Mamajonov Umidjon Shokirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Girshprung kasalligi bilan xastalangan bolalarni jarrohlik davolashning texnik jihatlarini takomillashtirish», 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2324.
Ilmiy rahbar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Baxtiyor Berdalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Terebaev Bilim Aldamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda Girshprung kasalligini xirurgik davolash natijalarini yo‘g‘on ichak transanal rezeksiyasini bajarishning texnik jihatlarini takomillashtirish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aganglionar soha davomiyligini inobatga olgan holda rezeksion bosqichni amalga oshirishdan keyin yo‘g‘on ichakning pastga tushuvchi qismi va atrof tuzilmalarning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab joylashgan holda koloanal anastomoz shakllantirish fekal inkontinensiya rivojlanishining asosiy xavf omili ekanligi aniqlangan;
to‘g‘ri ichak shilliq qavati tishsimon chizig‘idan quyida, anal teshikka yaqin joyda aylanma kesma o‘tkazish va teri-shilliq qavatli koloanal anastomoz qo‘yish reparativ jarayonlarni to‘liq vizual nazorat qilish imkoniyatlarini yaxshilashi hamda anal kanalning chandiqli stenozi shakllanish xavfini kamaytirishi isbotlangan;
bolalarda Girshprung kasalligida yo‘g‘on ichakni De La Torre-Ortega bo‘yicha transanal rezeksiya qilishning ichak tarkibini qismlab o‘tkazish va rezervuar funksiyani ta’minlash uchun anastomozlanuvchi chambar ichak erkin qismi va koloanal anastomoz shakllantirish sohasi topografiyasini o‘zgartirish bilan tavsiflanuvchi usuli takomillashtirilgan;
Girshprung kasalligi aniqlangan bolalarda yo‘g‘on ichak mikrobiotsenozining tuzilmaviy va miqdoriy xususiyatlari (chuqurlashgan disbakterioz) hamda ularning kompleks konservativ bioterapiya fonida tashrixdan keyingi reabilitatsiya jarayonidagi dinamik o‘zgarishlari (probiotiklarni qo‘llash fonida 4-6 xaftada disbakteriozning yo‘qolishi) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Girshprung kasalligi aniqlangan bolalarni xirurgik davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: aganglionar soha davomiyligini inobatga olgan holda rezeksion bosqichni amalga oshirishdan keyin yo‘g‘on ichakning pastga tushuvchi qismi va atrof tuzilmalarning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab joylashgan holda koloanal anastomoz shakllantirish fekal inkontinensiya rivojlanishining asosiy xavf omili ekanligi aniqlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 16 dekabrda 8n-r/1521-son bilan tasdiqlangan «Bolalar Girshprung kasalligida koloanal anastomoz o‘rnatish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 11.04.2022 yildagi 6-son, Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 20.06.2022 yildagi 11-son hamda Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 10.02.2022 yildagi 2-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: fekal inkontinensiya rivojlanishining asosiy xavf omilini bartaraf qilish Girshprung kasalligi bo‘lgan bolalarni xirurgik davolashning yaqin va uzoq muddatdagi funksional-organik asoratlarini kamaytirishga, shuningdek ularning xayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda Girshprung kasalligini xirurgik davolashdan keyingi asoratlar soni hamda shifoxonada yotish kunlari (7 kungacha) qisqarishi hisobiga bir bemor uchun dori-darmon xarajatlaridan (o‘rtacha 105000) 735000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni davolash standartlariga kiritish dori-darmon xarajatlariga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=38) 57800000 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: to‘g‘ri ichak shilliq qavati tishsimon chizig‘idan quyida, anal teshikka yaqin joyda aylanma kesma o‘tkazish va teri-shilliq qavatli koloanal anastomoz qo‘yish reparativ jarayonlarni to‘liq vizual nazorat qilish imkoniyatlarini yaxshilashi hamda anal kanalning chandiqli stenozi shakllanish xavfini kamaytirishi isbotlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 16 dekabrda 8n-r/1521-son bilan tasdiqlangan «Bolalar Girshprung kasalligida koloanal anastomoz o‘rnatish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 11.04.2022 yildagi 6-son, Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 20.06.2022 yildagi 11-son hamda Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 10.02.2022 yildagi 2-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: anal kanalning chandiqli stenozi shakllanish xavfini kamaytirish Girshprung kasalligi bo‘lgan bolalarni xirurgik davolashning yaqin va uzoq muddatdagi funksional-organik asoratlarini kamaytirishga, shuningdek ularning xayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda Girshprung kasalligini xirurgik davolashdan keyin anal kanalning chandiqli stenozi chastotasi hamda shifoxonada yotish kunlari (7 kungacha) qisqarishi hisobiga bir bemor uchun dori-darmon xarajatlaridan 735000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni davolash standartlariga kiritish dori-darmon xarajatlariga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=38) 57800000 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda Girshprung kasalligida yo‘g‘on ichakni De La Torre-Ortega bo‘yicha transanal rezeksiya qilishning ichak tarkibini qismlab o‘tkazish va rezervuar funksiyani ta’minlash uchun anastomozlanuvchi chambar ichak erkin qismi va koloanal anastomoz shakllantirish sohasi topografiyasini o‘zgartirish bilan tavsiflanuvchi usuli takomillashtirilganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 16 dekabrda 8n-r/1521-son bilan tasdiqlangan «Bolalar Girshprung kasalligida koloanal anastomoz o‘rnatish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 11.04.2022 yildagi 6-son, Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 20.06.2022 yildagi 11-son hamda Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 10.02.2022 yildagi 2-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: De La Torre-Ortega operatsiyasining texnik jixatlarini takomillashtirish operatsiyadan keyingi yaqin va uzoq muddatlarda bolalar xayot sifatining asosiy  ko‘rsatkichlarini (PedsQL ni shkalasi bo‘yicha) 70,8% dan 92,3% gacha yaxshilash, asoratlanish darajasini 63,8% dan 31,6% gacha kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Girshprung kasalligi bo‘lgan bolalarda De La Torre-Ortega bo‘yicha takomillashtirilgan usulning qo‘llanilishi operatsiyadan keyingi yaqin muddat kechishini baholovchi barcha asosiy ko‘rsatkichlarni (og‘riqsizlantirish davomiyligi, peristal`tikaning tiklanishi, enteral oziqlantirish va bemorlarni faollashtirishni boshlash muddatlari) yaxshilashi, shuningdek umumiy asoratlanish darajasini 63,8% dan 31,6% gacha kamaytirishi, shu bilan birga, gospitalizatsiya muddatlarini 22,1±3,2 dan 15,1±5,2 sutkagacha qisqartirishi hisobiga bir bemor uchun (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari preyskurantiga ko‘ra 1 kunlik yotoq uchun to‘lov 345000 so‘m byudjet mablag‘lari sarflanadi) 2415000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish o‘rin-kunlar kamayishi hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=38) 13110000 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Girshprung kasalligi aniqlangan bolalarda yo‘g‘on ichak mikrobiotsenozining tuzilmaviy va miqdoriy xususiyatlari (chuqurlashgan disbakterioz) hamda ularning kompleks konservativ bioterapiya fonida tashrixdan keyingi reabilitatsiya jarayonidagi dinamik o‘zgarishlari (probiotiklarni qo‘llash fonida 4-6 xaftada disbakteriozning yo‘qolishi) aniqlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 16 dekabrda 8n-r/1521-son bilan tasdiqlangan «Bolalar Girshprung kasalligida koloanal anastomoz o‘rnatish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 11.04.2022 yildagi 6-son, Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 20.06.2022 yildagi 11-son hamda Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 10.02.2022 yildagi 2-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Girshprung kasalligi aniqlangan bolalarda operatsiyadan keyingi kompleks reabilitatsiya dasturida probiotiklarning qo‘llanilishi yo‘g‘on ichak mikrobiotsenozining tiklanish jarayonlarini tezlatishga va klinik-funksional buzilishlar regressiga zamin yaratishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Girshprung kasalligi aniqlangan bolalarda yo‘g‘on ichak mikrobiotsenozining tuzilmaviy va miqdoriy xususiyatlarini inobatga olgan holda kompleks konservativ bioterapiya o‘tkazish hisobiga bir bemor uchun 2415000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish o‘rin-kunlar kamayishi hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=38) 13110000 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish