Gaibberdiev Sunnatilla Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligida erdan foydalanuvchilar erlarining me’yoriy qiymatini aniqlash uslubini takomillashtirish (Toshkent viloyati Qibray tumani misolida)”, 06.01.10-Er tuzish, kadastr va er monitoringi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx856.
Ilmiy rahbar: Turaev Ruhiddin Amirqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zdaverloyiha» davlat-ilmiy loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/07.06.2024.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Qurvantoev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Muxtorov O‘zbekxon Burxonovich, iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Raqamli texnologiyalarini qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligi erlari me’yoriy qiymatini aniqlash uslublarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qibray tumanida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari so‘ngi 10 yil oralig‘ida (2013-2023 yy.) 7 480 gektarga kamayganligi, bunda hududning davriy ekin er maydonlarining o‘zgarib turish tendensiyalari qishloq xo‘jaligi erlarining me’yoriy qiymatini muntazam yangilanib borishi xususiyatlariga bog‘liqligi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi erlari xaritasi > erdan foydalanuvchilar atributiv ma’lumotlari > Kadastr agentligi Uzkad dasturi > Erdan foydalanuvchilarning STIIR raqamlari > Iqtisodiyot va moliya vazirligi yillik o‘rtacha bazaviy hisoblash miqdori > «Elektron raqamli tizimda qishloq xo‘jaligi erlarini me’yoriy qiymatini aniqlash dasturi» dasturiy ta’minoti > Soliq qo‘mitasi «Tashqi manbaa resurs» portaliga integratsiya qilish orqali qishloq xo‘jalik erlari me’yoriy qiymatini aniqlash ketma-ketligi mexanizmi asoslangan;
erdan foydalanuvchi(lar)ning maqomi, er egasi yoki er maydoni, shuningdek erlar tuproq ball boniteti o‘zgargan hollarda, zamon va makon doirasida onlayn dasturlar integratsiyasi asosida qishloq xo‘jaligi er maydonlarini me’yoriy qiymatini tezkor aniqlanishi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi ekin erlarini me’yoriy qiymatini aniqlash bo‘yicha raqamli texnologiya va dasturiy ta’minotlar yordamida takomillashgan uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyati misolida Qishloq xo‘jaligi erlarining me’yoriy qiymatini aniqlash, er resurslarini boshqarish mexanizmalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Qishloq xo‘jaligi erlarining me’yoriy qiymatini aniqlash bo‘yicha takomillashgan uslubiyati» ishlab chiqilgan va Qishloq xo‘jaligi vazirligi Toshkent viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 28-noyabrdagi 04/29-05/6110-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi erlari me’yoriy qiymatini aniqlash va ulardan samarali foydalanishda uslubiy tavsiyanoma sifatida xizmat qilgan;
qishloq xo‘jaligi erlari me’yoriy qiymatini aniqlashning maqbul muddatlari ishlab chiqilgan va «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti «Toshvilerloyiha» bo‘linmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 28 -noyabrdagi 04/29-05/6110-son ma’lumotnomasi). Natijada, erdan foydalanuvchi(lar)ning maqomi, er egasi yoki er maydoni, shuningdek erlar tuproq ball boniteti o‘zgargan hollarda «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti mutaxassislari tomonidan qishloq xo‘jaligi erlarining me’yoriy qiymatini har chorak yakunida qayta aniqlash imkonini bergan;
«Elektron raqamli tizimda qishloq xo‘jaligi erlarini me’yoriy qiymatini aniqlash dasturi» nomli dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan (DGU 31574. 20.12.2023) va O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti «Toshvilerloyiha» bo‘linmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 28 -noyabrdagi 04/29-05/6110-son ma’lumotnomasi). Natijada, erdan foydalanuvchi(lar) qishloq xo‘jaligi erlarining me’yoriy qiymatini aniqlash, kompleks ma’lumotlarni tegishli vazirlik va idoralarga tezkor taqdim etish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish