Saidova Sadoqat Yo‘ldoshovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tug‘ma yurak nuqsonlari bilan yangi tug‘ilgandan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar antropometrik tavsifi», 14.00.02 – Morfologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4018.
Ilmiy rahbar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, professor, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidulla Abdullaevich Rasulov, tibbiyot fanlari doktori; Qurbonov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Pavia universteti (Italiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyatida tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgandan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar antropometrik ko‘rsatkichlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Buxoro viloyatida tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarning jismoniy rivojlanish darajasini aniqlashning statistik jihatdan eng ahamiyatli antropometrik parametrlari aniqlangan;
birinchi marta yurakning exokardiografik ko‘rsatkichlari bolalarning jismoniy o‘sish ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro juft korrelyasiya koeffisienti (Pirson usuli) yordamida korrelyasion bog‘liqlik darajalari aniqlanagan;
tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarning yoshi, tana qismlarining me’yoriy morfometrik parametrlari, chegaralari, o‘sish va rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda ilk bor morfometrik ko‘rsatkichlarning yoshga xos xususiyatlari va tana qismlarining tizimli o‘zgarishi asoslangan;
tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalar exokardiografik o‘lchamlari sog‘lom bolalar exokardiografik o‘lchamlaridan sezilarli tarzda farq qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tug‘ma yurak nuqsonlari bilan yangi tug‘ilgandan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar antropometrik tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Buxoro viloyatida tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarning jismoniy rivojlanish darajasini aniqlashning statistik jihatdan eng ahamiyatli antropometrik parametrlari o‘rganilganligi takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 3 avgustdagi 23-m/079 son xulosasi bilan tasdiqlangan «Tug‘ma yurak nuqsonlari bilan tug‘ilgandan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda exokardiografik ko‘rsatkichlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.05.2024 yildagi 46-son hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasining 15.05.2024 yildagi 2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/52-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarda antropometrik ko‘rsatkichlarning qiyosiy tavsifi bo‘yicha samarali usullarini ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilish darajasi, ularning o‘ziga xos klinikasi hamda yangi zamonaviy antropometrik tekshiruvlarning ishlab chiqilganligi vizual tekshirish o‘tkazish jarayoni samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib 1 nafar bemor uchun umumiy antropometriya narxi 75000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: birinchi marta yurakning exokardiografik ko‘rsatkichlari bolalarning jismoniy o‘sish ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro juft korrelyasiya koeffisienti (Pirson usuli) yordamida korrelyasion bog‘liqlik darajalari o‘rganilganligi takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 3 avgustdagi 23-m/079 son xulosasi bilan tasdiqlangan «Tug‘ma yurak nuqsonlari bilan tug‘ilgandan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda exokardiografik ko‘rsatkichlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.05.2024 yildagi 46-son hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasining 15.05.2024 yildagi 2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/52-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarda antropometrik hamda exokardiografik ko‘rsatkichlarni Pirson usulida korrelyasion bog‘liqlik darajalarini o‘rganish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarni, yangi zamonaviy antropometrik va exokardiografik tekshiruvlarning ishlab chiqilganligi vizual tekshirish o‘tkazish jarayon samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib 1 nafar bemor uchun umumiy antropometriya va exokardiografik tekshiruv narxi 75000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarning yoshi, tana qismlarining me’yoriy morfometrik parametrlari, chegaralari, o‘sish va rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda ilk bor morfometrik ko‘rsatkichlarning yoshga xos xususiyatlari va tana qismlarining tizimli o‘zgarishi asoslab berilganligi takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 3 avgustdagi 23-m/079 son xulosasi bilan tasdiqlangan «Tug‘ma yurak nuqsonlari bilan tug‘ilgandan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda exokardiografik ko‘rsatkichlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.05.2024 yildagi 46-son hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasining 15.05.2024 yildagi 2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/52-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida tug‘ilgandan 3 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalarning tana turli qismlarini antropometrik ko‘rsatkichlari o‘rganildi va baholandi. Bu ko‘rsatkichlar tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarning yoshiga ko‘ra me’yoriy o‘zgarish chegaralari asoslab berilgan. Iqtisodiy samaradorligi: tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarning eng maqbul antropometrik ko‘rsatkichlarning ishlab chiqilganligi tekshirish o‘tkazish jarayoni samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib 1 nafar bemor uchun umumiy antropometriya narxi 75000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalar exokardiografik o‘lchamlari sog‘lom bolalar exokardiografik o‘lchamlaridan sezilarli tarzda farq qilishi isbotlangan bo‘lib takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 3 avgustdagi 23-m/079 son xulosasi bilan tasdiqlangan «Tug‘ma yurak nuqsonlari bilan tug‘ilgandan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda exokardiografik ko‘rsatkichlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 15.05.2024 yildagi 46-son hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasining 15.05.2024 yildagi 2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/52-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida tug‘ilgandan 3 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalarning exokardiografik ko‘rsatkichlari o‘rganildi va baholandi.Ular mintaqamiz bolalari uchun milliy standart sifatida tavsiya etiladi. Olingan ma’lumotlar bolalar orasida uchraydigan tug‘ma yurak nuqsonini o‘z vaqtida aniqlash, exokardiografik ko‘rsatkichlarni sog‘lom va tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalar orasidagi farq nisbatlarini aniqlashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarning eng maqbul exokardiografik ko‘rsatkichlarning ishlab chiqilganligi tekshirish o‘tkazish jarayoni samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib 1 nafar bemor uchun umumiy exokardiografiya narxi 75000 so‘m byujet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tug‘ma yurak nuqsonlari bilan yangi tug‘ilgandan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar antropometrik tavsifi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengash raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2024 yil 20 iyundagi 01/04/5465-son xat yuborilgan.