Saydaliev Ismoiljon Nurmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak transport muhandislarini tayyorlashda oliy ta’lim va ishlab chiqarish sinergetik integratsiyasini ta’minlash texnologiyasi”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4179.
Ilmiy rahbar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon mashinasozlik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2020.T.124.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Qodirov Valijon Abdurahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor, Xalimjonov Toxir Salimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak transport muhandislarini tayyorlashda oliy ta’lim va ishlab chiqarish sinergetik integratsiyasini ta’minlash texnologiyasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsni rivojlantiruvchi oliy ta’lim va ishlab chiqarish sinergetik integratsiyasi modeli ta’lim tarbiya nazariyasini amaliyot bilan shaxsning bilish jarayoni straktiyasida qo‘llaydigan o‘ziga xos bilish xususiyatlari aloqadorligini texnologik ta’limning identiv maqsadlariga ko‘ra kasbiy ko‘nikmalarini amaliy ta’minlashga yo‘naltirilgan potensial imkoniyatlari asosida takomillashtirilgan;
talabalar o‘quv kursini o‘qitish jarayonini uzviylikda rivojlantirishni amalga oshirish metodikasi hodisalarni baholashda dinamik va qayta aloqaning barqarorligini, oldingi va keyingi bosqichlardagi tushunchalarni chegaraviy hollarda o‘zaro mosligini (refleksiv-samarali, tizimli-komponentli, samarali- oqilona) aniqlash asosida takomillashtirilgan;
talabalar o‘quv bilish faoliyatini va ilmiy dunyoqarashlarini rivojlantirishning o‘quv-uslubiy ta’minoti texnologik bilim kompetensiyasining shakllanganlik darajasini baholash mezoni va ko‘rsatkichlarini tashkil etuvchi bilim, ko‘nikma, malakalarini kasbiy faoliyati kontekstida darajalash hamda miqdoriy va sifat parametrlarini tavsiflashga imkon beradigan ko‘rsatkichlarni aniqlash asosida takomillashtirilgan;
shaxs rivojiga va funksional faoliyatga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon tamoyili pedagogik axborot komponentlari uchun barqaror motivni (o‘z-o‘zini anglash, bilimlarni qo‘llash, muvaffaqiyatga erishish, ijtimoiy foydalilik) shakllantirish, kasbiy faoliyat natijaviyligini belgilovchi bilim, ko‘nikmalar va malakalarni (kognitiv, individual, samarali-operativ motivasion-shaxsiy, intellektual-ijodiy) integratsiyalash asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim va ishlab chiqarish sinergetik integratsiyasi asosida bo‘lajak transport muhandislarini tayyorlashda kasbiy ko‘nikmalarni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
shaxs rivojiga va funksional faoliyatga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon tamoyili pedagogik axborot komponentlari uchun barqaror motiv o‘z-o‘zini anglash, bilimlarni qo‘llash, muvaffaqiyatga erishish, ijtimoiy foydalilikni shakllantirish, kasbiy faoliyat natijaviyligini belgilovchi bilim, ko‘nikmalar va malakalarni kognitiv, individual, samarali-operativ motivasion-shaxsiy, intellektual-ijodiy integratsiyalash asosida ochib berilgan ilmiy yangiligidan “Avtomobil qismlarini yig‘ish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunini shakillantirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyruq 233-0992-son guvohnomasi). Natijada, talabalarning avtomobil qismlarini yig‘ishga doir bilimi, kasbiy ko‘nikmalari, ijodiy kognitiv rivojlanish jarayoni takomillashtirilgan;
shaxsni rivojlantiruvchi oliy ta’lim va ishlab chiqarish sinergetik integratsiyasi modeli ta’lim tarbiya nazariyasini amaliyot bilan shaxsning bilish jarayoni straktiyasida qo‘llaydigan o‘ziga xos bilish xususiyatlari aloqadorligini texnologik ta’limning identiv maqsadlari asosida kasbiy ko‘nikmalarini amaliy ta’minlashga yo‘naltirilgan potensial imkoniyatlari asosida takomillashtirilganligiga doir takliflar oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak transport muhandislarini tayyorlashda ularning ta’lim olish sifatiga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-yanvardagi 89-05-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari bo‘lajak transport muhandislarining innovatsion kompetentligini, ta’lim olish sifatini va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘quv reja va dasturlar mazmuni takomillashtirilgan;
talabalar o‘quv kursini o‘qitish jarayonini uzviylikda rivojlantirishni amalga oshirish metodikasi hodisalarni baholashda dinamik va qayta aloqaning barqarorligini, oldingi va keyingi bosqichlardagi tushunchalarni chegaraviy hollarda o‘zaro mosligini (refleksiv-samarali, tizimli-komponentli, samarali- oqilona,) aniqlash asosida takomillashtirilgan takliflari bo‘lajak transport muhandislarini tayyorlashda  ishlab chiqarish korxonalarida tayanch kafedralarni tashkil qilish, “5+1” innovatsion o‘quv dasturining nizomini ishlab chiqish va shart-sharoitlarini tashkil qilishga oid tavsiyalar Jahon bankining Akademik Inovatsiyalar fondi “O‘zbekistonda oliy ta’lim va ishlab chiqarishning sinergetik integratsiyasini yaratish (SYNERGY)” mavzusidagi loyiha (2019-2022-yillar) doirasida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-yanvardagi 89-05-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak transport muhandislari uchun ishlab chiqarish korxonlarida tashkil qilingan tayanch kafedralarda “5+1” innovatsion o‘quv dasturi asosida xaftada 1 kun mutaxassislik fanlaridan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini ishlab chiqarish korhonasining zamonaviy jihozlaridan foydalanib tashkil etishga erishilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish