Ivanyan Arsen Ignatevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib ishlab chiqarish obektlarining raqamli egizaklari nazariyasini rivojlantirish”, 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/T790.
Ilmiy maslahatchi: Adilov Farukh Tulkunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc. 03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Igamberdiev Xusan Zakirovich texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi; Maraximov Avazjon Raximovich texnika fanlari doktori, professor; Musaev Muhammadjon Maxmudovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft-kimyo sanoatining har qanday obektida murakkab texnologik ishlab chiqarish sxemasi bilan foydalanish uchun etarli darajada universal bo‘lgan birlashtirilgan integratsiyalashgan raqamli egizakning konseptual arxitekturasini ishlab chiqish va o‘rganish, shu bilan birga amalga oshirishning kafolatlangan yillik texnik-iqtisodiy samarasini ta’minlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
murakkab texnologik ishlab chiqarish sxemasiga ega ishlab chiqarish obekti uchun yagona integratsiyalashgan raqamli egizakning tipik konseptual arxitekturasi ishlab chiqilgan;
tanlangan ishlab chiqarish aktivlarining texnologik jarayonlari va barcha asosiy toifalari modellarining to‘liq kutubxonasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosida obekt samaradorligini oshirishni ta’minlovchi ko‘p vazifali yagona integrallashgan raqamli egizak yaratilgan;
integrallashgan raqamli egizakning yaxlitligi va uning real vaqt bo‘yicha samarali ishlashini ta’minlovchi yagona raqamli egizakning asosiy proeksiyalari: ishlab chiqarish obektining texnologik jarayonlarini simulyasiyalash va optimallashtirish proeksiyasi, aktivlarning unumdorligini boshqarish proeksiyasi, texnologik jarayonlarni boshqarish tizimining onlayn kloni proeksiyasi, texnologik jarayonlarni takomillashgan boshqarish va ishlab chiqarishni optimallashtirish proeksiyalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning strukturasi ishlab chiqilgan;
real vaqt rejimida ma’lumotlarni arxivlash va almashish tizimining bir nechta mexanizmlari asosida eng ishonchli ma’lumotlar manbasini ko‘rsatadigan texnologik jarayonni boshqarishni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus funksiya ishlab chiqilgan;
birinchi marta Fisher-Tropsh sintez reaktorining to‘liq raqamli egizak modeli va unga mos keladigan Fisher-Tropsh usuli bo‘yicha sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish jarayonini simulyasiyalashning raqamli egizagini modeli ishlab chiqilgan;
raqamli egizak proeksiyalarini yanada takomillashtirish uchun sun’iy intellektning istiqbolli usullari va algoritmlari to‘plami aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqarish obektlarining raqamli egizaklari nazariyasini rivojlanish bo'yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi shakllarda joriy etildi:
yagona integrallashgan raqamli egizakning strukturasi, raqamli egizaklarning proeksiyalari hamda PHD dasturiy-apparatli platformasi asosida amalga oshirilgan real vaqt rejimida ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (RVR MBBT) o‘rtasida onlayn rejimda ma’lumotlar almashinuvining interfeyslari va mexanizmlari  “UzGTL” MChJda joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2024-yil 13-avgustdagi 03-18-8-714-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologik jarayon to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish uchun sarflanadigan vaqtni kamaytirishga imkon bergan;
sun’iy intellektning integrallashgan algoritmlaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan modellar va ular asosida texnologik jarayonlarni simulyasiyalash va aktivlarning unumdorligini boshqarishning raqamli egizaklari proeksiyalari “UzGTL” MChJ da joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2024-yil 13-avgustdagi 03-18-8-714-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologik rejimning o‘zgarishi haqida boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun sarflanadigan vaqtni kamaytirish imkonini bergan;
barcha ishlab chiqilgan raqamli egizaklar sinovdan o‘tkazilgan va UzGTL majmuasining ishlab chiqarish jarayonlariga o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladigan bir nechta optimallashtirish senariylari ishlab chiqilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2024-yil 13-avgustdagi 03-18-8-714-son ma’lumotnomasi). Natijada maqsadli mahsulotlar ishlab chiqarish 2-3 % ga oshgan va zavodning rejadan tashqari ishlamay qolish vaqti kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish