Xoldorova Muhayyo Otakulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Elektron ta’lim vositalari asosida bo‘lajak muhandislarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02–“Talim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3858.
Ilmiy rahbar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; G‘affarov Feruz Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron ta’lim vositalari asosida bo‘lajak muhandislarning kasbiy komretentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarni elektron ta’lim muhitida potensial xavflarni aniqlash va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish bosqichlari mazmuniga tashxislash va novatorlikka oid kasbga yo‘naltirilgan masalalar hamda texnik kuzatuvchanlik, texnik taffakur, texnikani boshqarish bo‘yicha dasturiy vositalarni kiritish orqali aniqlashtirilgan;
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida talabalarning Hayot faoliyati xavfsizligiga oid kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy-tuzilmaviy modeli kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitishga avtomatlashtirilgan vizual loyihaviy topshiriqlarni interaktiv o‘quv-texnik muhitga faraz, reja, tahlil va faoliyat mutanosibligida ishlab chiqish hamda bulutli texnologiyalar va dasturiy vositalarni mustaqil ta’lim jarayoniga integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi talaba va o‘qituvchilar o‘rtasida individual va guruhli interaktiv o‘zaro hamkorlik shakllari, shuningdek, tushuntirish-illyustrativ, muammoli modelga asoslangan, faol o‘qitishda to‘liq didaktik siklni va fanni o‘zlashtirish jarayonini boshqarishni ta’minlaydigan elektron o‘quv kurs elementlari va xizmatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan
aralash ta’lim muhitida talabalarning tahlil va sintez qilish, ijodiy faollik hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish algoritmining mezon va ko‘rsatkichlari ko‘p funksiyali topshiriqlar tizimini ishlab chiqish hamda o‘qitishni mobilli modellashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning elektron ta’lim vositalari asosida kasbiy komretentligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak muhandislarni elektron ta’lim muhitida potensial xavflarni aniqlash va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish bosqichlari mazmuniga tashxislash va novatorlikka oid kasbga yo‘naltirilgan masalalar hamda texnik kuzatuvchanlik, texnik taffakur, texnikani boshqarish bo‘yicha dasturiy vositalarni kiritish orqali aniqlashtirishga oid tavsiyalar asosida “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani bo‘yicha bulutli saqlovchilarda joylashgan elektron o‘quv platforma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023 yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 491185-son guvohnoma). Mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot bo‘lajak muhandislarni kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida talabalarning Hayot faoliyati xavfsizligiga oid kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy-tuzilmaviy modeli kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitishga avtomatlashtirilgan vizual loyihaviy topshiriqlarni interaktiv o‘quv-texnik muhitga faraz, reja, tahlil va faoliyat mutanosibligida ishlab chiqish hamda bulutli texnologiyalar va dasturiy vositalarni mustaqil ta’lim jarayoniga integratsiyalash orqali takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalardan Jizzax rolitexnika institutida “AIF 1/4 – “Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024 yil 26-aprelda berilgan 04/17-1179-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlanmalar bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi talaba va o‘qituvchilar o‘rtasida individual va guruhli interaktiv o‘zaro hamkorlik shakllari, shuningdek, tushuntirish-illyustrativ, muammoli modelga asoslangan, faol o‘qitishda to‘liq didaktik siklni va fanni o‘zlashtirish jarayonini boshqarishni ta’minlaydigan elektron o‘quv kurs elementlari va xizmatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflardan OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-rsixologik xususiyatlari” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024 yil 26-aprelda berilgan 04/17-1179-son ma’lumotnomasi). Mazkur didaktik ta’minot talabalarda komretensiyalarni baholash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan.