Turdikulova Barno Toirkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek tillarida geologiya sohasiga oid termin va leksemalarning struktur-semantik tadqiqi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1854.
Ilmiy rahbar: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Gadoeva Mavlyuda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Djabbarov Sherzod Xalikulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi geologiya sohasiga oid termin va leksemalarning struktur-semantik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillari geologiya terminosistemasida inson kognitiv va madaniy-lisoniy faoliyatining verballashuvi natijasida yuzaga keladigan erkin va barqaror, bir maʼnoli va ko‘p maʼnoli terminlar semantik-struktur aspektda termin-so‘zlar, termin-birikmalar, ko‘p leksemali terminlar, qisqartmalar, belgili so‘zlar kabi strukturalar negizida ifodalanishi aniqlangan;
qiyoslanayotgan tillardagi geologiya sohasiga oid terminlar yasalish jarayonining kommunikativ va derivativ xarakteri terminologik birlikning matn rivoji doirasida voqelanishi va matn hosil qilish qonuniyatlari bilan belgilanishi barobarida mazkur jarayon natijasi sifatida terminning ikkilamchi mahsulot ekanligi asoslangan;  
shog‘ishtirilayotgan tillarda geologiya o‘zlashma leksik qatlamining nutqda qo‘llanish chastotasi va miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali iste’molga kiritilishida tillararo dominantlik xususiyatlari, ushbu leksik birliklarning aktiv va passiv tarjima lug‘atlaridagi leksikografik talqinining farqi, passiv lug‘atlarda xorijiy leksemaning milliy tildagi izohining berilishi, aktiv lug‘atlarda esa ona tilidagi so‘z orqali uning xorijiy muqobilini topish mumkinligi isbotlangan;
har ikkala tilda geologiya sohasiga oid ayrim terminologik birliklarning shakllanish manbai sifatida ikki til tizimidagi leksik paradigmalarning fizik xossalari, kimyoviy tarkibiga muvofiq nomlash prinsiplarining nominatsion-motivatsion belgilari toponim va eponim (antroponim) so‘zlar orqali tashkil etilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida geologiya sohasiga oid termin va leksemalarning struktur-semantik tadqiqi asosida:
shog‘ishtirilayotgan tillarda geologiya o‘zlashma leksik qatlamining nutqda qo‘llanish chastotasi va miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali iste’molga kiritilishida tillararo dominantlik xususiyatlari, ushbu leksik birliklarning aktiv va passiv tarjima lug‘atlaridagi leksikografik talqinining farqi, passiv lug‘atlarda xorijiy leksemaning milliy tildagi izohining berilishi, aktiv lug‘atlarda esa ona tilidagi so‘z orqali uning xorijiy muqobilini topish mumkinligiga doir xulosalardan Guliston davlat universitetida 2015-2017 yillarda bajarilgan IDT I, A I 219 “Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz tili) yangilanishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha C1 darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish” amaliy loyihasi doirasida bakalavrlar uchun yaratilgan “English for Geologiss” o‘quv qo‘llanmasi mavzularini boyitishda foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2023-yil 25 maydagi 01 04 13/1208-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur o‘quv qo‘llanma mavzulari ko‘lami kengaygan va umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha C1 darajasini egallashni ta’minlaydigan tegishli ilmiy tavsiya va xulosalar bilan boyitilgan;
qiyoslanayotgan tillardagi geologiya sohasiga oid terminlarning yasalish jarayonining kommunikativ va derivativ xarakteri terminologik birlikning matn rivoji doirasida voqelanishi va matn hosil qilish qonuniyatlari bilan belgilanishi, mazkur jarayon natijasi sifatida terminning ikkilamchi mahsulot ekanligiga oid nazariy xulosalardan Guliston davlat universitetida 2015-2017 yillarda bajarilgan IDT I, A I 219 “Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz tili) yangilanishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha C1 darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish” amaliy loyihasi doirasida bakalavrlar uchun yaratilgan “English for Geologiss” o‘quv qo‘llanmasi mavzularini boyitishda foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2023-yil 25 maydagi 01 04 13/1208-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy loyiha mazmuni tegishli ilmiy tavsiya va xulosalar bilan boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillari geologiya terminosistemasida inson kognitiv va madaniy-lisoniy faoliyatining verballashuvi natijasida yuzaga keladigan erkin va barqaror, bir maʼnoli va ko‘p maʼnoli terminlar semantik-struktur aspektda termin-so‘zlar, termin-birikmalar, ko‘p leksemali terminlar, qisqartmalar, belgili so‘zlar kabi strukturalar negizida ifodalanishi oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston Pespublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida 2020-2022-yillarda bajarilgan “Chegara” shifrli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 10-apreldagi 10/617-son ma’lumotnomasi). Natijada akademiya magistrantlari, ilmiy izlanuvchilari hamda talabalari uchun mutaxassislik fanlariga oid geologik terminlarni chuqur o‘zlashtirish imkoniyati yazaga kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish