Azimov Ulug‘bek Samadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asari o‘zbekcha va inglizcha tarjimalarida oddiy folklorizmning berilishi (Jamol Kamol va R.A.Nikolson tarjimalari asosida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3451.
Ilmiy rahbar: Sharipova Laylo Frunzeevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Fayzullo Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Saidova Muxayyo Umediloevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asari o‘zbekcha va inglizcha tarjimalarida oddiy folklorizmning berilishini Jamol Kamol va R.A.Nikolson tarjimalari asosida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asarida maqol, ibora, olqish, qarg‘ish asosida yuzaga kelgan oddiy folklorizm namunalari asar g‘oyasini ochish, hikoyatlar mazmunini anglash, shoir xulosalarini mukammallashtirish, asar kompozisiya va syujetini yaratish, poetik vazifa va ahamiyatini rivojlantirish ustivorligida namoyon bo‘lishi isbotlangan;   
“Masnaviyi ma’naviy”ni o‘zbek mutarjimi Jamol Kamol tarjimasida muqobilini topish, so‘zma-so‘z o‘girish, so‘z qo‘shish, so‘zlarni tushirib qoldirish, modulyasiya, ma’noni yaqinlashtirib tarjima qilish usullari unumdorligi, R.A.Nikolson tarjimasida esa kalkalash, muqobilini topish, so‘zlarni tushirib qoldirish, so‘zlarni qo‘shish, transliteratsiya, sinonim so‘zlardan foydalanish singari tarjima usullarining funksionallik samaradorligi aniqlangan;
har ikkala tarjimon ijodida asliyatdagi maqollar asosida yuzaga kelgan oddiy folklorizm tarjimalari o‘sha xalq milliy-madaniy turmush tarzi, dunyoqarashi, axloqiy-ta’limiy qarashlari, psixologiyasi, etnofolkloristik, etnolingvistik, lingvosotsiologik, lingvokulturologik kabi lingvistik hamda ekstralingvistik omillar asosida vujudga kelishi asoslangan;
qarg‘ish va olqishlar Yaratganning kalomiga, islom falsafasiga tayanib, ba’zan olqish shaklida berilgan duoning aslida qarg‘ish ekani, qarg‘ish aslida olqish bo‘lib chiqishi, ularning o‘zaro mazmunan almashinishi mumkinligi adabiy aspektda yoritilgan va tarjimada qayta tiklash jarayonining bayon etish vositalarini saqlash, muallif va mutarjim ovozining yaxlitligi, umuminsoniy jihatlarning ustuvorligi kabi tamoyillar asosida kechishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asari o‘zbekcha va inglizcha tarjimalarida oddiy folklorizmning Jamol Kamol va R.A.Nikolson tarjimalari asosida berilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asarida maqol, ibora, olqish, qarg‘ish asosida yuzaga kelgan oddiy folklorizm namunalari asar g‘oyasini ochish, hikoyatlar mazmunini anglash, shoir xulosalarini mukammallashtirish, asar kompozisiya va syujetini yaratish, poetik vazifa va ahamiyatini rivojlantirish ustivorligida namoyon bo‘lishiga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida OT-F1-029 “O‘zbek davlatchiligi tarixida sug‘diy til va yozuvining tutgan o‘rni” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 13-dekabrdagi 04/1-2670-son ma’lumotnomasi). Natijada maqollar va iboralar ikki xalq tilidagi o‘xshash hamda farqli jihatlarni chog‘ishtirishga asoslangan soha lug‘atlari yaratish uchun yangi ilmiy-nazariy manba, ma’lumotlar bilan boyitilgan hamda har ikkala tilda mavjud maqol va iboralardan badiiy asarlar tarjimasi jarayonida o‘rinli foydalanishga oid nazariy va amaliy materiallardan keng foydalanilgan;
“Masnaviyi ma’naviy”ni o‘zbek mutarjimi Jamol Kamol tarjimasida muqobilini topish, so‘zma-so‘z o‘girish, so‘z qo‘shish, so‘zlarni tushirib qoldirish, modulyasiya, ma’noni yaqinlashtirib tarjima qilish usullari unumdorligida, R.A.Nikolsonda kalkalash, muqobilini topish, so‘zlarni tushirib qoldirish, so‘zlarni qo‘shish, transliteratsiya, sinonim so‘zlardan foydalanish singari tarjima usullarining funksionallik samaradorligiga  oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy talim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 8-avgustdagi 100/02-son ma’lumotnomasi). Natijada “Masnaviyi ma’naviy” asari va uning ikki tilga tarjimasidagi oddiy folklorizmlar orqali loyihada ko‘zga tutilgan maqsadning takomillashuvini ta’minlashga erishilgan;
har ikkala tarjimon ijodida asliyatdagi maqollar asosida yuzaga kelgan oddiy folklorizm tarjimalari o‘sha xalq milliy-madaniy turmush tarzi, dunyoqarashi, axloqiy-ta’limiy qarashlari, psixologiyasi, etnofolkloristik, etnolingvistik, lingvososiologik, lingvokulturologik kabi lingvistik hamda ekstralingvistik omillar asosida vujudga kelishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Dolzarb mavzu”, “Assalom Buxoro”, “Til millat kuzgusi” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 11-oktyabrdagi 1/253-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish