Yuldashev Xayot Xurmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Chiqindi gazlarni CO dan tozalash uchun kamyob er metallari asosida katalizatorlar olish va ularning katalitik xossalarini o‘rganish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/K603.
Ilmiy rahbar: Mansurov Yulbarsxon Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasar nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti huzuridagi DSc.03/30.04.2021.T.106.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Zuxra Chingizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Razzoqova Surayyo Razzoqovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: seriy, zirkoniy, kamyob er metallari (KYM) oksidlaridan tashkil topgan ko‘p komponentli oksid tizimga platina yurgizish asosida katalizatorlar sintez qilish va uglerod (II) oksidining oksidlanish reaksiyalarida ularning katalitik xossalarini aniqlash va taqqoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ce0,72Zr0,18Me0,10O2-δ, bu erda Me = Pr, Nd, Sm, Eu, Gd, Dy , Ho, Tm, Er, Lu, fluorit tipidagi birikmalarining izostruktura qatoridagi qattiq eritmalari uchun “tarkib-tuzilish-katalitik faollik” ning bog‘liqligini, birinchi marta CO ning 50 va 90% konversiyasi harorati va dopantning ion radiusi (M-kation) o‘rtasida korrelyasiyasi isbotlangan;
Ce+3/Ce+4 va Pr+3/Pr+4 oksidlanish-qaytarilish o‘tishlari tufayli eng rivojlangan g‘ovaksimon tuzilishga va eng yuqori katalitik faollikka ega bo‘lgan kompozisiya Ce0,72Zr0,18Pr0,10O2-δ ning afzalligi aniqlangan;
Ce0,72Zr0,18Pr0,10O2-δ yuzasida Pr+3 ionlarining segregatsiyasi mavjudligi ko‘rsatilgan, bu Ce:Zr:Pr stoxiometrik nisbatining 1:1,2:5,5 gacha o‘zgarishida qattiq eritma hosil bo‘lishi aniqlangan;
Flyuorisimon Ce0,72Zr0,18Pr0,10O2-δ qattiq eritmaning CeO2 va Ce0,80Zr0,20O2 larga nisbatan yuqori termik bardoshlikka egaligi, bu Pr+3 ionlari bilan dopantlash natijasi ekanligi aniqlangan;
Pt/Ce0,72Zr0,18Pr0,10O2-δ katalizatori uchun kuchli “metall-tashuvchi” o‘zaro taʼsiri (SMSI) effektini namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanishi, bu esa yuza qismida PtxCe1-xO2 va PtO2 qattiq eritmasini hosil bo‘lishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chiqindi gazlarni CO va chiqindi gazlardan tozalash uchun kamyob er metallari asososida katalizatorlarni olish va ularning katalitik xususiyatlarini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
taqdim etilgan katalizatorlar yordamida uglerod (II) oksidining katalitik oksidlanishi reaksiyasida seriy, sirkoniy va prazeodim oksidlarini hamda platina qoplamali g‘ovaksimon inert keramik katalizator olish ishlanmasi «Farg‘ona NQIZ» MChJning «2025-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona NQIZ” MChJning 2023 yil 26 yanvardagi 02-03-01/16-son ma’lumotnomasi) Natijada, katalizator namunalarining katalitik faolligi uglerod (II) oksidining karbonat angidridga aylanish imkonini beradi;
yuqori g‘ovaksimon keramik blok tashuvchisi yuzasiga Pt/Ce0,72Zr0,18Pr0,1O2 yurgizilgan katalizatorlari chiqindi gazlarini uglerod (II) oksididan katalitik tozalash usuli «Farg‘ona NQIZ» MChJ da amaliyotga tadbiq qilingan («Farg‘ona NQIZ” MChJning 2023 yil 26 yanvardagi 02-03-01/16-son ma’lumotnomasi) Natijada, neft mahsulotlarini qayta ishlashda chiqadigan chiqindi gazlarni tozalash darajasi 1-blokda 97% gacha, 2-blokda 99% gacha samaradorlikka erishish imkonini bergan.