Rahimova Zebiniso Shomansur qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “O‘zbek tilida jargonlarning lingvopragmatik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1723.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Umurqulov Bekpo‘lat, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti PhD 03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Ernazarova Manzura Saparboevna, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor;  
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbeklar nutqida uchraydigan jargonlarning semantik xususiyatlari, nutq madaniyatiga munosabatini lingvopragmatik jihatdan  ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jargon, argo va slenglar lug‘aviy va semantik jihatdan tahlilga tortilib, ularning ma’lum ijtimoiy guruhlar va to‘dalar jonli muloqoti doirasidagina qo‘llanishi noadabiy leksik qatlamga xoslik, ma’lum ijtimoiy guruhlar nutqigagina aloqadorlik va ijtimoiy guruhlar ko‘zlagan maqsadlarni yuzaga keltirish uchun ishlatilishi, ma’lum bir davr, millat, muhit, guruh, to‘dalarga tegishlilik, yosh davrga xoslik kabi farqli xususiyatlari mavjudligi aniqlangan;
 jargon birliklarning ma’lum ijtimoiy guruh kishilar nutqiga xosligi, ularning shu guruh dunyoqarashini aks ettiruvchi til tizimining tarkibiy qismi ekanligi turli toifaga oid shaxslar nutqida qo‘llaniluvchi turshak, olqindi, tanka, momaqaymoq, atamri, zamri, uxlatmoq, makkillamoq, keruxa, kapsanchi, maymun kabi jargonlar asosida harakat va holatni ifodalovchi, shaxs va predmetni anglatuvchi jargon guruhlari mavjudligi  dalillangan;
jargonlarning badiiy matndagi qiymati asar personajlarining nutqini va shaxsini individuallashtirish, matnda keltirilgan ijtimoiy guruhlar hayoti va faoliyatiga doir tushunchalarni aniqlashtirish, lisoniy shaxsga akkumulyativ, kommunikativ va emotsional-ekspressiv ta’sir o‘tkazish kabi eksrtralingvistik xususiyatlar asosida ochib berilgan;
 lingvopragmatik jihatdan jargonlarning baho munosabati, nutqiy aktlar va presuppozisiya hodisasidagi ishtiroki natijasida nutqiy jarayonga ta’sir qiluvchi psixologik, ijtimoiy, fizilogik, lingvistik va madaniy omillar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida jargonlarning lingvopragmatik tadqiqi natijalari asosida:
jargon, argo va slenglar lug‘aviy va semantik jihatdan tahlilga tortilib, ularning ma’lum ijtimoiy guruhlar va to‘dalar jonli muloqoti doirasidagina qo‘llanishi noadabiy leksik qatlamga xoslik, ma’lum ijtimoiy guruhlar nutqigagina aloqadorlik va ijtimoiy guruhlar ko‘zlagan maqsadlarni yuzaga keltirish uchun ishlatilishi, ma’lum bir davr, millat, muhit, guruh, to‘dalarga tegishlilik, yosh davrga xoslik kabi farqli xususiyatlari mavjudligi aniqlanganligiga oid xulosalardan 2020-2023-yillarga mo’ljallangan AM–FZ–201908172 raqamli “O’zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 28-apreldagi 04/1-831-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining ta’limiy korpusida jargon birliklarning tutgan o‘rni aniqlangan va ma’nolar izohi mukammallashgan;
jargon birliklarning ma’lum ijtimoiy guruh kishilar nutqiga xosligi, ularning shu guruh dunyoqarashini aks ettiruvchi til tizimining tarkibiy qismi ekanligi turli toifaga oid shaxslar nutqida qo‘llaniluvchi turshak, olqindi, tanka, momaqaymoq, atamri, zamri, uxlatmoq, makkillamoq, keruxa, kapsanchi, maymun kabi jargonlar asosida harakat va holatni ifodalovchi, shaxs va predmetni anglatuvchi jargon guruhlari mavjudligi  dalillanganligiga  doir ilmiy xulosalardan 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan PZ–2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 28-apreldagi 04/1-832-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy tillarning lingvodidaktik platformasi doirasidagi lingvopoetik va sotsiolingvistik tahlillarga doir nazariy ma’lumotlarning mukammallashuviga erishilgan;
jargonlarning badiiy matndagi qiymati asar personajlarining nutqini va shaxsini individuallashtirish, matnda keltirilgan ijtimoiy guruhlar hayoti va faoliyatiga doir tushunchalarni aniqlashtirish, lisoniy shaxsga akkumulyativ, kommunikativ va emotsional-ekspressiv ta’sir o‘tkazish kabi eksrtralingvistik xususiyatlar asosida ochib berilganligiga oid olingan xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Tadqiqot”, “Ochiq dars”, “Mavzu” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali 02-13-1520-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ma’naviy va madaniy mazmuni boyitib borilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish