Xo‘jaqulova Farida Ismoilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechganda angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari va gliflozinlarni muolajalardagi o‘rni hamda buyraklar fibrozlanishiga ta’siri» 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3307.
Ilmiy rahbar: Gadaev Abdug‘affor Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019. Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Sabirov Maqsud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Akbar Xatamovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kamqonlik rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda AAFI va GNKT2i -dapagliflozinning kamqonlikga hamda kardio-renoprotektiv samarasini o‘zaro solishtirma baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechgan bemorlarda siydikda fibroz markeri kollagen Ⅳ ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga kompleks muolajalar va glyukoza kotransporterlari ingibitori dapagliflozinning ta’siri solishtirma baholangan va uning sintezini rag‘batlantirishi isbotlangan;
surunkali yurak etishmovchiligi va kamqonlik komorbidlikda kechganda yurak ichi gemodinamikasiga kompleks muolajalar va AAFI va GNKT2i -dapagliflozinning chap qorincha qon otib berish fraksiyasini Ⅱ FS da 48,2% dan 54,6% ga va Ⅲ FSda 42,6 %dan 50,5 % ga oshib, nazorat guruhiga nisbatan yuqori ijobiy ta`siri aniqlangan;
surunkali yurak etishmovchiligida kuzatiladigan kamqonlikda glyukoza kotransporterlari ingibitorilari nefroprotektiv ta’siri aniqlangan va bu siydikda kollagen Ⅳ kamayishi hamda KFT oshishi bilan namoyon bo‘lishi asoslangan;
surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechganda kompleks muolajalar va glyukoza kotransporterlari ingibitori dapagliflozinning qondagi temir, ferritin ko‘rsatkichlari ishonchli ko‘payishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechganda angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari va gliflozinlarni muolajalardagi o‘rni hamda buyraklar fibrozlanishiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechgan bemorlarda siydikda fibroz markeri kollagen Ⅳ ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga kompleks muolajalar va glyukoza kotransporterlari ingibitori dapagliflozinning ta’siri solishtirma baholangan va uning sintezini rag‘batlantirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: 1 Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filialida 15.02.2024-yildagi 11-T-son buyruq hamda Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 29.02.2024-yildagi 31-T-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 iyuldagi 04/28-son xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: joriy qilingan usul kasallikning davo samaradorligini oshirish va kasallik asoratlari erta rivojlanishining oldini olish, hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda tavsiya etilgan standart muolajalar, ularda kasallik belgilarini samarali davolashga hamda bemorlarning yurak ichi gemodinamikasining va buyrakdagi fibroz jarayonlarining yaxshilanishi orqali og‘ir darajalarini, o‘lim va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshiradi. Xulosa surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechgan bemorlarda siydikda fibroz markeri kollagen Ⅳ ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga kompleks muolajalar va glyukoza kotransporterlari ingibitori dapagliflozinning ta’siri solishtirma baholash, uning sintezini rag‘batlantirishi bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari asoratlarini va yurak-qon tomir kasalliklaridan erta o‘limni oldini olishda imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi va kamqonlik komorbidlikda kechganda yurak ichi gemodinamikasiga kompleks muolajalar va AAFI va GNKT2i -dapagliflozinning chap qorincha qon otib berish fraksiyasini Ⅱ FS da 48,2% dan 54,6% ga va Ⅲ FSda 42,6 %dan 50,5 % ga oshib, nazorat guruhiga nisbatan yuqori ijobiy ta`siri aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: 1 Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filialida 15.02.2024-yildagi 11-T-son buyruq hamda Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 29.02.2024-yildagi 31-T-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 iyuldagi 04/28-son xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: joriy qilingan usul kasallikning davo samaradorligini oshirish va kasallik asoratlari erta rivojlanishining oldini olish, hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda tavsiya etilgan standart muolajalar, ularda kasallik belgilarini samarali davolashga hamda bemorlarning yurak ichi gemodinamikasining va buyrakdagi fibroz jarayonlarining yaxshilanishi orqali og‘ir darajalarini, o‘lim va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshiradi. Xulosa Surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechganda kompleks muolajalar tarkibida glyukoza kotransporterlari ingibitori dapagliflozinni mavjudligi eritropoetin sinteziga ijobiy ta’sir qilishi (Ⅱ FS da 8,4±1.2 dan 18.6±2.4 mIU/ml ga, 2,3 marotaba, Ⅲ FS da 6.8±1.4 dan 17.4±1.5 mIU/ml ga, 2,6 marotaba oshishi) va siydik bilan fibroz markyori kollagen IV ajralishi (Ⅱ FS 34,6% va Ⅲ FS da 31.5% ga (R<0,001)) kamayishi imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligida kuzatiladigan kamqonlikda glyukoza kotransporterlari ingibitorilari nefroprotektiv ta’siri aniqlangan va bu siydikda kollagen Ⅳ kamayishi hamda KFT oshishi bilan namoyon bo‘lishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: 1 Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filialida 15.02.2024-yildagi 11-T-son buyruq hamda Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 29.02.2024-yildagi 31-T-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 iyuldagi 04/28-son xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: joriy qilingan usul kasallikning davo samaradorligini oshirish va kasallik asoratlari erta rivojlanishining oldini olish, hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda tavsiya etilgan standart muolajalar, ularda kasallikni samarali davolashga hamda ularning yurak ichi gemodinamikasining va buyrakdagi fibroz jarayonlarining yaxshilanishi orqali og‘ir darajalarini, o‘lim va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligining oshishi orqali bir bemor uchun bir yilda o‘rtacha 718 714 so‘m mablag‘ tejash imkonini beradi.. Xulosa: standart davo negizida dapagliflozin qabul qilgan asosiy guruhda KFT ko‘rsatgichlari birinchi oyda yuqori ishonchli ijobiy tomonga o‘zgarganligini, bu giperfiltratsiya bilan emas, balki, glyukoza natriy kotransporteri 2 tip ingibitorlarining tizimli yallig‘lanish va tubulointerstisial skleroz jarayonlariga hamda gemodinamik o‘zgarishlarga ijobiy ta’sir qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechganda kompleks muolajalar va glyukoza kotransporterlari ingibitori dapagliflozinning qondagi temir, ferritin ko‘rsatkichlari ishonchli ko‘payishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: 1 Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filialida 15.02.2024-yildagi 11-T-son buyruq hamda Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 29.02.2024-yildagi 31-T-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 iyuldagi 04/28-son xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: dapagliflozinni SYuE mavjud bemorlar hayot sifatiga, shuningdek, ularning klinik holatidagi o‘zgarishi hamda shifoxonaga qayta yotishlar soni va uning davomiyligiga ham ijobiy ta’sir etish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda tavsiya etilgan standart muolajalar, ularda kasallik belgilarini samarali davolashga hamda bemorlarning yurak ichi gemodinamikasining va buyrakdagi fibroz jarayonlarining yaxshilanishi orqali og‘ir darajalarini, o‘lim va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshiradi. Xulosa: standart davo negizida dapagliflozin qabul qilgan asosiy guruhda temir, ferritin ko‘rsatkichlariga ta’siri solishtirma baholangan va ularni ishonchli ortishi aniqlangan.