Yarashev Sultonbek Saloxiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir xolesistit kasalligini xoledoxolitiaz bilan asoratlangan bemorlarda xirurgik davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3078.
Ilmiy rahbarlar: Kadirov Rustam Nadirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shonazarov Iskandar Shonazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Belarus davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir xolesistit va xoledoxolitiaz bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini minimal invaziv aralashuvlarni ustuvor qo‘llash va jarrohlik amaliyoti yordamida davolashning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish va takomillashtirilgan detoksikatsiya usullarini qo‘llash orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katta klinik material asosida o‘tkir destruktiv xolesistit va xoledoxolitiazning obstruktiv xolangit bilan birikmasi, o‘lim sabablari va yiringli-septik asoratlari sifatida o‘t-tosh kasalligining murakkab shakllarini jarrohlik davolashning rivojlanish omillari hamda qoniqarsiz natijalarining chastotasi aniqlangan;
o‘tkir xolesistitni xoledoxolitiaz bilan birgalikda davolashda bosqichli minimal invaziv va bir bosqichli jarrohlik aralashuvlarni qo‘llash ko‘rsatkichlari hamda ketma-ketligi asoratlarning klinik belgilarning ustuvorligiga qarab aniqlangan;
xolangit bilan og‘rigan bemorlarda detoksikatsion plazmaferez orqali xolemik endotoksikozni plazmaning bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi (BEKO) bilan davolash usuli ishlab chiqilgan;
o‘tkir xolesistitni xoledoxolitiaz bilan birgalikda xolangit bilan asoratlangan bemorlarni minimal invaziv dekompressiya aralashuvlaridan ustuvor foydalanish hamda plazmaferezni kompleks jarrohlik davolashda plazma BEKO bilan to‘ldirilishi davolash natijalarini yaxshilashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 – yil 26 – avgustdagi 05/19 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: katta klinik material asosida o‘tkir destruktiv xolesistit va xoledoxolitiazning obstruktiv xolangit bilan birikmasi, o‘lim sabablari va yiringli-septik asoratlari sifatida o‘t-tosh kasalligining murakkab shakllarini jarrohlik davolashning rivojlanish omillari hamda qoniqarsiz natijalarining chastotasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: xoledoxolitiaz tufayli obstruktiv sariqlikni va o‘tkir destruktiv xolesistitni ham radikal davolashda o‘tkazilgan shoshilinch operatsiyalardan so‘ng o‘lim va yiringli-septik asoratlarning yuqori foizi kuzatilishi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: o‘tkir xolesistit kasalligini xoledoxolitiaz bilan asoratlangan bemorlarning davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand viloyati kup tarmokli tibbiyot markazi 01.06.2024 y. 257-U-son buyrug‘i va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali 15.08.2023 y. №57-i buyruqlari bilan III-xirurgiya bo‘limlarining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashining 2023 yil 12 aprel`dagi 9-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: faktor tahlili shuni ko‘rsatdiki, o‘t-tosh kasalligining murakkab shakllari bilan og‘rigan bemorlarni davolashda o‘limning (12% gacha) va septik asoratlar (44% gacha) eng yuqori foizi bir bosqichli urinish bilan xoledoxolitiaz tufayli o‘tkir destruktiv xolesistit va obstruktiv xolangitni shoshilinch ravishda radikal jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng kuzatilgan. Iqtisodiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: o‘t-tosh kasalligining asoratlangan shakllari bilan bemorlarning stasionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4893350 so‘m (Viloyat kup tarmokli tibbiyot markazi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 755400 so‘m sarflanadi. Agarda bemorlarda to‘liq yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 1510800 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: o‘t-tosh kasalligining asoratlangan shakllari bilan kasallangan bemorlarga tavsiya qilingan kompleks davo usulini qo‘llanilishi 1 yilda 1510800 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 453240 so‘m budjet mablag‘lari, 1057560 so‘m budjetdan tashqari mablag‘lar.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir xolesistitni xoledoxolitiaz bilan birgalikda davolashda bosqichli minimal invaziv va bir bosqichli jarrohlik aralashuvlarni qo‘llash ko‘rsatkichlari hamda ketma-ketligi asoratlarning klinik belgilarning ustuvorligiga qarab aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘tkir destruktiv xolesistit yoki o‘tkir obstruktiv xolangitning klinik belgilariga qarab, o‘t yo‘llarini minimal invaziv dekompressiya qilish usuli va ketma-ketligini tanlash uchun ko‘rsatmalar berilgan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: o‘tkir xolesistit kasalligini xoledoxolitiaz bilan asoratlangan bemorlarning davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand viloyati kup tarmokli tibbiyot markazi 01.06.2024 y. 257-U-son va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali 15.08.2023 y. №57-i buyruqlari bilan III-xirurgiya bo‘limlarining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashining 2023 yil 12 aprel`dagi 9-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorning ahvolining og‘irligini hisobga olgan holda va o‘tkir destruktiv xolesistit yoki o‘tkir obstruktiv xolangitning tarqalishiga qarab, o‘t yo‘llariga minimal invaziv dastlabki dekompressiyali aralashuvlar yordamida bosqichma-bosqich jarrohlik davolash yiringli-xolemik intoksikatsiya paydo bo‘lishini oldini olish va keyingi radikal operatsiyalar natijalarini yaxshilashga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: o‘t-tosh kasalligining asoratlangan shakllari bilan bemorlarning stasionar sharoitda davolash odatda minimal invaziv dastlabki dekompressiyali aralashuvlar umumiy o‘rtacha 1180400 so‘m sarflanadi (Viloyat kup tarmokli tibbiyot markazi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida ijobiy natijalar 4 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 4721600 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: o‘t-tosh kasalligining asoratlangan shakllari bilan kasallangan bemorlarga tavsiya qilingan minimal invaziv dastlabki dekompressiyali aralashuvlar usulini qo‘llanilishi 1 yilda 4721600 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 1416480 so‘m budjet mablag‘lari, 3305120 so‘m budjetdan tashqari mablag‘lar.
uchinchi ilmiy yangilik: xolangit bilan og‘rigan bemorlarda detoksikatsion plazmaferez orqali xolemik endotoksikozni plazmaning bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi (BEKO) bilan davolash usuli ishlab chiqilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: tavsiya etilgan algoritmga muvofiq o‘tkir xolesistitli bemorlarni xoledoxolitiaz bilan birgalikda bosqichma-bosqich jarrohlik davolash orqali asoratlar va o‘lim sonini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: o‘tkir xolesistit kasalligini xoledoxolitiaz bilan asoratlangan bemorlarning davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand viloyati kup tarmokli tibbiyot markazi 01.06.2024 y. 257-U-son va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali 15.08.2023 y. №57-i buyruqlari bilan III-xirurgiya bo‘limlarining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashining 2023 yil 12 aprel`dagi 9-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ultratovush tekshiruvi ostida mikroxolesistostomiya (24,6%), nazobiliar drenaj bilan transduodenal papillotomiya (36,9%) yordamida ishlab chiqilgan diagnostika va terapevtik algoritm davolashning keyingi bosqichlarida laparoskopik usulda (30,1%) yoki minilaparotomik kirishda (46,6 %) XE ni amalga oshirishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: o‘t tosh kasalligining asoratlanganligi bilan bemorlarda taklif etilgan mikroxolesistektomiya jarrohlik bilan odatda umumiy o‘rtacha 1180400 so‘m sarflanadi (Viloyat kup tarmokli tibbiyot markazi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan mikroxolesistektomiya jarrohlikni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5311800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: o‘t tosh kasalligining asoratlanganligi bilan bemorlarda tavsiya qilingan mikroxolesistektomiya usulini qo‘llanilishi 1 yilda 5311800 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 1593540 so‘m budjet mablag‘lari, 3718260 so‘m budjetdan tashqari mablag‘lar.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir xolesistitni xoledoxolitiaz bilan birgalikda xolangit bilan asoratlangan bemorlarni minimal invaziv dekompressiya aralashuvlaridan ustuvor foydalanish hamda plazmaferezni kompleks jarrohlik davolashda plazma BEKO bilan to‘ldirilishi davolash natijalarini yaxshilashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘tkir xolesistit bilan og‘rigan bemorlarni xoledoxolitiaz bilan birgalikda davolashda nazobiliar drenaj bilan perkutan-transgepatik mikroxolesistostomiya va transduodenal endoskopik aralashuvlardan profilaktik foydalanishning klinik samaradorligi tasdiqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: o‘tkir xolesistit kasalligini xoledoxolitiaz bilan asoratlangan bemorlarning davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand viloyati kup tarmokli tibbiyot markazi 01.06.2024 y. 257-U-son va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali 15.08.2023 y. №57-i buyruqlari bilan III-xirurgiya bo‘limlarining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashining 2023 yil 12 apel`dagi 9-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir destruktiv xolesistit bilan og‘rigan bemorlarni xoledoxolitiaz tufayli obstruktiv xolangit bilan birgalikda jarrohlik davolashning taktik va texnik jihatlarini minimal invaziv aralashuvlardan ustuvor foydalanish tamoyillari asosida optimallashtirish, bemorlarning asosiy guruhida davolash natijalarini yaxshilashga olib keldi: Bu yerda yiringli-septik asoratlar 13,7%, o‘lim darajasi - 2,7%, taqqoslash guruhida esa mos ravishda 33,3% va 7,8% ga kamaytirishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘t tosh kasalligining asoratlanganligi bilan bemorlarni stasionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4893350 so‘m (Viloyat kup tarmokli tibbiyot markazi preyskurantiga ko‘ra) sarflanadi. Bu summaning ichida operativ davo va 2 kun reanimatsiya bo‘limidagi o‘rin-kunlar 1829900 (431300 + 1398600) so‘mni tashkil qiladi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida laparoskopik jarrohlik amaliyotini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3659800 so‘mni (2 nafar bemorga) tashkil etadi. Xulosa: o‘t tosh kasalligining asoratlanganligi bilan bemorlarda tavsiya qilingan kompleks davo usulini qo‘llanilishi 1 yilda 3659800 so‘mni, shundan 1097940 so‘m budjet mablag‘lari, 2561860 so‘m budjetdan tashqari mablag‘lar iqtisod qilish imkonini bergan.