepatoprotektorni probiotik bilan birgalikda qo‘llanilganda zaharli moddalarning jigar hujayralariga ta’siri kamayishi, jigar to‘qimalarida distrofik va nekrobiotik o‘zgarishlar tinishi, yadro giperxromaziyasi va gepatotsitlar regeneratsiyasining kuchayishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 22 dekarbda 12-23/233-t-son bilan tasdiqlangan «Jigar shikastlanishida gepatoprotektor va probiotiklarni birgalikda qo‘llash samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bo‘yicha 15.03.2024 yildagi 123-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi o‘simlik moddalar kimyosi instituti bo‘yicha 26.06.2024 yildagi 18-87-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/94-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jigar sirrozi chaqirilgan tajriba hayvonlarda probiotik qo‘llanilganda jigar to‘qimasida ijobiy o‘zgarish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 1104000 so‘m byudjet mablag‘lari jigar sirrozi chaqirilgan tajriba hayvonlarda gepatoprotektorni probiotik bilan birgalikda qo‘llanilganda jigar to‘qimasidagi ijobiy o‘zgarishlar tufayli bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 8 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish