Madalieva Zuxraxon Odiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek adabiyotini o‘rganishda xalqaro, adabiy-tanqidiy va ijtimoiy-siyosiy bahslar tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3516.
Ilmiy rahbar: Jumaxo‘ja Nusratullo Ataullo o‘g‘li, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mirzaeva Zulxumor Inomovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek adabiyotini o‘rganishda xalqaro, adabiy-tanqidiy va ijtimoiy-siyosiy bahslarni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrning 50-90-yillarida bo‘lib o‘tgan adabiy-g‘oyaviy bahslarni yuzaga keltirgan asosiy omil jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayon bo‘lganligi asoslanib, o‘zbek adabiyotini o‘rganishga doir chet eldagi tadqiqotlarning xronologik ko‘rsatkichi aniqlangan;
XX asr o‘zbek shoir va yozuvchilarining ijodiga xolisona baho berilib, o‘zbek adabiyotiga ma’lum bo‘lmagan, chet tilidagi manbalarda mavjud Cho‘lpon qalamiga mansub “Anvarning o‘limi” nomli yangi ijod namunasi aniqlangan;
chet el o‘zbekshunosligi, tarixi va taraqqiyotida adabiyotshunoslikka oid dunyoqarash va xolislik tushunchalariga taalluqli bo‘lgan masalaga obektiv yondashish rivojlanib borgani aniqlanib, sof adabiy-nazariy xulosalar, tavsiyalar ishlab chiqishdagi sifat siljishlari asoslangan;
o‘zbek adabiyotining chet eldagi tadqiqiga doir manbalarni tekshirish orqali asl matnga mos kelmaydigan, turli mualliflar tomonidan turlicha keltirilgan ijodkorlar biografiyasiga tegishli bo‘lgan hayot yo‘li, vafoti kabi ma’lumotlar solishtirilib, xolis baholanib, ularning ijod namunalarini keltirishdagi mavjud “vijdon erki-zolimlar”, “bevalar-bedavolar” kabi leksik, “sug‘orilgan-sug‘organ” kabi uslubiy, texnik xatoliklar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek adabiyotini o‘rganishda xalqaro, adabiy-tanqidiy, ijtimoiy-siyosiy bahslar tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
XX asrning 50-90-yillarida bo‘lib o‘tgan adabiy-g‘oyaviy bahslarni yuzaga keltirgan asosiy omil jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayon bo‘lganligi asoslanib, o‘zbek adabiyotini o‘rganishga doir chet eldagi tadqiqotlarning xronologik ko‘rsatkichi aniqlanganligi hamda chet el o‘zbekshunosligi, tarixi va taraqqiyotida adabiyotshunoslikka oid dunyoqarash va xolislik tushunchalariga taalluqli bo‘lgan masalaga obektiv yondashish rivojlanib borgani aniqlanib, sof adabiy-nazariy xulosalar, tavsiyalar ishlab chiqishdagi sifat siljishlari asoslanganligiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 24-fevraldagi 01/4-391-son ma’lumotnomasi). Natijada, E.Olvort yetakchiligidagi chet el olimlari jadidchilik adabiyoti, mafkurasi, dunyoqarashi, falsafasini jahon shohsupasiga olib chiqib yuksak baholaganlariga doir ilmiy materiallar tayyorlashga asos bo‘lgan;
XX asr o‘zbek shoir va yozuvchilarining ijodiga xolisona baho berilib, o‘zbek adabiyotiga ma’lum bo‘lmagan, chet tilidagi manbalarda mavjud Cho‘lpon qalamiga mansub “Anvarning o‘limi” nomli yangi ijod namunasi aniqlangani, o‘zbek adabiyotining chet eldagi tadqiqiga doir manbalarni tekshirish orqali asl matnga mos kelmaydigan, turli mualliflar tomonidan turlicha keltirilgan ijodkorlar biografiyasiga tegishli bo‘lgan hayot yo‘li, vafoti kabi ma’lumotlar solishtirilib, xolis baholanib, ularning ijod namunalarini keltirishdagi mavjud “vijdon erki-zolimlar”, “bevalar-bedavolar” kabi leksik, “sug‘orilgan-sug‘organ” kabi uslubiy, texnik xatoliklar asoslanganligi kabi ilmiy ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan BV-Atex 2018 (143) – “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 24-fevraldagi 01/4-392-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy loyiha sotsiopragmatik va lingvomadaniy jihatlarga doir yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan.