Mizrabova Jeren Ismailovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «Shekspir dramalari tarjimalarida kalamburning qiyosiy lingvopoetik tadqiqi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fil573.
Ilmiy maslahatchi: Axmedova Shoira Nematovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Djumaboeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shekspir dramalari tarjimalarida kalamburning qiyosiy lingvopoetik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘zaki va yozma adabiyotda kalambur, uning badiiy ifodasi, o‘tkirlikka asoslangan yumoristik ta’siri, ijodkor uslubi doirasidagi transformatsiyasi, badiiy-estetik qonuniyatlari, yondashuv tamoyillari va funksionalligi qahramon ruhiyatini aks ettirish hamda asarning g‘oyasini yoritib berish kabi kompozision vazifalarni bajarishda namoyon bo‘lishi isbotlangan;
Uyg‘onish davrida xalq madaniyati va so‘z san’atidagi karnavallarning o‘rni hamda Shekspir ijodiga ta’siri, Shekspir uslubidagi kalamburlarning kontekstual mezonlarining o‘ziga xosligi, dramaturg kalamburi kontekstidagi ma’noviy tovlanishlarning yumoristik jilolari orqali ifodalangan kinoya, o‘tkirlik, so‘zga zariflik, hozirjavoblik, intellekt, fojiaviy yumor kabi xosliklar ustivorligida voqelanishi aniqlangan;
Shekspir dramalariga xos fonetik, semantik va grafik xususiyatlarini struktur tahlil qilish orqali omonimiya, polisemiya, alliteratsiya, dialog yoki monolog shaklidagi davomiy kalamburlar, miniatyura, xiastik va antiteza shaklidagi stilistik-konvergent kalamburlar hamda ularning o‘zbek va rus tili tarjimalarida aks ettirilishida birlamchi qiymat kasb etishi dalillangan;
Shekspir dramalaridagi kalamburning o‘zbek va rus tili tarjimalarida aks ettirilishidagi lisoniy-semantik, struktur, shakl va mazmun adekvatligi, lingvopoetik hamda lingvokognitiv xususiyatlari shaxsiy taglama tarzidagi o‘girmada kalamburni qayta yaratishda yumoristik, kuchli emotsional-ekspressiv ta’sir ustivorligida ifodalanishi aniqlangan;
Shekspir dramalaridagi kalamburga xos yumoristik xususiyatlar tarjimasida kompensatsiya, modulyasiya, leksik-semantik almashtirish kabi leksik; qisman muvofiqlik va nomuvofiqlik kabi morfologik; o‘rin almashish, tushirib qoldirish kabi sintaktik transformatsiya usullarining funksional samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shekspir dramalari tarjimalaridagi kalamburning qiyosiy lingvopoetik tadqiqi bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy ish natijalari asosida:
og‘zaki va yozma adabiyotda kalambur, uning badiiy ifodasi, o‘tkirlikka asoslangan yumoristik ta’siri, ijodkor uslubi doirasidagi transformatsiyasi, badiiy-estetik qonuniyatlari, yondashuv tamoyillari, funksionalligi, qahramon ruhiyatini aks ettirish, asarning g‘oyasini yoritib berish kabi kompozision vazifalarni bajarishda namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1-G002 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” hamda 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 13-iyuldagi 17.01/80-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjima muammolarini o‘rganishga oid olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
Uyg‘onish davrida xalq madaniyati va so‘z san’atidagi karnavallarning o‘rni hamda Shekspir ijodiga ta’siri, Shekspir uslubidagi kalamburlarning kontekstual mezonlarining o‘ziga xosligi, dramaturg kalamburi kontekstidagi ma’noviy tovlanishlarning yumoristik jilolari orqali ifodalangan kinoya, o‘tkirlik, so‘zga zariflik, hozirjavoblik, intellekt, fojiaviy yumor kabi xosliklar orqali ifodalanishiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy talim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 13-iyundagi 1672/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjimashunoslik, tarjima nazariyasi va matn tahlili fanlari va ularga oid metodologiya kontekstual mezonlarining o‘ziga xosligi, dramaturg kalamburi kontekstidagi ma’noviy tovlanishlarning yumoristik jilolari kabi yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
Shekspir dramalariga xos fonetik, semantik va grafik xususiyatlarini struktur tahlil qilish orqali omonimiya, polisemiya, alliteratsiya, dialog yoki monolog shaklidagi davomiy kalamburlar, miniatyura, xiastik va antiteza shaklidagi stilistik-konvergent kalamburlar hamda ularning o‘zbek va rus tili tarjimalarida aks ettirilishida birlamchi qiymat kasb etishiga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023 yillarda bajarilgan IL-21091506 “O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 27-dekabrdagi 01/4-2794-son ma’lumotnomasi). Natijada kalamburga xos leksik-semantik, stilistik xususiyatlariga oid xulosalardan mazkur loyiha doirasida mavjud manbalarning takomillashuviga ilmiy-nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
Shekspir dramalaridagi kalamburning o‘zbek va rus tili tarjimalarida aks ettirilishidagi lisoniy-semantik, strukturual, shakl va mazmun adekvatligi, lingvopoetik hamda lingvokognitiv xususiyatlari shaxsiy taglama tarzidagi tarjima orqali o‘girmada kalamburni qayta yaratishdagi yumoristik, kuchli emotsional-ekspressiv ta’sirining ahamiyatiga doir ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023 yillarda bajarilgan II-4721101717 “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 26-dekabrdagi 1372-son ma’lumotnomasi). Natijada lingvomadaniy vositalarning o‘zbek hamda rus tili tarjimalarida aks ettirilishidagi ahamiyatini ochib berishiga doir taklif va tavsiyalardan mazkur loyiha doirasida mavjud manbalarning takomillashuviga asos bo‘lib xizmat qilgan;
Shekspir dramalaridagi kalamburga xos yumoristik xususiyatlar tarjimasida kompensatsiya, modulyasiya, leksik-semantik almashtirish kabi leksik; qisman muvofiqlik va nomuvofiqlik kabi morfologik; o‘rin almashish, tushirib qoldirish kabi sintaktik transformatsiya usullarining funksionallik samaradorligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Dolzarb mavzu”, “Interv’yu plyus”, “Assalom, Buxoro” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 10-oktyabrdagi 02-09-289-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning Shekspir dramaturgiyasida kalambur ahamiyati, muallif ijodining uslubi to‘g‘risidagi bilimini va ularning kitobxonlikka qiziqishini oshirishga imkon bergan.