Anarboev Sanjar Alisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jigar exinokokkozi residivining omillar tahlili va xirurgik davolash natijalarini yaxshilash yo‘llari”, 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2299.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abuzer Dirikan, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jarrohlik taktikasini takomillashtirish va kasallik qaytalanishini kamaytirishning samarali usullarini ishlab chiqish orqali exinokokkoz davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qaytalanishga qarshi, shu jumladan miniinvaziv aralashuvlar orqali chora tadbirlar samardorligini katta klinik materialda kompleks baholash o‘tkazilgan. Sistali jigar exinokokkozi qaytalanishining patogenetik xos xususiyatlari aniqlangan;
jigar va qorin bo‘shligi exinokokkozi sababli takror operatsiya o‘tkazgan bemorlarning tekshiruv va davolash tahlili asosida qaytalangan exinokokk kistasi joylashuvining birlamchi kista sohasi bilan o‘zaro bosliqlik chastotasi va bog‘liqlik darajasi jigarning birlamchi o‘choqdan uzoqdagi segmentlarda qaytalangan kistalar joylashuvining nisbatan ko‘pligi aniqlangan;
ochiq exinokokkektomiyalarda aparazitarlikka rioya qilish, hamda atrof to‘qimalarda germinal elementlar tarqalishini oldini olish imkonini beruvchi modifikatsiyalashtirilgan punksion igna va qoldiq bo‘shliqqa ishlov berish qurilmasi kabi jarrohlik takomillashtirilgan;
radikal exinokokkektomiyada kavitatsion ultratovushli dissektor aspiratorning qo‘llanilishi bevosita va kechki operatsiyadan keyingi samaradorlikka erishish isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigar va qorin bo‘shlig‘i qaytalangan ekinokokkozi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va jarrohlik davolashni yaxshilash bo‘yicha ilmiy izlanish natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: qaytalanishga qarshi, shu jumladan miniinvaziv aralashuvlar orqali chora tadbirlar samardorligini katta klinik materialda kompleks baholash o‘tkazilgan. Sistali jigar exinokokkozi qaytalanishining patogenetik xos xususiyatlari aniqlashtirilgan. Exinokokkoz qaytalanishi turli xavf omillarining ahamiyatiga baho berilgan. Jigar exinokokkozi qaytalanishini oldini olish bo‘yicha yangi taktik va texnik tavsiyalar tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu yangilikning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, keng qamrovli klinik tahlillar asosida kasallik qaytalanishiga qarshi terapiya choralarining samaradorligini har tomonlama baholash, shu jumladan miniinvaziv muolajalar natijalarini o‘rganish amalga oshirildi. Jigar exinokokkozi qaytalanishining patogenetik jihatlari diqqat bilan o‘rganildi va uning paydo bo‘lish xavfini keltirib chiqaradigan turli omillarning ahamiyati tahlil qilindi. Natijada jigar exinokokkozi qaytalanishining oldini olish bo‘yicha yangi taktik-texnik tavsiyalar ishlab chiqildi. Taklif etilgan tavsiyalar klinik natijalarni sezilarli darajada yaxshiladi va ushbu kasallik bilan og‘rigan bemorlarda qaytalanish darajasini pasaytirdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi xirurgiya bo‘limi (buyruq №23, 27 yanvar 2024 y.) va Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasi xirurgiya bo‘limi (buyruq №2-A, 23 yanvar 2024 y.) amaliyotiga tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, operasiyadan keyingi vaqtini, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitasiya davrini kamaytirishga imkon bergan. Ijtimoiy samaradorligi: jigar va qorin bo‘shlig‘i qaytalangan exinokokkozi bilan og‘rigan bemorlarni ishga va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqishi, umr ko‘rish davomiyligining oshishi, o‘lim va nogironlikning kamayishi imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: jigar va qorin bo‘shlig‘i qaytalangan exinokokkozi bilan og‘rigan bemorlarni olib borish algoritmini amaliyotga tatbiq etish natijasida bemorlarning statsionar sharoitida davolanish davri qisqargan. Xulosa: Jigar va qorin bo‘shlig‘idan exinokokkektomiya operasiyasini tanlab bajarish oqibatida, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 540000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 700000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: qavatlari orasida birlamchi lokalizatsiyada exinokokkoz qaytalanishini yuzaga keltirishga qodir, yashash qobiliyatiga ega protoskoleklar mavjudligi aniqlangan fibroz kapsulaning morfologik tuzilishi o‘rganilgan; jigar va qorin bo‘shligi exinokokkozi sababli takror operatsiya o‘tkazgan bemorlarning tekshiruv va davolash tahlili asosida qaytalangan exinokokk kistasi joylashuvining birlamchi kista sohasi bilan o‘zaro bosliqlik chastotasi va bog‘liqlik darajasi o‘rganilgan; jigarning birlamchi o‘choqdan uzoqdagi segmentlarda qaytalangan kistalar joylashuvining nisbatan ko‘pligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu yangilikning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, fibroz kapsulaning batafsil morfologik tahlili o‘tkazildi, uning ichida yashovchanligi saqlangan Protoskolekslar topildi. Ushbu holat kasallik qaytalanishiga potensial xavf tug‘diradi. Jigar va qorin bo‘shlig‘i exinokokkozi bo‘yicha takroriy operatsiyalarni o‘tkazgan bemorlarni tekshirish va davolash ma’lumotlarini tahlil qilish asosida kasallik qaytalanishi chastotasi va ular kistaning dastlabki joylashgan joyi bilan solishtirildi. Residiv exinokokk kistalari ko‘proq jigarning uzoq segmentlarida, asl joylashgan joyidan uzoqda joylashganligi aniqlandi. Ushbu yangilikning ahamiyati exinokokk kistalari qaytalanishini oldini olish va davolashda yanada samarali jarrohlik strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi xirurgiya bo‘limi (buyruq №23, 27 yanvar 2024 y.) va Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasi xirurgiya bo‘limi (buyruq №2-A, 23 yanvar 2024 y.) amaliyotiga tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi natijasida jigar va qorin bo‘shlig‘i qaytalangan exinokokkozi bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalari yaxshilangan. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundaki, jigar va qorin bo‘shlig‘i qaytalangan exinokokkozi bilan og‘rigan bemorlarda operatsiyadan keyingi asoratlarning kamayishi va og‘riq kuzatilmasligi hisobiga bemorlar ishga va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqishi, umr ko‘rish davomiyligining oshishi imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: jigar va qorin bo‘shlig‘i qaytalangan exinokokkozi xirurgik davosida takomillashtirilgan usulni qo‘llash oqibatida operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasi 9,8% gacha (r=0,045) kamaygan, operasiya davomiyligi, reabilitasiya davri, hamda statsionar davoning umumiy muddatini qisqarishi imkonini bergan. Xulosa: Jigar va qorin bo‘shlig‘i qaytalangan exinokokkozi bilan og‘rigan bemorlarda operasiyadan keyingi erta asoratlar kamayganligini hisobga olib, 1 nafar bemordan byudjet mablag‘larini 6400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 7200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: ochiq exinokokkektomiyalarda aparazitarlikka rioya qilish, hamda atrof to‘qimalarda germinal elementlar tarqalishini oldini olish imkonini beruvchi modifikatsiyalashtirilgan punksion igna va qoldiq bo‘shliqqa ishlov berish qurilmasi kabi jarrohlik asboblari takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Modifikatsiyalashtirilgan punksion igna, va qoldiq bo‘shliqqa ishlov beruvchi maxus qurilma kabi takomillashtirilgan jarrohlik asboblarining klinika amaliyotida integrasiyasi germinativ elementlarning atrof to‘qimalarga yuqish xavfini kamaytirish (2,5%) imkonini berdi. Bundan tashqari, intraoperatsion asoratlar soni 1,5% gacha, erta operatsiyadan keyingi davrda asoratlangan bemorlar soni esa 9,8% gacha kamaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi xirurgiya bo‘limi (buyruq №23, 27 yanvar 2024 y.) va Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasi xirurgiya bo‘limi (buyruq №2-A, 23 yanvar 2024 y.) amaliyotiga tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi natijasida qaytalangan jigar va qorin bo‘shlig‘i exinokokkozi bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalari yaxshilangan, bemorlar reabilitasiyasi qisqargan. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan uskunalarni amaliyotga qo‘llash oqibatida operatsiya davomiyligi qisqargan, shuningdek operatsiyadan keyingi davrda bemorlarda og‘riq kam kuzatilgan. Iqtisodiy samaradorligi: 1) bemorlarning statsionarda bo‘lish vaqti kamaygan; 2) bemorlarda operatsiyadan keyingi og‘riq kam kuzatilganligi hisobiga og‘riq qoldiruvchi dorilarga ehtiyoj kam bo‘lgan. Xulosa: Ishlab chiqilgan uskunalarni amaliyotga tatbiq etish natijasida operatsiyadan keyingi reabilitatsiya davri 5-7 kundan 3-4 kungacha qisqarish hisobiga 1 nafar bemorga byudjet mablag‘larini 640000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 790000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: radikal exinokokkektomiyada kavitatsion ultratovushli dissektor aspiratorning qo‘llanilishi bevosita va kechki operatsiyadan keyingi samaradorlikka erishish imkonini berishi isbotlangan. Exinokokkozning rezidual shakli bo‘lgan bemorlar tuzilmasida birlamchi tekshiruvida kamchilik kuzatilgan bemorlar asosiy qismni egallashi isbotlangan va ushbu kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun parazitar kistalarning o‘lchami, hamda joylashuvini hisobga oladigan diasnostik algoritm tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Ultratovushli dissektor – aspirator SONOCA 300 ning qo‘llanilishi jigar exinokozida zamonaviy radikal jarrohlik usullarini bajarish (24,1%) imkoniyatlarini kengaytiradi. Exinokokkozning rezidual shakli bo‘lgan bemorlar guruhida, kuzatilgan holatlarning faqatgina o‘ndan bir qismigina, birlamchi operatsiya vaqtida intraoperatsion asoratlar, kistaning qiyin lokalizatsiyasi, hamda bemorlar umumiy ahvolining og‘irligi sababli aniqlangan barcha kistalarni to‘liq olib tashlash imkoni bo‘lmaganligi bilan bog‘liq. UTT, MSKT, MR – xolangiografiya, intraoperatsion sonografiyaning qo‘llanilishi jigar exinokokkozini davolashning ham birlamchi, ham qayta bosqichlarida radikal aralashuvlar sonini oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi xirurgiya bo‘limi (buyruq №23, 27 yanvar 2024 y.) va Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasi xirurgiya bo‘limi (buyruq №2-A, 23 yanvar 2024 y.) amaliyotiga tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi natijasida qaytalangan jigar va qorin bo‘shlig‘i exinokokkozi bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalari yaxshilangan, bemorlar reabilitatsiyasi qisqargan. Ijtimoiy samaradorligi: operatsiya vaqtida ultratovushli dissektor – aspirator SONOCA 300 ning qo‘llanilishi oqibatida radikal operatsiyalarning foizi 24,1%ga oshdi. Operatsiyadan keyingi asoratlar miqdori 9,8% gacha kamaydi. Operatsiyadan keyingi uzoq davrdagi asoratlar, residivlar miqdori 1,9%ga kamaydi. Iqtisodiy samaradorligi: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 7 kundan 3 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 210 ming so‘mga kamaytirgan (rpm ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 76000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 150000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya harajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 35000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan bemorning yashash joyi bo‘yicha poliklinikalarda) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: Qaytalangan jigar va qorin bo‘shlig‘i exinokokkozi bilan og‘rigan bemorlarda radikal operatsiyalarni qo‘llash natijasida 1 nafar bemordan byudjet mablag‘larini 6400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 7200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish