Sherov Obid Orifboevichning
patentlar majmuasi asosida o‘tkaziladigan texnika fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Tashuvchisiz yod-131 radioizotopi asosida substansiya olish texnologiyasini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy qilish”, 01.04.01 – eksperimental fizikaning asboblari va usullari (texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3554
Ilmiy rahbar: Xujaev Saidaxmad, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti, “Radiopreparat” Davlat Korxonasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tashuvchisiz yod-131 radionuklidi substansiyasini natriy yodid shaklida yuqori tozalikda olish usulini ishlab chiqish va tayyor mahsulotning yakuniy xususiyatlarini yaxshilash hamda  vaqtni qisqartirish orqali texnologik jarayonni takomillashtirishdan iborat
III Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reaksiya aralashmasiga suyultirilgan sulfat kislotani tomchilab qo‘shib tellur qo‘shimchalaridan chuqur tozalashni ta’minlaydigan, yod-131ni yopiq distillash moslamasida qo‘shimcha tozalash usuli ishlab chiqilgan;
yod-131 radionuklidining sorbsiya darajasi 99,0 %gacha bo‘lgan 131I- ionlarga nisbatan selektiv bo‘lgan, kumush ionlari (Ag+) bilan ishlov berilgan alyuminiy oksidi asosida modifikatsiyalangan sorbent olish usuli ishlab chiqilgan;
xromatografik kolonkaning modifikatsiyalangan sorbentida yod-131 radionuklidining 99,0 %gacha sorbsiyasi uchun optimal sharoitlar (radioaktiv eritmaning kolonka orqali o‘tish tezligi va eritma harorati) aniqlangan;    
birinchi marta alyuminiy oksidi [Al2O3(Ag)]+ asosida modifikatsiyalangan sorbentda yod-131 radionuklidini tellurning makro miqdorlaridan ajratishning adsorbsion-xromatografik usuli ishlab chiqilgan;
kolonkaning sorbent fazasidan (Al2O3) yod-131 ni sublimatsiya qilish qurilmasi yaratilgan va nisbatan past haroratda (560±5 0C) 131I ning yuqori unumini (93,5%) 1,0 soat davomida tellur qo‘shimchalarining miqdori (<1 mkg/ml) va yuqori kimyoviy hamda radionuklidlar tozaligini (<99,9 %) ta’minlash uchun sharoitlar aniqlangan.  
IV Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: yod-131 radionuklidi asosida radiofarmatsevtik substansiya ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishda olingan natijalarga asoslanib:
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan № IAP 06401-sonli “Tashuvchisiz yod-131 ni natriy yodid shaklida olish usuli”ga ixtiro patenti olingan (“Radiopreparat” davlat korxonasining 2024-yil 21-maydagi dalolatnomasi asosidagi O‘zR Fanlar akademiyasining 2024-yilning 3-iyundagi №2/1255-1210-sonli xati). Ixtironi qo‘llash natijasida tellur (IV) oksidning nurlatilgan namunalarining solishtirma radioaktivligi sezilarli darajada oshirish va natijada maqsadli radionuklid 131I ning unumini oshirish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan № FAP 01696-sonli “Tashuvchisiz yod-131 ni natriy yodid shaklida olish usuli”ga foydali model uchun patent olingan (“Radiopreparat” davlat korxonasining 2024-yil 21-maydagi dalolatnomasi asosidagi O‘zR Fanlar akademiyasining 2024-yilning 3-iyundagi №2/1255-1210-sonli xati). Foydali modelni qo‘llash natijasida 131I sublimatsiyasi uchun qurilma yaratilgan, bu mavjud texnologiyani sezilarli darajada soddalashtirish, texnologik jarayonning vaqtini qisqartirish va shu bilan birga yakuniy mahsulotni yuqori tozaligiga erishishga imkonini bergan;
ishlab chiqilgan “Natriy yodid, tashuvchisiz yod-131 bilan” substansiyasi olish texnologiyasi “Radiopreparat” davlat korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan. Amalga oshirilgan texnologiyadan foydalanib, har yili respublika klinikalarining ehtiyojlarini qondirish uchun 27 Ci ga yaqin radiofarmatsevtika preparatlari ishlab chiqariladi va “SNMR (Buyuk Britaniya) 2023-yil 30-martdagi № SNMR-CNY-2023-sonli, Eckert & Zeigler Chemotrade GmbH (Germaniya) 2023-yil 23-noyabrdagi № EX-2024-sonli, “Institute of Isotopes Co. Ltd.” 2023-yil 2-fevraldagi № HUN-2024 (Vengriya) sonli shartnomalar asosida 1500 Ci dan ortiq mahsulot  xorijiy kompaniyalarga eksport qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish