Abdullaev Amrulla Nasullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Harbiy ta’lim fakulteti talabalarida pedagogik muloqot omillarini shakllantirishning psixologik determinantlari». 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P842.
Ilmiy rahbar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Avezov Olmos Ravshanovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa  doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi  tashkilot:  Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi harbiy ta’lim fakulteti talabalarida pedagogik muloqot omillarini shakllantirishning psixologik determinantlarini tadqiq qilish va tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy ta’lim fakulteti talabalaridagi pedagogik muloqotning shakllanishi ta’lim jarayonida insonlarni, vaziyatni tushunish, muvaffaqiyatga erishganlik, emotsional barqarorlik, operativ ko‘nikmalarni shaxs xususiyatlarida ustuvor determinant sifatida namoyon bo‘lishi tufayli shaxs sotsial-kommunikativ kompetentligini rivojlanishiga identiv keshishi asoslangan;
harbiy ta’lim fakulteti talabalaridagi pedagogik muloqotni shakllanishi shaxsdagi ijtimoiy intuisiyaning emotsional bilimdonlik, o‘zga insonlarning keshinmalariga sezgirlik, verbal kompetentlik va ijtimoiy refleksiyaning o‘z emotsiyalarini boshqarish, empatiya, ijtimoiy tafakkurning esa o‘ziga motivatsiya berish xususiyatlariga integrativ namoyon bo‘lishiga asoslanib, emotsional intellektning rivojlanganlik darajasiga bog‘liq ekanligi dalillangan;
harbiy ta’lim fakulteti talabalaridagi pedagogik muloqotning shakllanishida ta’lim jarayonidagi shaxslararo munosabatlarda kommunikativ ko‘nikmalarning ijtimoiy tafakkur bilan o‘zaro uyg‘un holda ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli shaxs muloqotshanligi muhim omil ekanligi dalillangan;
harbiy ta’lim fakulteti talabalaridagi pedagogik muloqotni shakllantirishda ijtimoiy intuisiya, verbal kompitentlik, ijtimoiy tafakkur, refleksiyani shaxslararo munosabatlarda ustuvor namoyon bo‘lishi muhimligiga asoslanib, shaxsga integrativ ta’sir etish zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Harbiy ta’lim fakulteti talabalarida pedagogik muloqot omillarini shakllantirishning psixologik determinantlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
harbiy ta’lim fakulteti talabalaridagi pedagogik muloqotning shakllanishi ta’lim jarayonida insonlarni, vaziyatni tushunish, muvaffaqiyatga erishganlik, emotsional barqarorlik, operativ ko‘nikmalarni shaxs xususiyatlarida ustuvor determinant sifatida namoyon bo‘lishi tufayli shaxs sotsial-kommunikativ kompetentligini rivojlanishiga identiv keshishi asoslanganligiga oid takliflar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 4-sentyabrdagi PM-194 son buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-sentyabrdagi PM-194a-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiy ta’lim fakulteti talabalaridagi pedagogik muloqotni shakllanishiga ta’sir etuvshi ijtimoiy-psixologik determinantlar aniqlangan;
 harbiy ta’lim fakulteti talabalaridagi pedagogik muloqotni shakllanishi shaxsdagi ijtimoiy intuisiyaning emotsional bilimdonlik, o‘zga insonlarning keshinmalariga sezgirlik, verbal kompetentlik va ijtimoiy refleksiyaning o‘z emotsiyalarini boshqarish,empatiya, ijtimoiy tafakkurning esa o‘ziga motivatsiya berish xususiyatlariga integrativ namoyon bo‘lishiga asoslanib, emotsional intellektning rivojlanganlik darajasiga bog‘liq ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 4-sentyabrdagi PM-194 son buyrug‘i asosida «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-sentyabrdagi PM-194a-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiy ta’lim fakulteti talabalaridagi pedagogik muloqotni shakllanishiga emotsional intellektning ta’siri tadqiq qilingan;
harbiy ta’lim fakulteti talabalaridagi pedagogik muloqotning shakllanishida ta’lim jarayonidagi shaxslararo munosabatlarda kommunikativ ko‘nikmalarning ijtimoiy tafakkur bilan o‘zaro uyg‘un holda ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli shaxs muloqotshanligi muhim omil ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 4-sentyabrdagi PM-194 son buyrug‘i asosida «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-sentyabrdagi PM-194a-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiy ta’lim fakulteti talabalaridagi pedagogik muloqotning shakllanishida shaxs muloqotshanligining ahamiyati oshib berilgan;
harbiy ta’lim fakulteti talabalaridagi pedagogik muloqotni shakllantirishda ijtimoiy intuisiya, verbal kompitentlik, ijtimoiy tafakkur, refleksiyani shaxslararo munosabatlarda ustuvor namoyon bo‘lishi muhumligiga asoslanib, shaxsga integrativ ta’sir etish zarurati dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 4-sentyabrdagi PM-194 son buyrug‘i asosida «Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-sentyabrdagi PM-194a-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiy  ta’lim  fakulteti  talabalarida  pedagogik  muloqot  omillarini  shakllanlantirish  bo‘yisha psixologik tavsiyalar ishlab shiqilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish