Qayumov Baxtiyor Zokirjon og‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smirlarda kreativlik rivojlanishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/P474.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Sharafudinova Xadicha Gulyamutdinovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda kreativlik rivojlanishining psixologik xususiyatlarini ochib berish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlardagi kreativlikning rivojlanishida fikrlashdagi tezkorlik, orginallik, predmet va tushunchalarni abstraktlashtirish, axborotlarni qayta ishlashdagi sinchkovlikning obrazli va predmetli tafakkurga integrativ namoyon bo‘lishiga asoslanib yoshga oid psixologik xususiyatlarni mavjudligi dalillangan.
o‘smirlarning fikrlashi hamda miya yarim sharlari dominantligi orasidagi bog‘lanishlarga ko‘ra o‘ng yarim sharlari faol bo‘lgan o‘quvchilarda obrazli tafakkur hamda kreativlikning intensiv namoyon bo‘lishi tufayli fiziologik komponentning ustuvor harakterga ega ekanligi asoslangan;
o‘smirlardagi kreativlikni rivojlantirishda ekstrovertlar, reaksiya tempi kuchli bo‘lganlarda fikrlashning tezligi, abstrakt tafakkur, faollikning qarashlardagi orginallikka integrativ namoyon bo‘lishiga asoslanib, shaxs individual xususiyatlariga ustuvorlik berish muhimligi dalillangan;
o‘smirlarda kreativlik rivojlantirish modeli shaxsda vizualizasiyalash, nostandart fikrlash, ijodiy tafakkurni faoliyatga nisbatan ichki motivasiya negizida namoyon bo‘lishi tufayli, goloterepiya, neyrokorreksiya texnologiyalarini integrativ qo‘llash mexanizmlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlarda kreativlik rivojlanishinig rsixologik xususiyatlari tadqiq etish natijalari asosida:
o‘smirlardagi kreativlikning rivojlanishida fikrlashdagi tezkorlik, orginallik, predmet va tushunchalarni abstraktlashtirish, axborotlarni qayta ishlashdagi sinchkovlikning obrazli va predmetli tafakkurga integrativ namoyon bo‘lishiga asoslanib yoshga oid psixologik xususiyatlarni mavjudligi dalillangan takliflar Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi RM-210 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» va «Psixokorreksiya» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 30-sentyabrdagi RM-210 a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda kreativlik rivojlanishinig yoshga oid xususiyatini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
o‘smirlarning fikrlashi hamda miya yarim sharlari dominantligi orasidagi bog‘lanishlarga ko‘ra o‘ng yarim sharlari faol bo‘lgan o‘quvchilarda obrazli tafakkur hamda kreativlikning intensiv namoyon bo‘lishi tufayli fiziologik komponentning ustuvor harakterga ega ekanligi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi RM-210 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» va «Psixokorreksiya» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 30-sentyabrdagi RM-210 a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda kreativlikni namoyon bo‘lishining fiziologik komponenti ochib berilgan;
o‘smirlardagi kreativlikni rivojlantirishda ekstrovertlar, reaksiya tempi kuchli bo‘lganlarda fikrlashning tezligi, abstrakt tafakkur, faollikning qarashlardagi orginallikka integrativ namoyon bo‘lishiga asoslanib, shaxs individual xususiyatlariga ustuvorlik berish muhimligi dalillangan takliflar Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi RM-210 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» va «Psixokorreksiya» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 30-sentyabrdagi RM-210 a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda kreativlik rivojlanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar va ularning xususiyatlari aniqlashtirilgan;
o‘smirlarda kreativlik rivojlantirish modeli shaxsda vizualizasiyalash, nostandart fikrlash, ijodiy tafakkurni faoliyatga nisbatan ichki motivasiya negizida namoyon bo‘lishi tufayli, goloterepiya, neyrokorreksiya texnologiyalarini integrativ qo‘llash mexanizmlari asosida takomillashtirilgan takliflar Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi RM-210 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» va «Psixokorreksiya» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat redagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 30-sentyabrdagi RM-210 a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda kreativlikni rivojlantirishga mo‘ljallangan psixologik treninglar ishlab chiqilgan.